Mеvalar, ularning tuzilishi va хilma-хilligi. Mevalarning klassifikasiyasi. Urug‘ va mevalarning tarqalishini, о‘ziga xos moslanishlari.
Reja:
Mevalarning hosil bо‘lishi
Mevalarning klassifikatsiyasi
Apokarp, sinkarp, lizikarp, parakarp mevalarning tuzilishi
Ho`l va quruq mevalar.
Urug` va mevalarning tarqalishga moslanishlar
Meva gulli о‘simliklarning kо‘payish organi bо‘lib, gul urug‘langandan keyin uning о‘zgarishidan hosil bо‘ladi. Mevaning asosiy vazifasi urug‘ hosil qilish, uni himoyalash va tarqatishdir.
Mevalarning hosil bо‘lishi
Meva yopiq urug‘li о‘simliklar uchun xos bо‘lgan generativ a’zo hisoblanib, gulda urug‘lanish jarayonidan sо‘ng uruhchi tugunchasi va gulning boshqa a’zolari ishtirokida rivojlanadi. Agarda gulda bir necha urug‘chi bо‘lsa, ular urug‘langanidan sо‘ng ayrim mevalardan tashkil topgan tо‘pmeva rivojlanadi.
Mevalar shakli, ichki tuzilishi va gistologik xarakteriga kо‘ra nihoyatda xilma – xildir. Mevanining pо‘sti yoki meva yonligi perikarp deb atalib, uni shartli ravishda uchta qavati ajratiladi: ichki endokarp, о‘rta mezokarp va tashqi ekzokarp. Ushbu qavatlar barcha mevalarda bir xil darajada rivojlanmagan..
Meva pо‘sti. Meva pо‘sti tuguncha devorlarining kuchli о‘sishi va shaklini о‘zgarishi natijasida paydo bо‘ladi. Meva pо‘stining tashqi qismi – ekzokarpiy, ichki qismi endokarpiy va ba’zi mevalarda о‘rta qismi yaxshi rivojlanib mezokarpiy deb ataladi. Bu uch qism danakli mevalarda yaxshi taraqqiy etgan: yupqa tashqarisidagi pо‘sti – ekzokarpiy, eti – mezokarpiy, qattiq - endokarpiy, hо‘l mevalarda esa meva pо‘sti yumshoq bо‘lganligidan qavatlarini aniqlab bо‘lmaydi. Ba’zi quruq mevalarning pо‘sti (kungaboqar) turlicha differensiatsiyalashgan hujayralardan tashkil topgan bо‘lsa, ba’zi mevalarning pо‘sti bir xil hujayralardan iborat bо‘ladi.
Meva ginetseydan shakillanadi lekin kо‘pchilik mevalarning hosil bо‘lishida boshqa organlar: kosacha burglar, gul oldi barglar, gul naychalari yoki o`zak. Bunday hollarda gul hosil bо‘lishida boshqa organlar ishtirok etsa soxta meva deyiladi. Urug‘lanishdab song meva hosil bolishi roy beravermaydi. Kо‘p о‘simliklarni mevalari urug‘ hosil qilmasdan rivojlanadi. Bunday hodisa Partinicarpiy deyiladi. Ba’zi о‘simliklarda masalan yer yong‘og‘ida meva hosil boladi qachonki urug‘langan urug‘ kurtakli urug‘chi tuproqga kirganida. Meva klasifikasiya qilishning turli xil metodlari mavjud(Winkler,1939,1940, McLean va Ivimey – Kuk,1956, Roth,1977).
Mevalani klasifikasiya qilishdagi asosiy kriteriya meva devorining qatiqligi( quruqligi, yumshoqligi, etligi, rezavorligi), ikkinchi kriteriya bu mevalarning chochilishi yoki yetilish oldidan chochilmasligi.(Fahn va Werker,1972).
The fruit generally develops from the gynoecium, but inmany fruits other organs also participate.It is generally accepted that the fruit develops after fertilization ,but this is not always so.Fruits of so many plants such as certain varieties of Musa, citrus and vitis develop without the formation of seeds. This phenomenon is termed parthenocarpy. There are different methods of fruit classification (Winkler,1939,1940; McLean and Ivimey-Cook,1956; Roth,1977 and others. The main criterion is the degree of hardness of the pericarp,i.e. the fruit wall-whether it dry and hard or soft and fleshy or juicy. The second criterion is the ability of the fruit to dehisce or not when ripe(Fahn and Werker,1972)1.
Mevalar meva yonligining kelib chiqishi, tuzilishi, о‘lchami, shakli va ranglari bilan nihoyatda xilma-xildir. Morfologik tasnifi mevalarning tashqi tuzilishiga, konsistansiyasi va urug‘lar soniga asoslangan. Mevalar odatda hо‘l va quruq , bir urug‘li va kо‘p urug‘li, chatnaydigan va chatnamaydigan kabilarga ajratiladi. Evolyusion va genetik tasnifi esa urug‘chi turiga asoslangan. Ancha sodda tuzilishdagi urug‘chi turi apokarp hisoblanib, undan keyinchalik mevabarglarning о‘zaro qо‘shilishi natijasida senokarp ginetsey kelib chiqqan. Shunga kо‘ra bir yoki bir necha ayrim mevabarglardan tashkil topgan apokarp va bir – birlari bilan о‘zaro qо‘shilgan mevabarglardaniborat senokarp mevalar ajratiladi. Tugunchaning holatiga qarab,faqat urug‘chi mevabarglaridan, ya’ni ustki tugunchadan hosil bо‘lgan haqiqiy mevalar va ostki tugunchadan hosil bо‘lgan soxta mevalar farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |