Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Estetik  tarbiyaning  asosiy  vositalari



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Estetik  tarbiyaning  asosiy  vositalari. 
San’at  —  estetik  tarbiya­
ning  muhim  vositasi.  Ma’lumki,  hissiyotlar,  tuyg‘ular,  kechin- 
malar  insonning  tirikligidan  dalolat  beradi.  Chunonchi,  ijobiy 
fazilatlar,  badiiy-estetik  ideallar  inson  hayotining  mazmuniga 
ko‘rk  bag‘ishlaydi.  Tarbiyada  ayniqsa,  estetik  tarbiyada  hayot- 
ning  mazmuni va  maqsadi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Gohida 
maqsad mavhum tushunchaga aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo 
zid bolgan holatlarni keltirib chiqaradi.  Pirovardida inson bunday 
maqsadlarning ta’siridan zarar ko‘radi.  San’at shu ma’noda zamo­
naviy insonni estetik jihatdan tarbiyalashdagi asosiy vositaki,  u in­
sonning estetik tuyg‘ularini maqsadli,  ijobiy tomonga yo‘naltiradi, 
uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko‘mak beradi.
Shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirish- 
ning  afzal  tomonini  ikki  xususiyat  bilan  ifodalash  mumkin.  Bi- 
rinchidan,  san’at  ijtimoiy  anglashning  boshqa  shakllariga  qara- 
ganda  insonga  birmuncha  yaqinroq  hamda  tezroq ta’sir  ko‘rsata 
olish  imkoniga  ega.  Ikkinchidan,  san’at  insonni  estetik jihatdan 
kamolotga  yetkazish  jarayoniga  muayyan  mafkuraviy  mazmun 
bag‘ishlashi  bilan  birga  inson  ma’naviy  qadriyatlarini  ro‘yobga 
chiqarishda yaqindan yordam  ko‘rsatadi.
San’at  o‘zining  estetik  bisotini  to‘laligicha  namoyon  qilishi 
uchun  ham  tarbiya jarayoni  bilan  chambarchas  bog‘lanadi.  Chu­
nonchi,  inson  tafakkurini  go‘zallashtirish  estetikaning  tadqiqot 
obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dun- 
yoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.  San’atning 
inson estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan 
izohlanadiki,  san’at  avvalo;  voqelikni  badiiy  qiyofalar yordamida 
aks ettiradi, o‘zida moddiylik va ma’naviylikning estetik mazmuni- 
ni  namoyon  qiladi,  ijtimoiy  hayotga  yangicha  ko‘rk  bag‘ishlaydi,
357


ularni  qaytadan  tashkil  etadi  va  o‘zgartiradi.  Ana  shunga  ko‘ra, 
insonning  bilimlilik  tomoni  san’atning  ko‘rinishlarini  namoyon 
ettirish holatlarini amalga oshiradi.  Mazkur holatlar natijasida es­
tetik tarbiyaviylik xususiyati o‘z ifodasini topadi.
Elektron  axborot  vositalar  —  estetik  tarbiyaning  zamonaviy 
vositasi. Hozirgi kunda estetik tarbiyaning shunday vositalari mav- 
judki,  uning  ma’naviy jarayonlarga ko‘rsatayotgan global ta’siriga 
befarq  bo‘lish  aslo  mumkin  emas.  Ana  shunday  ta’sirlardan  biri
—  bu  elektron  axborot  vositalardir.  Elektron  axborot  vositalari 
muhim  estetik  tarbiya  vositasi  sifatida  qator  xususiyatlarga  ega. 
Bular:
—  narxining  arzonligi;
—  asosiy mahsulot  — bilim,  axborot,  moda va imidj;
—  yangi  iqtisodiyot  -   u  axborotga  ega  bolishni  xohlaydigan 
odamlarga imtiyoz beradi;
—  chinakam global xarakterga  ega  ekanligi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish