Mexanika-mashinasozlik fakulteti


, 9 - LABORATORIYA ISHI 4-soat



Download 0,56 Mb.
bet13/20
Sana01.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#523505
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
TTB lab 2021-22 yangi

8, 9 - LABORATORIYA ISHI 4-soat


ATKda ishlatiladigan texnik-texnologik hujjatlar va hujjatlarini yuritish.
Ishning maqsadi: Avtokorxonalarning boshqarishda ish yuritish hujjatlarini qo‘llashni o‘rganish.
Kerakli jihozlar: ish yuritish hujjatlari rejalar.


Nazariy qism:
Ushbu laboratoriya ishida O‘zbekiston Respublikasi avtotransport korxonalarida avtomobillarni ishlatish bo‘yicha olib boriladigan hujjatlarni ishlatish, tayyorlanadigan hujjatlarni va ularni boshqarish, joylarda qo‘llash va foydalanish o‘rganiladi. (o‘rganiladigan hujjatlar to‘plami labaratoriya ishida ilova qilinmoqda).


Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport
vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda
yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga
oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining "Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 15-son, 197-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 noyabrdagi 308-son "Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 46-son, 604-modda) muvofiq tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj va yuklar hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtotransport vositalarini yo‘nalishga chiqish oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda ularning haydovchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.




I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avtotransport vositalari - yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
tashuvchi - mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruhsatnomasi (lisenziyasi) bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
2. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan tashuvchilar uchun majburiydir.
3. Jismoniy shaxs bo‘lgan yuklarni tashuvchilar yo‘nalishga chiqishdan oldin avtotransport vositasini texnik sozligini, tozaligini va to‘liq jihozlanganligini tekshirishi, shuningdek avtotransport vositasini har qanday mastlik (alkogol, giyohvand modda va boshqalar) holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblikda boshqarmasligi kerak.
4. Tashuvchi avtotransport vositalari yo‘nalishga chiqish oldidan mexanik tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini hamda haydovchilar yo‘nalishga chiqishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishlarini ta’minlashi shart.
5. Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan, haydovchilarni esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmay turib yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish taqiqlanadi.
Yo‘nalishga chiqish oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha nosoz deb topilgan avtotransport vositalariga, tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha avtotransport vositasini boshqarishga ruxsat etilmagan haydovchilarga yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish taqiqlanadi.
Ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda yo‘l varaqasi navbatchi dispetcherga qaytarilishi lozim.
6. Yo‘nalishga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkillashtirish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish