2. O‘lchashlarni bajarish metodikasi
O‘lchashlarni bajarish metodikasi – bu hujjatlashtirilgan operatsiya va qoidalar birlashmasi bo‘lib, ularni bajarish kafolatlangan aniqlikdagi o‘lchash natijalari olishni ta’minlaydi.
O‘lchashlarni bajarish metodikasiga asosiy talablar O‘z DSt 8.016:2002 "O‘z O‘DT. O‘lchashlarni bajarish metodikalari. Asosiy nizomlar" da o‘rnatilgan.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi metrologik attestatsiyaga tortiladi.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi O‘zstandart tomonidan tasdiqdan va davlat reestridan o‘tgandan keyin qo‘llaniladi.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi - metrologik nazorat va tekshiruv ob’ektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |