Mexanik harakat haqida


-§. TEKIS O‘ZGARUVCHAN HARAKATDA BOSIB O‘TILGAN YO‘L



Download 3,48 Mb.
bet24/106
Sana01.02.2022
Hajmi3,48 Mb.
#421407
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
Bog'liq
fizika 7 uzb

11-§. TEKIS O‘ZGARUVCHAN HARAKATDA BOSIB O‘TILGAN YO‘L

Yo‘l formulasi

Tinch holatdagi (υo = 0) jism a tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib, t vaqt davomida υ tezlikka erishsin. Shu vaqt davomida jismning bosib o‘tgan yo‘li quyidagicha ifodalanadi:

s = υo‘rt . t.
(1)
Bunda υo‘rt = at/2 ekanligidan foydalanib, boshlang‘ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakatda bosib o‘tilgan yo‘l uchun quyidagi formulani hosil qilamiz:



υ
A t B


s = at2 at
2

o C t



    1. rasm. υ0 = 0 hol uchun tekis

tezlanuvchan harakatda yo‘l
(2)

Boshlang‘ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jismning tezlik grafigi qi- yalik bo‘yicha yo‘nalgan to‘g‘ri chiziqdan iborat ekanligini bilasiz (38-rasm). Bu rasm- da tasvirlangan OBC uchburchak yuzini aniqlaylik. Rasmdagi OABC to‘g‘ri to‘rt- burchakning tomonlari at va t ekanligidan, uning yuzi at · t = at2 ga teng. OBC uch- burchakning yuzi esa OABC to‘rtburchak



yuzining yarmiga teng, ya’ni at2/2. Bu jism bosib o‘tgan s yo‘lni ifodalaydi.

υ0 boshlang‘ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning t vaqt davomida bosib o‘tgan s yo‘li 39-rasmda tasvirlangan OABD shakl yuzining son qiymatiga teng bo‘ladi. U ikki qismdan – yuzi υ0t bo‘lgan OACD to‘g‘ri to‘rtburchak va yuzi at2/2 bo‘lgan ABC uchburchakdan iborat. Demak, tekis o‘zgaruvchan harakatda jismning bosib o‘tgan yo‘li quyidagicha ifodalanadi:
(3)
Yo‘l grafigi

Yo‘l grafigini hosil qilish uchun bosib o‘tilgan yo‘lning shu yo‘lni bosib o‘tish uchun
υ


A
O D t

    1. rasm. υ0 > 0 bo‘lganda tekis tezlanuvchan harakat uchun yo‘l grafigi

sarflangan vaqtga bog‘liqligini chizmada ifodalashimiz kerak. Bu chiziq yo‘l- ning vaqtga bog‘liqlik grafigi, yoki qisqacha, yo‘l grafigi deyiladi. Har qanday tekis harakatlanayotgan jismning yo‘l grafigi to‘g‘ri chiziqdan iborat ekanligini bilamiz. Endi tekis o‘zgaruvchan harakatdagi jismning yo‘l grafigini yasab

ko‘raylik.
Jism tinch holatdan qo‘zg‘alib (υ0 = 0), a = 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan bo‘lsin. Yo‘l grafigini chizish uchun avval s = at 2/2 formuladan t vaqtning bir necha qiymatiga mos kelgan s yo‘lni hisoblaymiz va natijalarni jadvalga yozib chiqamiz:



t, s

0

1

2

3

4

5

s, m

0

1

4

9

16

25

Jadvaldagi t va s ning mos qiymatlarini koordinata o‘qlarida aks ettirib, yo‘l grafigini hosil qilamiz (40-rasm). Bu grafik egri chiziqdan iborat bo‘lib, vaqt ortib borishi bilan bosib o‘tilgan yo‘l proporsional ravishda ortib boradi.
s, m 25
16


9




4

















1
















0

1

2

3

4

5 t, s


Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish