Metrologiya va standartlashtirish



Download 4,35 Mb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#331268
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5249042328881991462


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT AVTOMOBIL YO’LLARINI LOYIHALASH, QURISH VA EKSPLUATATSIYASI INSTITUTI
YO’L QURILISH MASHINALARI VA AVTOMOBIL TRANSPORTI EKSPLUATATSIYASI FAKULTETI
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” fanidan



Bajardi:

Tekshirdi:
Toshkent – 2019 y.

Mundarija:


Kirish ……….……………………………………………………….

3

1-Topshiriq. Silliq silindrsimon va tekis birikmalarning qo’yim va o’tqazishlari ………………………………………………………...................




2-Topshiriq. Chayqalishpodshipniklarningqo’yimvao’tkazishlari ……..




3-Topshiriq. Shponkalibirikmalarningqo’yimvao’tkazishlari ………….




4-Topshiriq. Shlisalibirikmalarningqo’yimvao’tkazishlari …………….




5-Topshiriq. O’lchamzanjirlari …………………………………….…..




Xulosa …………………………………………………………….......




Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………..



Kirish


(26-Variant). Silindrlar bloki – klapan tutkichi.

Silindrlar bloki

Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo‘ladi. Silindrlar yaxlit qilib blok-karter bilan birga qo‘yib tayyorlanishi yoki ayrim-ayrim tayyorlanib, keyinchalik blokka o‘rnatilishi mumkin. Shunga ko‘ra, silindrlar bloki dvigatel karterining yuqori qismini tashkil qiladi. Silindrlar blokining quyi qismi karter deb nomlanadi va unga dvigatelning qo‘zg‘aluvchan tayanch bo‘yinli detallari o‘rnatiladi.

Binobarin, taqsimlash mexanizmining detallari, shuningdek, sovitish tarmog‘ining suv g‘iloflari va moylash tarmog‘ining moy kanalchalari joylashgan. Karterning tashqi qismiga esa dvigatel mexanizmi va uning tarmoqlariga kiruvchi ba’zi asbob-uskunalar biriktirilgan. Silindrning ichki yuzasi (1.15-rasm, a) porshenni yo‘naltirish uchun xizmat qiladi va uni silindr ko‘zgusi deb ataladi. Silindr ko‘zgusiga aniq ishlov berilib, jilolanadi. Unga juda ham



1.15-rasm. Silindrlar gilzasi:

a—silindrlar gilzasining umumiy ko‘rinishi; 1 va 3—mahkamlovchi qism; 2—ko‘zgu; 4—botiq qismi; b, d—«ho‘l»-«quruq» gilzalarning blok-karteriga

o‘rnatilishi; 5—blok-karterning suv g‘ilofi; 6—silindrlar kallagining

qistirmasi; 7—silindrlar gilzasi; 8—blok-karter; 9—jiðslovchi rezina halqa;

e va f—dvigatel blok-karteriga «ho‘l» gilzalarning o‘rnatilishi; 10—gilza-ning yuqori qismiga o‘rnatilgan «kalta gilza»; 11—jiðslovchi mis halqa.

aniq ishlov berilishi porshenning silindri ichida jiðs va yengil harakatlanishini ta’minlaydi.

Suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatellarning silindrlar bloki qo‘sh devorli qilib qo‘yiladi, bunda ichki devor vazifasini silindrlar gilzasining tashqi sirti (3) o‘taydi. Gilza bilan blok (8) orasidagi bo‘shliq (5) sovitgich suyuqlik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni suv g‘ilofi deb ataladi (1.15-rasm, b). Ko‘pincha silindrlar blokiga legirlangan cho‘yandan, ba’zan esa po‘latdan tayyorlangan, olina-digan gilzalar o‘rnatiladi.

Silindrlar blokining konstruksiyasi unga o‘rnatiladigan gilzaning turiga va uning o‘rnatilishiga bog‘liq. Silindr gilzalari blokka o‘rnatilishiga qarab, quruq va ho‘l bo‘ladi. Agar silindr gilzalari sirtiga suyuqlik tegmasa quruq, sovituvchi suyuqlik atrofini o‘rab tursa, ho‘l gilzalar (1.15-rasm, b va d) deb ataladi.

Quruq gilzalar silindrlar bloki bilan yaxlit qilib ishlanadi yoki blok silindrlariga jiðs qilib, presslab o‘rnatiladi va ularning sirtqi



devoriga suyuqlik tegmaydi (1.15-rasm, e, f). Bu turdagi gilzalar silindrlar bloki konstruksiyasini murakkablashtirib, narxini oshirib yuboradi. Shuning uchun bunday gilzali silindrlar bloki kam ishlatiladi.

Blok-karterning mustahkamligini oshirish maqsadida uning karter qismida to‘siqlar hamda tashqi devorlarida maxsus qovurg‘alar ishlanadi va moy kanallari o‘tadigan joylari qalinroq qilib yasaladi. Demak, blok-karter dvigatelning tayanch qismi (bazis) bo‘lib, uning mustahkamligi boshqa detallarning deforma-tsiyalanishini kamaytiradi, buning natijasida dvigatelning ishlash muddati va ishonchli ishlash darajasi ortadi.

Blok-karterning tirsakli val o‘qidan pastroqda yotuvchi ostki qismiga moy tagligi (poddoni) (1) shpilka yoki boltlar yordamida mahkamlanadi. Moy tagligi shtamplash usulida 1—2 mm qalinlikda varaqali po‘latdan tayyorlanadi va u moy tagligi vazifasini o‘taydi. Moy tagligi bilan blok-karterning tutashish sirtlari moy o‘tkazib yubormasligi uchun ularning orasiga qog‘oz yoki po‘kak qistirma (8) qo‘yiladi. Blok-karterning old qismiga gaz taqsimlash shesterna-sining qopqog‘i (7) va orqa qismiga maxovik karteri (2) ni zichlovchi qistirmalar qo‘yib mahkamlanadi.

Silindrlar blokining kallaklari

Silindrlar bloki (4) ning kallagi (1.16-rasm) murakkab shaklga ega bo‘lib, porshen y.ch.n.ga yetganda siqish bo‘linmasini hosil qiladi. Silindrlar bloki kallagining konstruktiv xususiyati siqish bo‘linmasining shakli, klapanlarning joylashuvi va soni sovitish tarmog‘ining turi, shuningdek, uning kallagiga o‘t oldirish svechasi yoki forsunka o‘rnatilishiga bog‘liq.

Silindrlari bir qator joylashgan dvigatellarga silindrlar bloki bilan yaxlit qilib qo‘yib tayyorlangan silindrlar kallagi o‘rnatiladi. Silindrlari V simon joylashgan bloklarda esa har bir qator silindrlar o‘zining kallagiga ega. Deyarli hamma benzinli dvigatellarning silindrlar bloki va dizellarda mexanik xossasi yaxshilangan belgili alumin qotishmasidan tayyorlanadi. Bu ashyodan tayyorlangan silindrlar kallagi yengil, mustahkam va issiqlikni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ega.

Ba’zi dizellarda esa silindrlar bloki kallagi legirlangan kulrang cho‘yandan tayyorlanadi. Silindrlar bloki kallagi (12) ga (1.16-rasm) siqish bo‘linmasi (15) joylashgan bo‘lib, uning klapanlar kallagi





1.16-rasm. V simondvigatelning blok-karteri va slindrlar kallagi:

1-moy tagligi (poddon); 2-maxovik karteri; 3-slindrlar; 4-slindrlar bloki; 5-trsakli va taqsimlash vallari tayanchi; 6-blok-karter; 7-gaz taqsimlash shesternasining qopqogi; 8-qistirma; 9-suv gilofi teshiklari 11-kiritish tuynuklari 12-slindrlar bloki kallagi; 14-choyan egar; 15-siqish kamerasi;16-suyuqlik kiritish teshiklari; 17-qistirma

o‘tiradigan uyasiga cho‘yandan tayyorlangan maxsus egar (14) qotirilgan.


Undan tashqari, kallakda silindrga yonilg‘i aralashmasini yuborish va chiqarish uchun kiritish (10 va 11) tuynuklari hamda chiqarish tuynuklari (12 va 14) mavjud. Silindrlar kallagining o‘rtasi kovak bo‘lib, unda sovituvchi suyuqlikni kiritish va chiqarish uchun teshiklardan iborat suv g‘ilofi mavjud. Sovituvchi suyuqlik suv g‘ilo-fida aylanib turishi kerak. Shuning uchun silindrlar kallagi (12) ni silindrlar bloki (4) bilan zich tutashtirish maqsadida ular orasiga po‘lat asbestli qistirma (17) qo‘yiladi va shpilka yoki boltlar bilan qotiriladi.


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish