89
a) O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi organik mahsulotlarni ishlab
chiqarish va maqbul qishloq xo‗jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi barcha manfaatdor
tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‗yicha
vakolatli davlat organi
hisoblanadi;
b) O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligiga:
barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklar, xo‗jalik yurituvchi subyektlar va
tadbirkorlardan organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‗jaligi amaliyoti (Global G.A.P.)
doirasidagi zaruriy ma‘lumotlarni olish;
organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish
va sertifikatlash bilan shug‗ullanuvchi xo‗jalik subyektlari faoliyatining ekvivalentligini baholash
va avtorizatsiyalash tizimini yaratish huquqi beriladi.
3. Shunday tartib o‗rnatilsinki, unga muvofiq organik qishloq xo‗jaligiga o‗tkazilgan yer
uchastkalarida ekinlarni joylashtirish organik standart talablarini
hisobga olgan holda ilmiy
asoslangan almashlab ekish sxemalariga muvofiq amalga oshiriladi va ekinlarni joylashtirishda
davlat aralashuviga yo‗l qo‗yilmaydi.
4. O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi:
a) Sog‗liqni saqlash vazirligi, O‗rmon xo‗jaligi davlat qo‗mitasi, Veterinariya va
chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‗mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‗mitasi, ―O‗zbekoziqovqatxolding‖ xolding kompaniyasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda
2020-yil 1-oktabrga qadar organik qishloq xo‗jaligi va ishlab chiqarish tizimlarini xalqaro
standartlar asosida tashkil etish bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasining ―Organik qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarini yetishtirish to‗g‗risida‖gi qonuni loyihasini;
―O‗zstandart‖ agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik qishloq xo‗jaligi va
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi
nizomni
Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat agrar
universitetida ―Organik qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash‖
yo‗nalishida mutaxassislar tayyorlash uchun o‗quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqsin va 2021-
2022 o‗quv yilidan boshlab ushbu yo‗nalishda talabalar qabul qilishni yo‗lga qo‗ysin;
v) bir oy muddatda vazirlik tuzilmasida belgilangan shtatlar doirasida 4 ta shtat birligidan
iborat organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‗jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasini
tashkil etsin;
d) 2021-yil 1-yanvarga qadar qishloq xo‗jaligi yo‗nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida
mavjud laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlasin va
birlamchi organik urug‗ yetishtiruvchi xo‗jaliklar faoliyatini yo‗lga qo‗ysin;
e) 2020-yil 31-dekabrga qadar Jahon bankining qishloq xo‗jaligini modernizatsiyalash va
raqobatbardoshligini
oshirish
bo‗yicha
kredit mablag‗lari hisobidan ―Qishloq xo‗jaligida
standartlashtirish markazi‖ davlat unitar korxonasi qoshida Organic va Global G.A.P. xalqaro
standartlari talablariga muvofiq kompleks sinov laboratoriyasi majmuasini
tashkil etish choralarini
ko‗rsin.
5. O‗zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‗jaligi vazirligi
bilan birgalikda ikki oy muddatda organik mahsulotlarni yetishtirish (ishlab chiqish), qayta ishlash,
saqlash va qadoqlashga hamda organik urug‗chilikni rivojlantirishga yo‗naltirilgan besh yillik
davlat ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqsin va loyihalarni tanlovlar asosida shakllantirsin.
6. ―O‗zstandart‖ agentligi:
90
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi, Sog‗liqni saqlash vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‗mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
O‗simliklar karantini davlat inspeksiyasi, ―O‗zbekoziqovqatxolding‖ xolding kompaniyasi,
Qishloq
xo‗jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi
ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kodeks Alimentarius Komissiyasi standartlari
talablariga muvofiq Yevropa Ittifoqi bilan savdo faoliyatini jadallashtirish bo‗yicha 2020 — 2024-
yillarga mo‗ljallangan chora-tadbirlar dasturlari rejasini ishlab chiqsin;
2020-yil 1-sentabrga qadar ISO 28000 Etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish
tizimlari xalqaro standartlari seriyalarini qabul qilsin;
uch oy muddatda qishloq xo‗jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‗shimcha
qiymat
zanjirini tashkil etishda ishtirok etuvchi barcha korxona va tashkilotlar faoliyatlarida bajariladigan
jarayonlarni ISO 28000 ―Etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari‖ xalqaro
standarti
talablariga
muvofiqligini
baholashning
belgilangan
tartibda
amalga
oshirilishini
ta‘minlasin.
7. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‗simliklar karantini davlat
inspeksiyasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik mahsulotlarni
zararsizlantirish bo‗yicha xalqaro tajribada qo‗llanilayotgan usullar va vositalar ro‗yxatini
shakllantirsin hamda eksportga yo‗naltirilayotgan organik mahsulotlarni zararsizlantirish ishlarining
xalqaro talablarga muvofiq amalga oshirilishini ta‘minlasin.
8. O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar
bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan
o‗zgartirish va qo‗shimchalar to‗g‗risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‗zbekiston Milliy axborot agentligi va O‗zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
Qishloq xo‗jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon mazmun-mohiyati
hamda maqsad va
vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta‘minlasin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‗rinbosari O‗.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: