Metron oʻlchov va logos taʼlimot oʻlchovlar, ularning bir xilligini



Download 57,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi57,88 Kb.
#339245
  1   2
Bog'liq
Metrologiya - Vikipediya



Metrologiya

Metrologiya (

yunoncha


: metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini

taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika

bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va

ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar

noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d)

oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash

uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash

vositalariga oʻtkazish usullari.

Dastlab, M. turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va boshqalar), shuningdek, turli

mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida

ifodalangan. 1975 yil 20 mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va

tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hukumatlararo darajada taʼsis etilishi M.ning

rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

M. yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar

yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining miqdoriy

ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy

nazariyasi va natijalari (nazariy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga

oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari,

oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish

natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi.

M.da oʻlchanadigan kattalik obʼyekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat

jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni xususiyat sifatida kator obʼyektlar uchun

umumiy va u bir obʼyekt uchun boshkasiga Karaganda maʼlum son marta katta yoki kichik

boʻlishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa (obʼyektning fizik

xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obʼyekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga —



uzunlik, massa, zichlik va boshqa ga ega; obʼyekt uchun kattalik tushunchasi aniq boʻladi (mas,

stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar). Faqat aniq

kattaliklarni oʻlchash mumkin. Katallikka obʼyektiv (miqdoriy) baho berish uchun shu kattalikning

birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-

shuv boʻyicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil oʻlchamli (mas, temperatura

shkalasi, Brinel boʻyicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi

kattalik shkalasi deb ataladi.

Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar

tizimlarini tuzishga oʻtildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari

oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi

vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi.

Nazariy M. oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga

bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek,

matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.

Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri

darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun

kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va

ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi

yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan. M. etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini

qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, birliklar oʻlchamlarini

oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham oʻrganadi.

Qonunlashtiruvchi M. — davlat tomonidan aniq belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan,

oʻlchashlar va oʻlchash vositalarining bir xilligigaerishish bilan bogʻliq masalalarni koʻradi.

Davlatlarda oʻlchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada taʼminlash va saqlab turish uchun M.

boʻyicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi.

Burdun G. D., Markov B. N., Osnovi metrologii, M., 1972; Dushin Ye. M., Osnovi metrologii i

elektricheskiye izmereniya, M., 1987.

Andrey Sodshov, Ozod Karimov.

[1]

1. 


OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot


Manbalar



Download 57,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish