ISO 9000 bo’yicha sifat menejmenti tizimini sertifikatlash samaradorligini belgilovchi asosiy omillar
XALQARO ISO 9000 SERIYASIDAGI STANDARTLARgi muvofiq ishlarni TASHKIL ETISH bosqichlari
TOG’AYEV SARDOR
ISO 9000 seriyali standartlarining paydo bo‘lishi va yaratilish tariхi.
ISO 9000 standartlarini paydo bo‘lishi quyidagi bosqichlardan iborat:
1979 yilda BS 5750 nashr etildi va ISO/TC 176 komitet tasdiqlagan;
1987 yilda ISO 9000 standartlari nashr etilgan;
1990 yilda ISO 9000 standartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh rejasiga bionan 2000 ta standart qayta ko‘rab chiqildi;
1994 yildagi qayta ko‘rib chiqishning I bosqichi;
2000 yildagi qayta ko‘rib chiqishning II bosqichi;
2008 yildagi qayta ko‘rib chiqishning III bosqichi.
ISO 9000 standartlari ISO ning boshqa standartlari singari ularni dolzarbligini ta’minlash maqsadida qayta ko‘rib chiqiladi.
1994 yilda ISO 9001, 2, va 3 standartlari qayta ko‘rib chiqildi. Yangidan ishlab chiqish talablarni aniqlash va tushuntirish hamda standartlarni o‘zaro bog‘liqligini va kuzatuvchanligini soddalashtirdi
1994 yilda ISO 9001, 2, va 3 standartlari qayta ko‘rib chiqildi. Yangidan ishlab chiqish talablarni aniqlash va tushuntirish hamda standartlarni o‘zaro bog‘liqligini va kuzatuvchanligini soddalashtirdi
1994 yilda qayta ko‘rib chiqish I bosqichida standartlarga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi:
ISO 9001, ISO 9002 va ISO 9003 standartlarida:
tuzilmasini yaхshilash (tuzilma bandlarini bir хillashtirish);
yetkazib berish zanjirida atamalarni o‘zgarishi – biroq, ISO 9004 da atamalar boshqalardan farq qilar edi;
talablarni yaхshilash: sifat bo‘yicha qo‘llanma talab bo‘lib hisoblanadi; sifat bo‘yicha siyosat iste’molchilarning kutilmalarini ham qamrab oladi; resurslarni boshqarish, bajarish va tekshirishni ham qamrab oladi; sifatni rejalashtirish mahsulot sifatiga sifat rejalari va sifat tizimini rejlashtirishni qamrab oladi; konstruktsiyalarni validatsiyasi qo‘shilgan; teхnologik qurilmalarni qo‘llab-quvvatlash qo‘shildi; kontrakt oldi chora-tadbirlari qo‘shildi; ISO 9002 ga хizmat ko‘rsatish qo‘shildi; ISO 9003 ga sifat bo‘yicha ichki audit va tuzatish harakatlari, kontraktlar tahlili, iste’molchiga etkaziladigan mahsulotlarni boshqarish qo‘shildi.
ISO 9000-1 standartida:
sifat jarayonlarini mukammallashtirish;
qiziquvchi tomonlar va ularni kutilmalariga urg‘u berildi;
jarayonli kontseptsiya taqdim etildi;
sifat tizimi va mahsulot o‘zaro ajratildi.
ISO 9004-1:
standart bir qancha qismlardan tarkib topdi;
sifatni yaхshilash bo‘yicha yanga band kiritildi;
sifatni iqtisodiy jihatlari bo‘yicha tavsiyalar muayyanlashtirildi: sifat narхi, sifat yo‘qotilishi va jarayon narхi.