Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Gedonizm  va  evdemonizm  talimotlari



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Gedonizm  va  evdemonizm  talimotlari. 
Qadimgi  davr  axloq- 
shunosligida  paydo  bolgan  falsafiy-axloqiy  ta’limotlardan  biri 
gedonizm  bolib,  uning  mohiyatiga  ko‘ra  inson  faqat  jismoniy
272


rohatlanmasdan,  ruhiy  huzurlanish  xususiyatiga  egadir.  Gedo- 
nizm  ta’limotining  asoschisi  Aristippdir  (e.av.  435—355-y.y.). 
U  Suqrotning  zamondoshi  bolib,  insonning  ruhiy  holati  ikki 
turda  bolishini  aniqlaydi.  Birinchisi,  inson  ruhining  rohatlani- 
shi  bolsa,  ikkinchisi  noxush  og‘riqli  holatidir.  Insonning  butun 
hayot  mazmuni  rohatlanishdan,  huzurbaxshlikdan  iborat,  degan 
g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone
— zavqlanish,  rohatlanish)dir.  Gedonizm ta’limotiga ko'ra,  inson 
o‘z  hayotining  tabiiy  ehtiyoji,  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchi  si­
fatida  huzurbaxshlikka,  rohat-farog‘atga  intiladi.  Aristipp  flkri- 
cha,  rohatlanish  yengil,  yoqimli  va  huzurbaxshlik  bilan  kechsa, 
ruhiyatnig  noxush  og‘riqli  holati  esa  azob  va  qiynoqlardan  ibo- 
ratdir.  Aristipp  fikricha,  inson  og‘riqdan  qochishi  va  iloji  bori- 
cha  rohatlanishga  intilishi  oqibatida  baxtga  erishishi  mumkin, 
jismoniy  ehtiyojlarni  qondirish  esa  inson  hayotining  mazmun- 
mohiyatini  tashkil  etadi.  Bu  ta’limotga  binoan,  huzur-halovat, 
rohatlanish baxsh  etmaydigan  harakatga  e’tibor  qaratish va  kuch 
sarflash arzimaydi.
Gedonizmning  psixologik  talqinida  insonni  harakatga  un- 
dovchi  asosiy  kuch  bu  —  zavqlanish  va  rohatlanishga  intilish, 
deya  e’tirof  etiladi.  Axloqiy  gedonizmda  esa,  inson  o‘zining 
yoki  o‘zga  kishilarning  rohatlanishi  uchun  yashashi  kerak, 
degan  g‘oyani  targ‘ib  etuvchi  turli  xil  falsafiy  yondashuvlarni 
o‘zida  mujassamlashtirgan.  Masalan,  gedonizmni  huzurbaxsh­
lik,  rohatlanish  sifatida  targ‘ib  etuvchi  yondashuvlardan  biri- 
ning  asoschisi  Epikur  insonning  yotsirashdan  va  jirkanishdan 
xalos  bolishi  bu  —  xohish-istaklarni  qondirish,  deya  talqin 
etadi.  Bu yondashuvda  inson  ehtiyojlarining  qondirilishi  emas, 
balki  azob va baxtsizlikdan xalos bolish maqsadi  ifoda etilgan. 
Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa­
fa  tarixida  markaziy  masalalardan biri b olib  kelgan  va  ko‘plab 
faylasuf-mutafakkirlar  ijodida  o‘ziga  xos  tarzda  ifoda  etilgan. 
Fransuz faylasufi I.Bentamning yozishicha,  «Tabiat insonni ikki 
asosiy  borliq:  azob  va  rohat  girdobiga  tushirgan.  Ular  bugun 
biz  nima  qilishimiz  va  ertaga  nima  bilan  shug‘ullanishimizni 
belgilab  beradi.  Hatto  haqiqat va yolg‘on,  sabab  va  oqibat  me-
273


zonlari  ham  ana  shu  ikki  asosiy  negizga  tayanadi».  Gedonizm 
ta’limotida  insonning  mayl va  ehtiyojlari jamiyatda  o‘rnatilgan 
ijtimoiy  me’yorlarga  qarama-qarshi  qo‘yiladi,  inson  erkinligini 
cheklovchi va uning o‘ziga xos xususiyatlar ini namoyish etishga 
to‘sqinlik  qiluvchi  har  qanday  ijtimoiy  shart  va  me’yorlar  in- 
kor etiladi.  Ular faqat  shaxsiy ehtiyojlarni  qondirish hayotining 
mazmuni  deb  biladi  va  bu  yolda  mavjud  ijtimoiy  qonun-qoi- 
dalarga bepisandlik bilan  qarash,  hatto  ularni  inkor etishgacha 
boradi.
Evdemonizm (yun. yeudaimonia — baxt-saodat, rohat-farog‘at) 
esa,  baxt-saodat,  rohat-farog‘atni kishilar hayotining  oliy maqsa- 
di, deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish bolib, bu ibora etimologik 
jihatdan,  birinchidan,  qoniqish  hissining  subyektiv  holatini,  ik- 
kinchidan,  qoniqishga  xizmat  qiladigan  obyektiv  sharoit,  ya’ni 
tashqi  ne’matlarni  anglatadi.  Bu  ikki jihat  uzviy  bogliq  bolsa- 
da,  ba’zan  ular  bir-biridan  farq  qilishi,  masalan,  barcha  moddiy 
ne’matlarga ega odam baxtsiz bolishi va aksincha,  qashshoq, ust- 
boshi yupun inson o‘zini baxtli his etishi  mumkin.  Evdemonizm 
yunon etikasining  asosiy tamoyillaridan biri bolib,  u  Suqrotning 
shaxs  ichki  erkinligi,  insonning  tashqi  dunyoga  qaram  emasligi 
tocg‘risidagi  g‘oyasi  bilan  uzviy  bogliq.  Evdemonizm  baxt-sao- 
datni jismoniy  va  ma’naviy  huzur,  lazzat  bilan  tenglashtirmaydi, 
balki uni keng  ma’noda,  barcha jismoniy va  ma’naviy (ko‘pincha 
fuqarolikka ham oid)  qadriyatlarning majmuyi tarzida tushunadi.
Bu  ta’Umotga  ko‘ra,  o‘z  shaxsiyatida  ana  shu  qadriyatlarni 
mujassamlantira  olgan  kishigina  chinakam  baxt-saodat  sohibi- 
dir,  shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat,  farog‘at baxsh etadi. 
Qadimgi yunon  allomalari  Demokrit va  Epikur evdemonizmning 
yorqin  namoyandalaridir.  Yunon  mutafakkirlarining  qarashlari- 
da  «baxt»  tor,  individual  axloq  doirasida  (xususan,  baxt  inson 
ijodi  bilan  bevosita  bogliq  holda)  talqin  etilgan  bolsa,  nasroniy 
axloqda  baxt  haqidagi  axloqiy  me’yor  va  tushunchalar  ongdan 
tashqarida  bolgan  diniy  tasawurlar  bilan  bogliqligi  asoslanadi. 
Boshqacha  aytganda,  inson  axloqi  va  ma’naviyatining  mazmun- 
mohiyatini  belgilab  beradigan  chinakam  baxtga  qadr-qimmat  va 
uning  mahsuli  bolgan  baxt  o‘rtasida  ziddiyat  bolmagan  dunyo-
274


dagina  erishish  mumkin.  Evdemonizm  yo‘nalishi  namoyandalari 
qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt sanaladi.  Uning 
asosida  yunon  faylasufi  Arastuning  baxt  haqidagi  ta’limoti  yota- 
di.  Uning  fikricha,  baxt  bu  «biz  doimo  uning  o‘zi  uchun  o‘zini 
tanlaydigan,  boshqa  narsa  uchun uni  tanlamaydigan»  axloqiy tu- 
shunchadir1.  0 ‘rta  asrlar  tafakkurida  evdemonizm  (baxtga  yeti- 
shuv  ta’limoti)  akviniyalik  Foma ta’limotiga  yo‘naltirilgan  bolib, 
yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, 
degan g‘oyani tasdiqlar edi.
Evdemonizm  yo‘nalishidagi  huzurbaxshlik  ta’limotini  yoq- 
lovchilar  Epikur,  Gassendi,  Lametri,  Volter,  Golbaxlar  baxt  va 
huzurbaxshlikni  uyg‘unlashtiradilar.  Ammo  gedonizmdan  farq- 
li  o laro q   huzurbaxshlik  bu  yerda  insonning  axloqiy  faoliyati 
bilan  bevosita  boglanadi.  Misol  uchun,  Epikur  nazdida  yuk­
sak  darajadagi  huzur  tuban jismoniy  lazzatda  emas,  balki  nafis 
ma’naviylikdadir.  Faqatgina  mutlaq  sokinlik  va  ataraksiya  hola- 
tidagina  inson haqiqiy baxt  egasiga  aylanadi.  Yangi  davrda  evde­
monizm ko‘plab  faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish