“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/239
Sana21.11.2022
Hajmi3,8 Mb.
#869341
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   239
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

kompetentlilik: 
o‗z bilim va mahoratini qo‗llanishi ifodalangan qobiliyati. 

ekspert 
(standartlashtirish sohasida): standartlashtirish sohasida amaliy ishlarda ilm va 
bilimlarga ega bo‗lgan, kompetentliligi muvofiq attestat bilan tasdiqlangan shaxs. 
Davlat standartida belgilanganligi bo‗yicha, ekspert fao- liyat yo‗nalishidan qat‘i nazar, mazkur 
xujjat bilan regla- mentlangan talablarga javob beruvchi zarur kompetent- lilikka ega bo‗lgan va 
«O‗zstandart» Agentligining eks- pertlarni attestatlash bo‗yicha komissiyasi tomonidan belgilangan 
tartibda attestatlangan mutaxassis bo‗lishi mumkin. 
Ekspertlarning asosiy fo‗nksiyalari qilib quyidagilar belgilangan: 

barcha darajadagi me‘yoriy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish; 

amaldagi me‘yoriy xujjatlarni tekshirishni amalga oshirish; 

loyihalar 
va 
amaldagi 
me‘yoriy 
xujjatlar 
(o‗zgarti- 
rishlar)ning 
ilmiy-texnikaviy 
ekspertizasini amalga oshirish; 

me‘yoriy xujjatlar (o‗zgartirishlar) loyihalarining me‘yoriy tekshiruvini o‗tkazish; 

standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar (mil- liy, davlatlararo, halqaro) va tayanch 


253 
tashkilotlar va h.k. ishida qatnashish. 
Davlat standartida ekspertlikka nomzodlarni o‗qitish SMSITIda yoki boshqa tashkilotlarda 
«O‗zstandart» agentligi tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan dasturlar bo‗yicha o‗tkazilishi 
belgilangan. 
O‗qitish o‗z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi kerak: 

«Standartlashtirish asoslari» mutaxassisligi bo‗yicha tayanch ma‘lumotni olish; 

«Me‘yoriy xujjatlarning ilmiy-texnikaviy eksper- tizasi» mutaxassisligi bo‗yicha har 5 yil 
davriyligi bilan malakani oshirish. 
Ekspertlikka nomzodlar ma‘lumoti va tajribasi bo‗yicha quyidagilarga ega bo‗lishi lozim: 
a) tugallangan oliy ma‘lumot; 
b) «Standartlashtirish asoslari» mutaxassisligi bo‗yicha tayanch ma‘lumot; 
v) «Me‘yoriy xujjatlarning ilmiy-texnikaviy eksper- tizasi» mutaxassisligi bo‗yicha ma‘lumot; 
g) mutaxassislik bo‗yicha hamida o‗n yil amaliy ish staji, ulardan hamida besh yili 
standartlashtirish sohasida; 
d) quyidagi sohalarda ish tajribasi: 

barcha darajadagi amaldagi MHni ishlab chiqish va tek- shirishni amalga oshirish; 

halqaro, mintaqaviy va xorijiy MH ni qabul qilish bo‗yicha ishlarni olib borish, shuningdek 
standartlashtirish bo‗yicha milliy MHni halqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlar bilan 
uyg‗o‗nlashtirish; 

standartlashtirish bo‗yicha MH loyihalarining eks- pertizasini amalga oshirish. 
Ekspertlikka nomzod quyidagilarii bilishi zarur: 

standartlashtirish sohasidagi qonunchilikni; 

O‗z ST asos bo‗luvchi xujjatlarini; 

standartlashtirishning halqaro va Yevropa metodolo- giyasi va tajribasini; 

standartlashtirishning davlatlararo tizimini rivoj- lantirishning asosiy yo‗nalishlarini; 

O‗z O‗DT, O‗z SMT va standartlashtirishning boshqa tarmoqlararo tizimlari asoslarini. 
Malakaviy bilimlar bilan birga ekspertga shaxsiy si- fatlar bo‗yicha ham quyidagi talablar 
qo‗yiladi: 

ob‘ektivlik, 
mas‘ullik, 
prinsipiallilik, 
xayri- 
xoxlik, 
muloqatga 
qobiliyatlilik, 
xushmuomalalik, vaz- minlik; 

o‗z nuqtai nazarini tahlil qilish, mantiqiy asoslash, qatiy va dalillar bilan himoya qilish 
qobiliyati; 

o‗z fikrini aniq va erkin, og‗zaki va yozma bayon qilish qobiliyati; 

ekspert majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni ob‘ektiv va 
mustaqil hal etish qobiliyati. 
O‘z DSt 1.26: 2006ga asosan ekspertlarni «O‗zstandart» agentligi buyrug‗i bilan tuzilgan 
maxsus komissiyasi ikki bosqichda attestatni amalga oshiradi: 

ekspert bo‗lishni xohlovchi shaxslarni boshlang‗ich baholash; 

ekspertlarni davriy baholash. 
Davlat standartida attestatlash protsedurasi va ekspert- dan talab qilinadigan xujjatlar bo‗yicha 
ma‘lumotlar ba- tafsil bayon qilingan. 
Attestatsiyadan muvaffadiyatli o‗tgan mutaxassislarga besh yil muddatga kompetentlilik 
attestati beriladi va ular haqidagi axborot davlat reestriga kiritiladi. 
Ushbu xujjatda standartlashtirish bo‗yicha ekspert bo‗lgan shaxsning keyinchalik o‗z 
malakasini tasdiqlab borish pro- seduralari ham aniq ko‗rsatib berilgan. 


254 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
standartlashtirish 
bo‗yicha 
ekspertlarni 
malakasini 
va 
kompetentliligini baholashda amaldagi attestatsiyalash tizimi o‗rniga halqaro amliyotda keng 
qo‗llaniladigan sertifikatlashtirish tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. Buning uchun 
halqaro xujjatlarda belgilangan qoidalar va talablar bilan birga O‗zbekiston Respublikasining 
«Muvofiqlikni baholash to‗g‗risida»gi Qonunida personalni muvofiqligini baholash talablarini 
inobatga olish mumkin. 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish