Metrologiya xizmatlarini tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish huquqini akkreditatsiyadan o‘tkazish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 18-maydagi 104-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq metrologiya xizmatlarini tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish huquqi uchun akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Qoidalar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan, ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligini baholovchi va bu haqda xulosa beruvchi yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlariga taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |