Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Xalq  amaliy  san’ati  va  dizayn



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Xalq  amaliy  san’ati  va  dizayn. 
Ma’lumki,  mavjud  barcha 
san’at asarlari o‘z o‘quvchisiga,  tinglovchisiga yoki tomoshabiniga 
o‘tkazadigan badiiy, estetik, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi, tarbi- 
yalaydi.  Shu o‘rinda  amaliy san’at turlarining xususiyatlari o‘ziga 
xos  bo‘lib,  ularni  boshqa  hech  narsa  bilan  solishtirib  bolmaydi. 
Ya’ni bunday san’at asarlari ayni chog‘da ham badiiy, ham amaliy 
vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini belgilaydi.
Shuning uchun xalq amaliy san’atiga e’tibor kuchayib bormoq­
da.  Mustaqillikdan  so‘ng  kandakorlik,  kashtado‘zlik,  zardo‘zlik 
kabi  amaliy  san’at  turlariga  e’tibor  ortdi.  «Xalq  amaliy  san’ati
352


va  hunarmandchiligini  kelgusidagi  rivojini  davlat  tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash  tadbirlari  to‘g‘risida»gi  farmon,  « 0 £zbekiston 
xalq ustasi»  unvonining  ta’sis  etilishi,  sohaga  oid  xalqaro  konfe- 
rensiyalarning  o‘tkaziJishi  bu  jarayonda  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  Vazirlar  Mahkamasining  2010—2020-yillarda  nomoddiy 
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish 
va  ulardan foydalanish  masalasini  Davlat  dasturi  ham  o‘z  oldiga 
maqsad  qilib  qo‘ydi.  Amaliy-bezak  san’ati  va  hunarmandchilik 
bozor  iqtisodiga  moslashib,  uning  tur  va janrlari  bozor  iqtisodi 
bilan bog‘liq holda  rivojlanmoqda.  Shaxsiy ustaxona va korxona- 
lar  tashkil  etilmoqda.  Mustaqillik  yillari  yog‘och  o'vmakorligi, 
uning  maishiy va  monumental  turlarining  keng  rivojlanish  davri 
boldi.  Mahobatli  yog‘och  o‘ymakorligi  keng  rivoj  topdi.  Barpo 
etilgan me’moriy majmualarda bu san’at o‘zining salmoqli o‘rnini 
egalladi.
0 ‘zbekistonda muntazam o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda ham 
xalq  amaliy  san’atining  bir  qancha  turlari  namoyish  etilmoq­
da.  Misgarlik,  kashtado‘zlik,  yog‘och  kandakorligi  buyumlari- 
da  qadim  ustalarimiz  an’analarining  zamonaviy  uslublar  bi­
lan  uyg‘unlashtirilgani  turmush  estetikasining  yuksalishida 
katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  buyumlar  xorijliklarning  ham 
e’tiborini  tortmoqda.  Bugun  milliy  hunarmandchiligimiz  na­
faqat  0 ‘zbekistonda balki jahonga  ham  mashhur bolib  bormoq­
da.  Hindiston,  Xitoy,  Shuningdek,  Yevropa  mamlakatlarida xalq 
amaliy san’ati  ko‘rgazmalari  tashkil  qilinayotgani  fikrimiz  dalil- 
lidir.  Dizayner  va  ustalarimiz  nafaqat  respublikamizdagi  zamo­
naviy inshootlarda, balki chet ellarda masjid va madrasalar, islom 
san’ati  muzeylari  interyerlarini  bezashda  muvaffaqiyatli  faoliyat 
olib bormoqdalar.
Samarqand,  Buxoro,  Xiva,  Shahrisabz,  Termiz,  Toshkent, 
Qo‘qon  va  boshqa  shaharlardagi  me’morchilik  va  xalq  amaliy 
san’ati  yodgorliklari  o‘tmish  ajdodlarimiz  yaratgan  barkamol, 
takrorlanmas  va  tarixan  bebaho  asarlarning  namunalari  bolib, 
xalqimizning  va  shu  bilan  birga  jahon  madaniyatining  dur- 
donalaridan  bolgan  badiiy  va  madaniy  merosni  tashkil  etadi. 
Xalq  amaliy  san’ati  kishilarning  ma’naviy  olamini  boyitadi,  ba-
353


diiy-estetik didini shakllantiradi,  ruhiyatini tarbiyalaydi.  Shuning 
uchun  ham  o‘zbek  xalqi  amaliy  san’ati  kishilarning badiiy,  axlo­
qiy,  umuminsoniy jihatdan  tarbiyalab,  ularning  ilmiy  dunyoqa- 
rashini  shakllantirishda  ham  madaniy  darajasini  yuksaltirishda 
eng zarur manbalardan hisoblanadi.
Bugungi  zamonaviy  inshootlar  kabi  turar-joylarda  amaliy 
san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin.  Turar-joylarning 
turli-tuman  badiiy-texnologik  usullarda  namoyon  etilgan  badiiy 
bezak  turlari,  0 ‘zbekiston  me’morchiligida  ham  muhim  o‘rin 
tutadi.  Interyerlarning badiiy bezatilishda  asosiy  ahamiyat  devo- 
riy  naqqoshlikka  qaratilgan  bo‘lib,  bu  o‘zbek  xonadonini  beza- 
tishda muhim jihatlardan hisoblanadi.
Yog‘och o‘ymakorligi faqat intererning  sirtida  namoyon bo‘lib 
qolmay  turli  shakl  va  kompozitsiyalarda  ham  aks  etadi.  Bu  in- 
teryer  uchun  ishlangan  stol,  stullar,  xontaxtaning  nafaqat  shak- 
lining  bejirimligi balki yog‘och  fakturasining  go‘zalligi va ularga 
berilgan  ishlov  hamda  naqshlarning betakror va yengilligi kishi- 
ga  zavq  bag‘ishlaydi.  Toshkent  turar-joy  me’morchiligida  0 ‘rta 
Osiyo me’morchiligi artialiyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning 
deyarli barcha  turlari  mavjud:  suvalgan  devor  ganch  naqqoshligi 
hamda o‘ymakorligi shular jumlasidandir.
Interyerning  badiiy  bezalishida  asosiy  ahamiyat  devoriy 
naqqoshlikka  qaratilgan  bo‘lib,  bu  o‘zbek  xonadonini  bezatish- 
da  muhim jihatlardan  hisoblanadi.  Ko‘pincha  naqqoshlik  ganch 
o‘ymakorligi  bilan  muvofiqlikda  bajariladi.  Ayniqsa,  Toshkentda 
keng tarqalgan o‘simlik naqshlari — majnuntol,  anor,  xrizantema 
butalarining  yoyilgan  shoxlarini  ko‘plab  uchratish  mumkin.  Bu 
lavhalar faqatgina bezak emas  o‘z  falsafiy ma’nosiga  egadir.  Ma­
salan,  majnuntol  — sevgi  sog‘inchi,  anor — serhosillik,  lola  — ba­
ilor,  gulsafsar osoyishtalik va uzoq umrni  anglatgan.
An’anaviy  badiiy  hunarmandchilik  buyumlari  patnislar, 
ko‘zachalar  har  biri  o‘zining  betakror  xislatlariga  ega  bo‘lib, 
ularni  xarid  qilishgina  emas,  balki  ulardan  zavqlanish,  ularning 
donoligini  tushunish  va  ularning  badiiy  qimmatiga  baho  berish 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  yodgorliklar  estetik  kechin- 
malar  manbayi  hamdir.  Hech  bir  o‘zbek  xonadoni  yo‘qki  unda
354


kulolchilik,  badiiy  kashtachilik,  zargarlik buyumlari  bilan  beza- 
tilmagan  bo‘lsin.  0 ‘rta  asr  Sharq  miniatyuralari  rangtasviridan 
olingan  bezaklar  interer  dizayniga  ham  kirib  kelishi  milliy  tur­
mush estetikasining yuksalishida muhim ahamiyat  kasb etib  qol- 
may,  yangi-yangi  an’analarni vujudga keltirmoqda.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish