Yorug‘lik kuchi birligi - Kandela.
Ko‘rsatkichlarda qaytaruvchanlik nima bilan tavsiflanadi? O‘lchash natijalarining o‘rtacha kvadratiik og‘ishi bilan.
Bilvosita o‘lchash- Bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchana-yotgan katalik orasida bo‘lgan ma`lum bog‘lanish asosida kattalikning qiymatini topish.
O‘lchash o‘zgartkichlarining vazifasi nima? O‘lchanadigan kattalikni keyingi o‘lchash yoki o‘zgartirish uchun qulay bo‘lgan formadagi kattalikka o‘zgartirish.
Differensial usuli-O‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini o‘lchash asbobiga ta`sir qilish usuli. Kuchlanish bo‘lgichlari qanday maqsadda ishlatiladi? O‘zgarmas tok potensiometrlarining o‘lchash diapazonini kengaytirishda ishlatiladi.
O’lchashlar natijalarining yaqinliligi deganda – bir kattalikning o’zini bir xil sharoitlarda, bir xil puxtalik va usul bilan bir xil vositalar yordamida takror o’lchash natijalarining bir-biriga yaqinligi.
Majmuiy o‘lchash deb nimaga aytiladi? Bir nechta nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish.