Metrologiya va standartlashtirish



Download 37,76 Kb.
bet4/8
Sana20.04.2022
Hajmi37,76 Kb.
#566340
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marufxo\'jayev Metrologiya 2-amaliy ish

41-modda. Oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga oid normativ hujjatlar

  • Oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazishni “Oʻzstandart” agentligi amalga oshiradi.

    Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga oid, “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid boʻlmagan normativ hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin.

    1. (Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq 41-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)

    2. Oldingi tahrirga qarang.

    2.«Birlik etaloni» – fizik oʻlcham birligini boshqa oʻlchov vositalariga oʻtkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun moʻljallangan oʻlchov vositasi;

    3.«Davlat etaloni» – vakolat berilgan milliy organning arori bilan Oʻzbekiston Respublikasi xududida oʻlchov birligi oʻlchami sifatida eʻtirof etilgan etalon;
    Hammamizga maʼlumki hech qanday mahsulot, u mashinasozlik sohasida bӯladimi, yengil sanoati mahsulotimi, oziq-ovqat mahsulotlari bӯladimi, tibbiyot, inson xavfsizligi yoki biror xizmat kӯrsatish sohasi bӯladimi ӯlchashsiz yaratilmaydi va bajarilmaydi. Maʼlumotlarga tayanib shuni aytish mumkinki har bir sekundda jahonda milliardlab ӯlchashlar bajariladi va ularning natijasiga qarab qarorlar qabul qilinadi. Hech bir soha yӯqki ӯlchashsiz va ӯlchash maʼlumotlarisiz faoliyat kӯrsata olsa. Ӯlchashni bajarishga, uni tӯgʻri va ishonchli bӯlishini taʼminlashga bir necha million kishi xizmat qiladi va katta mablagʻ sarf qilinadi. Jamiyatni taxminan 15% ish kuchi ӯlchashni bajarishga sarf qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kerakli sifatini, texnikani, jumladan transportlarning, havfsiz va avariyasiz ishlashini hamda ishonchli tibbiy va ekologik diagnozlarni taʼminlashning asoslaridan biri bu ishonchli oʻlchash maʼlumoti hisoblanadi. Ishonchli oʻlchash maʼlumoti – har qanday boshqarish, tahlil qilish, oldindan aytib berish (prognoz), rejalashtirish yoki nazoratning asosi hisoblanadi. Tabiiyki, faqatgina juda aniq va kafolatli aniqlikdagi ӯlchash natijalari toʻgʻri qaror qabul qilish imkonini beradi va natijada kerakli sifatdagi mahsulot (xizmat) yaratiladi. Har qanday ӯlchashni bajarish albatta ӯlchash vositalari, yaʼni ӯlchash asboblari, ӯlchovlar, ӯlchash ӯzgartkichlari, ӯlchash uskunalariyu ӯlchash tizimlari yordamida bajariladi. Ular albatta ӯlchashga yaroqli va aniqligi kafolatlangan bӯlishi shart. Respublikamiz boʻyicha ishlab chiqarishda, sertifikatlash sinovlarida, savdo sotiqda, xavfsizlikni taʼminlashda, sogʻliqni saqlashda, gaz, suv, elektr energiyasini sarfini hisoblashda va shunga ӯxshash qator sohalarda foydalaniladigan oʻlchash va sinash asboblarining tӯgʻri ishlashini taʼminlash, ularni attestatlash, sertifikat berish, ularni ӯz vaqtida (masalan bir yoki ikki yilda bir marta) tekshirib (qiyoslab) turish ishlari «Oʻzstandart» agentligi tarkibidagi «Metrologiya xizmatlari kursatish markazi» DK, «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi»DK va uning tarkibiga kiruvchi xududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlar tomonidan olib boriladi. Bu Markazlar respublikamizdagi barcha oʻlchash va sinash asboblarini oʻzining aniq asboblari bilan solishtirib (taqqoslab, qiyoslab) kӯrib ularni tӯgʻriligi, sinovga va oʻlchashlarga yaroqli ekanligini aniqlab shu tӯgʻrisida sertifikat beradilar. Markazlarni va unga ӯxshash boshqa tashkilotlarning aniq (namunaviy) oʻlchash asboblarini tӯgʻri ishlashini tekshirib turish Ӯzbekiston Respublikasining Milliy etalonlar Markazi (Ӯz MEM)ga yuklatilgan. Etalonlar markazi bu ishni ӯzining, yanada aniqroq boʻlgan ӯlchash asboblari, yaʼni etalonlari yordamida amalga oshiradi. Etalonlar markaziOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 09.02.96 yildagi «Ӯzbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini shakllantirish va metrologik taʼminotni takomillashtirish tugʻrisida» gi 53-son Qarori asosida tashkil qilingan. Markaz 2001 yilning dekabr oyida oʻz faoliyatini boshladi. Hozirgi kunda Etalonlar markazida chastota va vaqt, massa, elektr toki kuchlanishi, bosim, elektr sigʻimi, suv miqdori va sarfi, induktivlik, va ammiak, sinil kislotasi, azot dioksidi, oltingugirt dioksidi va xlorning havodagi massaviy ulushi birliklari etalonlari mavjud. Kupchilikga maʼlumki etalonlar bu juda aniq ӯlchovchi qurilmalar. Shuning uchun ham ular tashqi muhitga, yaʼni laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini ӯzgarishiga, har xil tulqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga ӯxshash taʼsir etuvchi omillarga sezgir. Shu sababdan tashqi muhitni etalonlarga taʼsirini iloji boricha kamaytirish maqsadida Etalon markazining binosi ӯziga xos uslubda qurilgan maxsus xonalarga ega. Jumladan etalonlar joylashgan laboratoriyalardagi havo haroratini ӯzgarishi 0,1-0,05 gradus (…oS) dan oshmasligini taʼminlash uchun laboratoriya xonalari antiqa usulda termoizolyatsiyalangan. Buning uchun etalon saqlanadigan xona xuddi shu shakldagi, faqat ӯlchami kattaroq xona ichiga joylashtirilgan. Bundan tashqari xonalarga quyosh nuri tushib haroratni ӯzgarishiga sabab bulmasligi uchun laboratoriya xonalari derazasiz qurilgan. Xona va karidor harorati konditsioner yordamida 20 gradusda ushlab turiladi. Ӯlchash asboblaridan keng tarqalganlaridan biri bu – tarozi va uning toshlari. Bu ӯlchash asboblarini tӯgʻri ishlashiga va kafolatligiga katta talab quyiladi. Sababi ular ishlab chiqarishda, maʼlum texnologiyani taʼminlashda, savdo – tijoratda, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini ӯtkazishda va boshqa maqsadlarda keng qӯllaniladi. Tӯgʻri ishlashi va kafolatli bӯlishini taʼminlash maqsadida, ular vaqt-vaqti bilan massa etalonlari bilan qiyoslanib turiladi. Etalonlar markazida 1 milligramm (mg) dan 30 kilogramm (kg) gacha bulgan etalon tarozi toshlari va etalon tarozi-komparatorlar mavjud. Etalon tarozilarimiz aniqligi 0,1 mikrogramm (mkg) dan 5 mg gacha. Masalan 1kg gacha ӯlchovchi etalon tarozimiz atigi 1mikrogrammga xato qiladi-yaʼni etalon tarozida ӯlchash bajarilayotganida etalon toshga biror dona chang gʻuborlari tushsa uni etalon tarozi sezadi va kӯrsatishi ӯzgaradi. Shuning uchun ham etalon tarozilar va tarozilar toshlarini saqlash sharoitiga, yuqorida aytib ӯtilgandek, juda qattiq talablar qӯyiladi. Bitta maqola hajmida hamma etalonlarimiz tugʻrisida batafsil maʼlumot berish albatta qiyin. Hozircha qolgan etalonlarning tashqi kurinishi va metrologik xarakteristikalari bilan kifoyalanib qolamiz. (1-3 rasm) Etalonlar markazining hozirga kundagi asosiy yoʻnalishlari:

    etalon bazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yӯnalishlarini aniqlash;
    • etalonlarini saqlash;

    kalibrovkalashni bajarish);
    • eng yuqori aniqlikdagi ӯlchash vositalarini yaratish bӯyicha ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlarini bajarish;
    • yuqori va eng yuqori aniqlikdagi ӯlchash vositalarining yagona nusxalarini tayyorlash;
    • etalonlarning mintaqaviy, davlatlararo va halqaro solishtirilishini tashkil qilish va ӯtkazish;
    • etalonlarini qӯllash (etalonlardan foydalanib ӯlchash vositalarini qiyoslash va
    • kattaliklar birliklarining ӯlchamlarini qayta tiklash, saqlash va uzatish sohasida halqaro xamkorlik bӯyicha ishlar bajarish;

    Download 37,76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish