Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar



Download 1,44 Mb.
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419260
Bog'liq
Malohat Opa

METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH BO‘YICHA XALQARO TASHKILOTLAR. METROLOGIYA BO‘YICHA ASOSIY ATAMALAR.

Xo’jamova Malohat


O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:
o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.
Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:
o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish;
o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar
Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir:
  • Ilmiy asosi - metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir;
  • Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
  • Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
  • Me’yoriy-qonuniy asoslari- tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.

Metrologik ta’minotningo‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari:
mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish;
detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash;
moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta’minlash;
atrof-muhitni himoya qilish;
salomatlikni saqlash va hokazolar.
Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar
Turlixalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‘yicha har xil yordam ko‘rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya sohasida qonunlashti-ruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya, G‘arbiy Evropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turibdi.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‘mitasi (1918 y), Amerika qo‘mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. SHu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro s’ezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari bo‘yicha 32 ta qo‘mita va kichik qo‘mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISAning faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi.
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj topmoqda.
ISOning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni engillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviyva iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirish-dir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda uyg‘unlashtirishni engillashtirish uchun choralar ko‘rish;
xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo‘mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin);
o‘z qo‘mita a’zolarining va texnikaviy qo‘mitalarning ishlari haqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish;
sohaviy masalalar bo‘yicha manfaatdor bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.
ISO kengashi yiliga bir marta o‘tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a’zolarini hamda texnikaviy qo‘mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko‘riladi.
Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlash-tirish tashkilotining tarkibi 91 mamlakatning vakillaridan iborat edi.
Respublikamizning dastlabki mustaqillik yillaridagi (1992 yil) muhim voqealardan biri ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi 92- davlat sifatida qabul qilinishi bo‘ldi.
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi ISO ning teng xuquqli a’zolaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta’minlash bo‘yicha oxirgi vaqtda qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o‘zining bir qator me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqdi, bu hujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko‘rsatish mumkin.
Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish