Metrologiyaning asoslari


-MA’RUZA SIRTLAR G’ADIR-BUDIRLIGI



Download 7,2 Mb.
bet51/67
Sana16.01.2022
Hajmi7,2 Mb.
#374166
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Bog'liq
Metrologiya

12-MA’RUZA

SIRTLAR G’ADIR-BUDIRLIGI
REJA:
1.Sirt g‘adir-budirligi tushunchasi.

2.Sirt g‘adir-budirligining parametrlari.

3.CHizmalarda yuza g‘adir-budirligini belgilanishi.
Sirt g‘adir-budirligi tushunchasi
Metall kesuvchi dastgohlarda ishlov berish yoki boshqa usul bilan olingan real yuzaliklar bir qator turlicha balandlik va shakldagi va balandligi hamda qadami bo‘yicha nisbatan kichik o‘lchamlardagi takrorlanib keladigan chiqib turadigan uchliklar va o‘yiq joylar bilan buzilgan bo‘ladi. Bunday chiqib turadigan uchliklar va o‘yiq joylar yuzalikning notekisligini hosil qiladiki, ular nisbatan kichik qadamlar bilan jamu-jam holida yuzalikning notekisligidan iborat bo‘ladi. U boshqa tavsifnomalar bilan birgalikda yuzalikning holatini belgilaydi va uning sifatining asosiy geometrik tavsifnomalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Yuzalikning notekisligi detallarning harakatlanuvchi birikmalarida katta rol o‘ynaydi, podshipniklar, yo‘naltiruvchilar, sirg‘aluvchilar va shu kabilarning sirg‘alishi va sirg‘aladigan yuzaliklarining eskirishiga ko‘p jihatdan ta’sir ko‘rsatadi. Unchalik silliq bo‘lmagan sirg‘aluvchi yuzaliklarda ularning o‘rtasidagi bir-biriga tegib turishlik sig‘imning salmog‘i oshiqcha bo‘lganida ayrim nuqtalarda yuz beradiki, buning oqibatida surilgan moy siqib chiqariladi, moyli plenkaning uzluksizligi buziladi va quruq sirg‘alish uchun shart-sharoitlar paydo bo‘ladi. Bunday holatlar zamonaviy tez yuradigan va aniq mashina va asboblarning podshipniklari uchun ayniqsa muhimdir, ularda katta oraliqlarga yo‘l qo‘yish mumkin emas va suyuqlikli sirg‘alish yupqa moyli plenkalarda ta’minlanishi kerak. Yuzalikdagi notekislikning kamayishi detallarning birikish xarakteriga katta aniqlikni kiritadi. Birikma detallarini o‘lchash natijalari bo‘yicha aniqlanadigan oraliq yoki taranglik uzelning yig‘ilishida va foydalanish jarayonida mavjud bo‘ladigan samarali turlardan farq qiladi. Qo‘shiladigan yuzaliklar qanchalik katta notekislikka ega bo‘lsa, samarali taranglik shunchalik kamayadi, oraliq esa shunchalik ko‘payadi.

Shuningdek, detallarning mustahkamligi ham yuzalikning notekisligiga bog‘liq bo‘ladi. Konstruksiyaning buzilishining hamma turlari detallarning yuzasida bo‘ladigan va kuchlanishlarning konsentratorlari hisoblanadigan notekisliklarning oqibati hisoblanadi. Yuzalik qanchalik yaxshi bo‘lsa, tirqish va teshiklarning paydo bo‘lishi mumkinligi shuncha kamayadi va konstruksiya shunchalik uzoq muddat xizmat qiladi. Notekislikning kamayishi detallarning korroziyaga qarshi xususiyatlarini ancha yaxshilaydi. Yuzaliklar uchun himoya qiluvchi qoplamalar, masalan, dvigatellar silindrlari yuzasi uchun qoplamalarni foydalanish mumkin bo‘lmaydigan hollarda bu juda asqotadi.

Notekislik birikmalarning zichligi va germetikligi, yuzalikning aks ettiruvchi qobiliyati, qoplamalar sifati kabi boshqa funksional ko‘rsatkichlarda ham muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, o‘lchovning aniqligiga ta’sir ko‘rsatadi. Xamma hollarda ham yuzalikning notekisligi tashqi ko‘rinish berilishi uchun normalashtirilishi kerak.

Yuzalikning notekisligini normalashtirish usullari ГОСТ 2789-73 bilan tartibga solinadi va har qanday materiallardan va har qanday uslublar bilan tayyorlangan buyumlarning yuzasiga tegishli bo‘ladi.

Notekislik real yuzalikni yassilik bilan qo‘shish yo‘li bilan olinadigan profilning notekisliklari bo‘yicha baholanadi (1-rasm).





Download 7,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish