Tayanch tushunchalar: jismlarning inertligi, massa, jismlar siste- masining massasi.
Ushbu xossaga ko‘ra, massa modda miqdorining o‘lchovi vazifasini bajaradi.
Qadimda foydalanilgan qanday o‘lchov birliklarini bilasiz? Ularning hozir foy- dalanilayotgan Xalqaro birliklar sistemasidagi o‘lchov birliklari bilan munosa- batlarini yozing.
Nima uchun modda miqdorining o‘lchovi sifatida massadan foydalaniladi?
21§. NYUTONNING IKKINCHI QONUNI
Tezlanish va kuch orasidagi munosabat
Jismga kuch ta’sir etmasa yoki ta’sir etuvchi kuchlarning vektor yig‘in- disi nolga teng bo‘lsa, jism o‘zgarmas tezlikda harakat qilishini bilib oldik. Tezligini o‘zgartirishi, ya’ni tezlanish olishi uchun esa jismga qandaydir kuch ta’sir etishi kerak. Jism tezlanish olishi uchun bu kuch unga qanday ta’sir etadi? Boshlang‘ich tezliksiz a tezlanish bilan to‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat qilayotgan jismning t vaqtda bosib o‘tgan yo‘li s = at2/2 ko‘rinishda ifodalanadi. Bu formuladan jismning tezlanishini topish mumkin:
a = 2—s
t2
. (1)
Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘raylik.
m1 →
1tajriba. Gorizontal stol ustida harakatlanadigan m massali aravachani olaylik. Aravachaga D dinamometrni mahkamlab, dinamometrning ikkin- chi uchiga G‘ g‘altakdan o‘tkazilgan ip orqali P pallachani osamiz. Dina- mometrning ko‘rsatishlariga qarab, aravachaga ta’sir etayotgan F kuchni aniqlash mumkin.
Pallachaga shunday yuk qo‘yaylikki, aravacha ushlab turilganda di- namometrning ko‘rsatishi, deylik, F1 = 0,1 N bo‘lsin. Aravachani qo‘yib yuborganimizda, u s = 1 m masofani t1 = 4,5 s da bosib o‘tsin. U holda
→
formuladan aravacha olgan tezlanish a1 ≈ 0,1 m/s2 ekanligini topamiz
a
m
(≈ – taqriban, ya’ni yaxlitlangan qiymat belgisi). 1
Pallachadagi yuk massasini oshirib, arava-
2
chaga ta’sir etayotgan kuchni F = 0,2 N qilib →
F
a
olaylik. U holda aravacha 1 m yo‘lni t2 = 3 s da →
bosib o‘tganligini aniqlash mumkin. Bunda ara- m 2
vachaning olgan tezlanishi a2 ≈ 0,2 m/s2 bo‘ladi.
Kuch F3 = 0,3 N deb olinganda, aravacha →
1 m yo‘lni t3 = 2,5 s da bosib o‘tadi. Uning ol- F
gan tezlanishi esa a3 ≈ 0,3 m/s2 ga teng bo‘ladi.
Tajriba natijalaridan ko‘rinadiki, aravachaga ta’sir etayotgan F kuch necha marta ortsa, ara-
69rasm. Tezlanish- ning kuchga bog‘liqligi
vacha olgan a tezlanish ham shuncha marta ortadi (69-rasm), ya’ni:
a ~ F (2)
2tajriba. Bu tajribada aravachaga ta’sir etuvchi kuchni o‘zgarmas (F1 = 0,1 N) qoldirib, aravachaning massasini o‘zgartirib boramiz.
a
→
m 1 1. Aravachaning massasi m1
= 1 kg bo‘lsin.
a
→
2m 2
70rasm. Tezlanishning massaga bog‘liqligi
→ Aravacha s = 1 m yo‘lni t1 = 4,5 s da bosib o‘tadi.
F Bu holda aravachaning tezlanishi 1-tajribadagidek
a1 ≈ 0,1 m/s 2 bo‘ladi.
Aravacha ustiga xuddi shunday boshqa ara-
→ vachani to‘ntarilgan holda qo‘yaylik. Endi aravacha-
F ning massasi m2 = 2 kg bo‘ldi. Aravacha 1 m yo‘lni
t2 = 6,5 s da bosib o‘tganini, hisob-kitoblar esa tez- lanish a2 ≈ 0,05 m/s 2 ekanligini ko‘rsatadi.
Aravachaning ustiga ikkita aravacha qo‘yib,
uning massasini m3 = 3 kg ga yetkazamiz. U holda
aravacha 1 m yo‘lni t3 = 7,8 s da bosib o‘tib, tezlanish a3 ≈ 0,033 m/s2 ni tashkil etadi.
Tajriba natijalaridan ko‘rinadiki, aravachaning massasi m qancha marta ortsa, uning olgan a tezlanishi shuncha marta kamayadi (70 - rasm), ya’ni:
(3)
Do'stlaringiz bilan baham: |