Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Dunyoqarashning  tarixiylik  tamoyili



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Dunyoqarashning  tarixiylik  tamoyili. 
Dunyoqarash  muayyan 
davrda  shakllanadi.  Shu  ma’noda,  har  qanday  dunyoqarash  ij- 
timoiy-tarixiy  mohiyatga  ega  bolib,  kishilarning  umri,  amaliy 
faoliyati,  hayoti,  tabiatga  ta’siri  va  mehnati  jarayonida  vujudga 
keladi.  H ar  bir  davrda  ijtimoiy  guruh,  jamiyat  va  avlodning  o‘z
13


dunyoqarashi  mavjudligi  ham  bu  tushunchaning  tarixiy  mohi- 
yatga ega  ekanini ko‘rsatadi.
Dunyoqarashning  tarixiyligi  yana  shundaki,  u  m a’lum  bir ja ­
rayonda  takomillashib  boradi.  Uning  shakllari  o‘zgaradi,  tarixiy 
ko‘rinishlari  muttasil yangilanib turadi.
Ma’lumki,  insoniyat  taraqqiyotining  ilk bosqichlarida  dunyo- 
qarash nihoyatda oddiy bolgan. Agar shunday bolmagan ida,  har 
qanday  jism  o‘z  hajmiga  teng  suyuqlik  miqdorini  siqib  chiqa­
rish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk 
olimi Arximed  hammomdan yalang‘och holda  chiqib,  «Evrika!», 
ya’ni  «Topdim!»,  deya qichqirmagan b o la r edi.
Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomil­
lashib borgan.  Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qi­
lingan  kashfiyotlar  inson  dunyoqarashi  naqadar  chuqurlashib, 
uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi.  Bunda voris­
lik  an’anasi yaqqol  ko‘zga  tashlanadi:  har bir  davrning  dunyoqa­
rashi,  g‘oyasi  o‘tmishda  yaratilgan  m a’naviy  qadriyatlarning  eng 
yaxshilarini,  ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi.  Shu asosda 
yangi  tamoyillarga  ega  bolgan  dunyoqarash  ham  takomillashib 
boradi.  Oddiy bug‘  mashinasidan  kosmik  raketalargacha bolgan 
fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol b o la  oladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat,  dunyoviy,  diniy,  ilmiy 
bilimlar,  hayotiy  kuzatishlar va  ijtimoiy tarbiya  ta’sirida  shaklla- 
nadi  hamda  rivojlanadi.  Inson  ongli  ijtimoiy  mavjudot  bolgani 
bois,  uning  dunyoqarashi  muayyan ehtiyoj  va manfaatlarga  asos- 
lanadi.  Demak,  har qanday dunyoqarash muayyan inson,  ijtimoiy 
guruh  yoki  tabaqaning  o‘z  ehtiyoj,  manfaatlaridan  kelib  chiqqan 
holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g‘oyalar,  nazariyalar,  bi­
limlar  majmuasi,  ruhiy  holat  va  e’tiqod  mujassami  hamda  ular­
ning  namoyon  bolishidir.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko‘ra, ma’naviy faoli­
yat bolgani bois,  u borliqqa bolgan ongli,  insoniy munosabatning 
muayyan  yo'nalishlarini  vujudga  keltirgan.  Masalan,  kishilarning 
jamiyatdagi  axloqiy  munosabatlari  —  axloqiy  dunyoqarashlarida, 
huquqiy munosabatlari — huquqiy,  siyosiy munosabatlari — siyosiy, 
diniy  munosabatlari  —  diniy,  ekologik  munosabatlari  —  ekologik
14


dunyoqarash  shakllarida  o‘z  ifodasini  topgan.  Buni  tizim  tarzida 
izohlaydigan bo‘lsak,  quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:
1.  Axloqiy.
2.  Diniy.
3.  Huquqiy.
4.  Siyosiy.
5.  Ekologik.
6.  Estetik.
Bu  tizimni  tashkil  qilgan  nisbatan  mustaqil  dunyoqarash 
shakllari  o‘zaro bogliqlikda,  aloqadorlikda harakat  qiladi.
Dunyoqarash  tizim ining  rivojlanish  darajasi jamiyat  taraqqi- 
yotiga  mos  keladi  va  uni  ifodalab  turadi.  Bundan  tashqari,  har 
bir  tarixiy  davrda  millatning  rivojlanishi,  uning  mentaliteti  va 
dunyoqarashida  namoyon  boladi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
dunyoqarash tizimi va  ularning xususiyatlari  muayyan  inson,  ij­
timoiy  guruh,  tabaqa  va  butun  millatning  m a’naviy  qiyofasini 
belgilab  beradi.
«Dunyoqarash»  tushunchasi  o‘zlikni  anglash,  vatanparvarlik, 
milliy  g'urur,  tarixiy  xotira,  ma’naviy  barkamollik  kabi  tuyg‘u 
va  tushunchalar  bilan  uzviy  bogliq  holda  shakllanadi.  Chunki, 
dunyoqarash  aynan  ana  shu  ruhiy-ijtimoiy  hodisalar  orqali  oy- 
dinlashadi,  umuminsoniy  qadriyatlarning  tarixiy  bir  bolagiga 
aylanadi.
Falsafiy  dunyoqarashning  tarixiy  shakllari  insoniyat  taraqqi­
yotining qonuniy natijasi bolib, jamiyat rivojlanishining m a’naviy 
mezoni  sifatida  namoyon  bolgan.  Taraqqiyotning  dastlabki 
bosqichlarida  kishilarning  tabiatga,  o‘zlarining  ijtimoiy  hayoti- 
ga  bolgan  munosabati  turli  rivoyat  va  afsonalarda  o‘z  ifodasini 
topgan.  Ular  shu tariqa  mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. 
Yovuzlik  va  ezgulik  o‘rtasidagi  kurashda  yaxshilikning  mudom 
tantana  qilishi  mifologik  dunyoqarashning  gumanistik  mazmu- 
nidan  dalolat  beradi.  Xususan,  o‘zbek  xalqi  sivilizatsiyasi  ja­
rayonida  yaratilgan  rivoyat,  afsona  va  boshqa janrlardagi  og'zaki 
ijod  namunalari millatimiz tarixda qanday n a’naviy qiyofaga ega 
bolganini  hanuz ko‘rsatib  turadi.  Ular bugungi kunda jahon  ah~ 
lini hayratga solmoqda.
15


Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga 
munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib  chiqqan. 
Ezgulik  va  haqiqat  uchun  kurash  g'oyalarining  ifodasi  bo‘lgan 
afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati,  kelajakka 
ishonchi,  vatanga  muhabbati,  insoniy  kamolotga  intilishi  badiiy 
vositalar,  afsonaviy  qahramonlar timsolida  ifoda etilgan.
Muayyan  dunyoqarash  tarkibida  diniy-ilohiy  qarashlar  o‘ziga 
xos  ahamiyat  kasb  etadi.  Ular  insonning  ilohga  bolgan  e’tiqodi 
bilan bog‘liq bolib,  vujudga kelishiga ko‘ra,  boshqa  dunyoqarash 
shakllari kabi,  muayyan asoslarga ega.  Jamiyat hayotida har qan­
day,  shu jumladan,  diniy  dunyoqarashning  o‘rni  va  ahamiyatini 
ham  sun’iy  ravishda  mutlaqlashtirish,  salbiy  oqibatlarni  keltirib 
chiqarishi  mumkin.  Bu  hoi  ayniqsa,  diniy  fundamentalizm  va 
ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda 
yaqqol namoyon bolm oqda.
Diniy  dunyoqarashni  teologiya  deb  ataladigan  falsafiy  fan 
o‘rganadi.  Teologiya  olam  va  odam  munosabati,  umrning  maz­
muni,  hayot va o lim   muammosi kabi masalalarni ilohiyot,  diniy 
e’tiqod tushunchalari bilan boglab tahlil qiladi hamda o‘ziga xos 
mukammal  tizim ini  yaratgan.  Bugungi  kunda  diniy  dunyoqa­
rashning bir talay asosiy vazifalari  orasida,  uning hayot ziddiyat- 
larini  bartaraf  qilish  bilan  bogliq  regulyativ  faoliyati  nihoyatda 
muhimdir.  Umuman,  dinning  barkamol  avlodni  tarbiyalashdagi 
o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora  ortib bormoqda.
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan 
birga  psixologiya,  etika,  estetika  kabi  ijtimoiy  fanlar  ham  ajralib 
chiqdi.  Keyinchalik  madaniyat,  qadriyatlar  va  huquq  kabi  so- 
halarni o‘rganadigan alohida yo‘nalishlar ham paydo boldi.  Ular 
olamni  o‘z  predmeti  doirasida  yaxlit  bilish,  uning  xususiy  qo- 
nuniyatlarini o‘rganishga yordam beradi.
Falsafiy  yo‘nalishlar,  tadqiqot  olib  boradigan  sohasiga  ko‘ra, 
o‘ziga xos bolib,  asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya  —  olam,  inson  va jamiyatning  obyektiv-universal 
mohiyati to‘g‘risidagi  falsafiy ta’limotdir.  Boshqacha  aytganda,  u 
borliq  to‘g‘risidagi,  insonning  olamga  bo lg an   munosabati  haqi­
dagi falsafiy bilim sohasidir.
16


Gnoseologiya  —  bilish  falsafasi  bolib,  olamni  anglash,  bilish 
nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to ‘g6risidagi 
ta’limotdir.
Aksiologiya  —  qadriyatshunoslik  yoki  qadriyatlar  to‘g‘risidagi 
falsafiy ta’limot.
Praksiologiya  —  insonning predmetli-o‘zgartiruvchan,  amaliy 
faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.
Metodologiya  —  bilish  va  o‘zgaruvchan  faoliyat  usullari 
to‘g‘risidagi  ta’limot.
Logika  —  tafakkur shakllari  (tushuncha,  hukm,  xulosa)  va  ta­
fakkur vositalarini  (ta’rif,  qoida,  muhokama,  tafakkur qonumyat- 
lari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o‘rganuvchi ta’limot.
Etika  —  axloq falsafasi,  insoniyatning  axloqiy tamoyillari,  ta­
lab  va tartib-qoidalari to‘g‘risidagi  fan.
Estetika  —  nafosat  falsafasi,  jamiyat  va  inson  hayotida 
go‘zallikning  o‘rni,  qonun-qoidalari  to‘g‘risidagi  qarashlar  maj~ 
muyi.
Bundan  tashqari,  inson  falsafasi  (antropologiya),  ijtimoiy  fal­
safa,  tabiat  falsafasi,  madaniyat  falsafasi  (kulturologiya),  san’at 
falsafasi,  mafkura  falsafasi  (ideologiya),  din  falsafasi  (teologiya), 
siyosat  falsafasi  (politologiya),  huquq  falsafasi,  texnika  falsafasi 
kabi  sohalar  ham   mavjudki,  ular  bir  so‘z  bilan  ijtimoiy-falsafiy 
fanlar tizimi deyiladi.
Ikkinchi  xil  klassifikatsiya  falsafiy  fanlar  tasnifida  olam  va 
odam,  borliqning  asosi  bilan  bogliq  masalalar  qanday  usulda 
hal  qilinishiga  qarab  belgilanadi.  Bunday  tasniflash  natijasida 
monizm,  dualizm,  plyuralizm,  materializm,  idealizm, 
teizm,
 
ateizm  kabi  ko‘plab  yo‘nalishlar  ko‘zga  tashlanadi.  Falsafani 
o‘rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko‘p duch kelamiz va 
o‘rni kelganda ularga zarur izoh va ta ’rif berishga harakat qilamiz.
Bu  tizimda  falsafa  tarixi bilimning  muhim  tarm ogi  hisobla­
nadi.  Bunda  tadrijiy  taraqqiyot  tamoyili  asosida  falsafiy tizimlar 
o‘rtasidagi  tarixiy  izchillikka  tayaniladi.  M azkur  qollanm ada 
falsafa tarixi ana shunday tamoyil  asosida o‘rganilgan.
Falsafiy  bilimlar  tizimining  o‘zgarishi  va  mazmunan  boyib 
borishi  obyektiv  ijtimoiy-tarixiy jarayon  mahsuli  bolib,  u jami-
17


yarning rivojlanish darajasiga mos keladi va uni o‘zida ifoda etadi. 
Falsafiy bilimlar tizimidagi alohida yo‘nalish har bir tarixiy davr­
da o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham,  ularning um u­
miy tamoyillari  mavjud.  Ya’ni,  birinchidan,  har bir falsafiy bilim 
yo‘nalishi  jamiyat  rivojlanishida  o‘ziga  xos  determinant  (sabab) 
vazifasini  bajaradi.  Ikkinchidan,  falsafiy  bilimlar jamiyat  taraq- 
qiyotiga  ta’sir qiluvchi  subyektiv  omil b o lsa  ham,  vujudga  kelish 
asosi  — genezisi nuqtayi nazaridan obyektiv  hodisadir.  Uchinchi- 
dan,  falsafiy bilim yo‘nalishlarining o‘zaro bogliqlik,  aloqadorlik 
munosabati,  ularning  dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta’minlaydi.
Falsafiy  dunyoqarashning bu  umumiy tamoyillari  har qanday 
konkret  dunyoqarash  shakllari  uchun  uslubiy  asos  b o lib  xizmat  ' 
qiladi.
1.  Falsafiy dunyoqarash ilmiydir,  Chunki u narsa va hodisalar 
o‘rtasidagi  boglanish,  aloqadorlik  va  munosabatlarni  kundalik 
ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham  ifoda- 
laydi.  H ar qanday  falsafiy  dunyoqarash  shakli  obyektiv  olamdagi 
narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini  aks  ettiradi.
2.  Falsafiy  dunyoqarashning  tarixiylik  tamoyili  jamiyatning 
o lm ish i  dunyoqarashlar  tarixidan  iboratligini  va  uzluksiz  rivoj- 
lanishini ifodalaydi.
3.  Falsafiy  dunyoqarashning  mantiqiy  izchilligi  tamoyili  har 
qanday  dunyoqarash  shakli  va  darajasining  mantiqiy  birikmalar 
orqali  ifodalanishi  bilan  izohlanadi.  Agar  mantiqiy  izchillik bu- 
zilsa,  dunyoqarashning  tashqi  olamni  xolis,  ilmiy,  aniq-ravshan 
va izchil  aks  ettirishiga putur yetadi.
4.  Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash 
shakllarining  mazmunini  tashkil  qilishi  bilan  sifatlanadi,  ya’ni 
har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega.
5.  Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bolib,  inson man- 
faatlariga  mos  keladi.  Chunki,  inson  muayyan  maqsad,  orzu- 
umidlar bilan yashaydi,  ularni  o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida 
muayyan g‘oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek 
milliy  falsafiy  dunyoqarashi  milliy  mustaqillik,  o‘zlikni  anglash, 
millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g‘oyasiga tayanishi bilan


xarakterlidir.  Falsafiy  dunyoqarash  shu  g‘oyani  e’tiqodga  aylanti- 
rish va uning  amalga oshishi uchun xizmat qiladi.
7. 
Falsafiy  dunyoqarashning  eng  muhim  tamoyillaridan  biri 
nazariya va  amaliyot birligidir.  Dunyoqarashning  nazariya sifati- 
da mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, 
istiqbol  rejalarini  belgilashda  q o l  kelishi  bilan  izohlanadi.  Shu­
ningdek,  dunyoqarashning  amaliyotga  joriy  etilish  jarayonida 
uning usul va vositalari muhim ahamiyatga  ega.
Yuqorida  ko‘rsatilgan  funksiyalarning  o‘zaro  ichki  bogliqligi 
falsafaning  mushtarak  umumnazariy  va  uslubiy  ahamiyatini 
belgilab  beradi.  Ularning  o‘ziga xos  xususiyatlari  hamda  aham i­
yatini  har  tomonlama  o‘rganish  inson  va  jamiyatning  ma’naviy 
kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi.  Bu esa o‘z navbatida, 
falsafiy  bilimlar  tizimini  takomillashtirish  yo‘llarini  topish  im- 
konini  beradi.  Masalaning  bu  tarzda  hal  etilishi  umuminsoniy 
sivilizatsiya tamoyillariga ham  mos keladi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish