Friktsion uzatmalarning turlari va tuzilishi
Fraktsion uzatmalar – vallarga o’rnatilib, bir-biriga siqiladigan disk, tsilindr yoki konuslar orasida xosil bo’ladigan ishqalanish kuchi yordamida bir valdan boshqasiga aylanma harakat uzatadigan mexanik uzatma. Uzatmaning ishga layoqatlilik sharti: F ishq > Ft Bu erda G’ishq - ishqalanish kuchi Ft - aylana kuc
Friktsion uzatmalar vazifasiga qarab, uzatishlar soni rostlanmaydigan, pog’onasiz uzatishlar soni rostlanadigan (bu uzatma variator deb ham yuritiladi.); val o’qlarining joylashishiga qarab tsilindrik (val o’qlari parallel), konussimon (val o’qlari kesishgan), disksimon; ish sharoitiga qarab ochiq – quruqda ishlovchi, yopiq – moy vannasida ishlovchi turlarga bo’linadi.
31Boshqariladigan va avtomatik muftalar.
Boshqariladigan ulovchi muftalar aylanayotgan yoki tinch turgan vallarni istalgan vaqtda ulash yoki ajratish uchun ishlatiladi. Bunday muftalar ishlash prinsipiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
a) tishlashish asosida ishlaydigan (kulachokli va tishli) muftalar;
b) ishqalanish asosida ishlaydigan (friksion) muftalar. Boshqariladigan muftalar vallarning siljishiga imkon bera olmaydi. Ulardan foydalanilganda vallarning albatta qat’iy o’qdosh bo’lishi talab qilinadi.
Friksion muftalarni boshqarish mexanizmlarining juda ko’p turi ma’lum. Ular tuzilish va ishlash prinsipiga qarab bir-biridan farq qiladi. Harakatga keltirish prinsipiga ko’ra, bu mexanizmlar elektromagnitaviy, pnevmatik, gidravlik va mexanikaviy turlarga bo’linadi.
Avtomatik muftalarning ishlatilishidan asosiy maqsad zarur bo’lib qolgan hollarda vallarni bir-biridan avtomatik ravishda ajratishdir. Masalan, o’ta yuklanish hollari ro’y berganda mashina detallarini sinib ketishdan saqlash uchun saqlagich muftalardan foydalaniladi.
Ma’lum miqdor yuklamagacha hisoblab qo’yilgan friksion muftalar shular jumlasidandir. Saqlagich muftalardan yana biri mashinada o’ta yuklanish holati sodir bo’lgan hollarda sinib ketadigan elementi bor muftadir. Bunday muftalarning turi xilma-xil bo’lib, ulardan eng oddiy mufta po’lat shtiftlar bilan biriktirilgan ikkita yarim muftadan iborat. Bu shtiftlarning o’rta qismi ataylab ingichkalashtirilgan, o’ta yuklanish holati sodir bo’lganda ular ana shu qismidan sinadi.
Bunday muftalarning asosiy kamchiligi shuki, zarur bo’lganda shtiftlar to’satdan sinmaydi, chunki u po’lat bo’lgani uchun sinishdan oldin ma’lum darajagacha cho’ziladi. Shuning uchun bunday muftalar o’ta yuklanish holati sodir bo’lgandan keyin ham ma’lum vaqtgacha burovchi moment uzata oladi. Bu degan so’z mexanizmdagi boshqa detallardan birortasining sinib ketish xavfi saqlanib qoladi, demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |