25-modda. O‘lchash vositalarini qiyoslash O‘lchash vositalarini qiyoslash akkreditatsiya qilingan davlat metrologiya xizmati hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lchash vositalarini qiyoslaganda o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan metrologik talablarga ularning muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash bajariladigan operatsiyalar ketma-ketligini belgilovchi o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti asosida amalga oshiriladi.
Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.