“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/239
Sana21.11.2022
Hajmi3,8 Mb.
#869341
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   239
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

4.
 
HACCP-tizimining tamoyillari.
TAYANCH SO‘ZLAR

GLOBAL GAP , ISO-22000 , XALOL, HACCP-tizimi
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
FARMONI 
QISHLOQ 
XO‗JALIGI 
MAHSULOTLARINING 
SIFAT 
VA 
XAVFSIZLIK 
KO‗RSATKICHLARI 
XALQARO 
STANDARTLARGA 
MUVOFIQLIGINI 
TA‘MINLASHGA DOIR QO‗SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‗G‗RISIDA 
So‗nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‗yicha izchil islohotlar amalga 
oshirilmoqda. 
2016 — 2019-yillar davomida yalpi qishloq xo‗jaligi mahsuloti hajmi — 171,2 foizga, 
jumladan meva-sabzavotchilik — 172,6 foizga, chorvachilik mahsulotlari — 170 foizga, o‗rmon va 
baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish — 177,5 foizga oshdi. 
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport hajmi 1,4 mln tonnadan oshib, 2016-yilga 
nisbatan 1,5 barobarga o‗sishga erishildi. 
Shu bilan birga, jahon bozorida mahsulotlarga qo‗yilgan sifat va xavfsizlik talablarining 
tobora kuchayib borishi, respublikamizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi 
o‗rnini mustahkamlash uchun qo‗shimcha choralar ko‗rishni talab qilmoqda. 
Respublikada Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot 
ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o‗rmon 
xo‗jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‗rsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini 
kengaytirish, shuningdek, mamlakatimizning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan to‗liq 
foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida: 
1. Quyidagilar: 
O‗zbekiston Respublikasida organik qishloq xo‗jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‗rinlarda — Konsepsiya) 
1-ilovaga 
muvofiq; 
O‗zbekiston Respublikasida organik qishloq xo‗jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‗yicha ―Yo‗l xaritasi‖
 2-
ilovaga 
muvofiq; 
2020 — 2025-yillarda qishloq xo‗jaligi va o‗rmon fondi yerlarida bosqichma-bosqich 
organik ishlab chiqarishga o‗tishning prognoz ko‗rsatkichlari 
3-ilovaga 
muvofiq; 
2020 — 2025-yillarda maqbul qishloq xo‗jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) xalqaro standarti 
talablari bo‗yicha sertifikatlanadigan yer maydonlarining asosiy eksportbop ekin turlari bo‗yicha 
prognoz ko‗rsatkichlari 
4-ilovaga 
muvofiq; 
Paxta-to‗qimachilik ishlab chiqarishi korxonalari va klastyerlari tomonidan organik paxta 
xomashyosi yetishtirish hamda organik to‗qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish 
bo‗yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 
5-ilovaga 
muvofiq; 
Respublika hududlarida agroekoturizm jozibadorligini yanada oshirish uchun organik 
bozorlar va restoranlar tashkil etish bo‗yicha chora-tadbirlar rejasi
6-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
2. Belgilansinki: 


89 
a) O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi organik mahsulotlarni ishlab 
chiqarish va maqbul qishloq xo‗jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi barcha manfaatdor 
tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat organi 
hisoblanadi; 
b) O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligiga: 
barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklar, xo‗jalik yurituvchi subyektlar va 
tadbirkorlardan organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‗jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) 
doirasidagi zaruriy ma‘lumotlarni olish; 
organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish 
va sertifikatlash bilan shug‗ullanuvchi xo‗jalik subyektlari faoliyatining ekvivalentligini baholash 
va avtorizatsiyalash tizimini yaratish huquqi beriladi. 
3. Shunday tartib o‗rnatilsinki, unga muvofiq organik qishloq xo‗jaligiga o‗tkazilgan yer 
uchastkalarida ekinlarni joylashtirish organik standart talablarini hisobga olgan holda ilmiy 
asoslangan almashlab ekish sxemalariga muvofiq amalga oshiriladi va ekinlarni joylashtirishda 
davlat aralashuviga yo‗l qo‗yilmaydi. 
4. O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi: 
a) Sog‗liqni saqlash vazirligi, O‗rmon xo‗jaligi davlat qo‗mitasi, Veterinariya va 
chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‗mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‗mitasi, ―O‗zbekoziqovqatxolding‖ xolding kompaniyasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 
2020-yil 1-oktabrga qadar organik qishloq xo‗jaligi va ishlab chiqarish tizimlarini xalqaro 
standartlar asosida tashkil etish bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasining ―Organik qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini yetishtirish to‗g‗risida‖gi qonuni loyihasini; 
―O‗zstandart‖ agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik qishloq xo‗jaligi va 
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi 
nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 
b) Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat agrar 
universitetida ―Organik qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash‖ 
yo‗nalishida mutaxassislar tayyorlash uchun o‗quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqsin va 2021-
2022 o‗quv yilidan boshlab ushbu yo‗nalishda talabalar qabul qilishni yo‗lga qo‗ysin; 
v) bir oy muddatda vazirlik tuzilmasida belgilangan shtatlar doirasida 4 ta shtat birligidan 
iborat organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‗jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasini 
tashkil etsin; 
d) 2021-yil 1-yanvarga qadar qishloq xo‗jaligi yo‗nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida 
mavjud laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlasin va 
birlamchi organik urug‗ yetishtiruvchi xo‗jaliklar faoliyatini yo‗lga qo‗ysin; 
e) 2020-yil 31-dekabrga qadar Jahon bankining qishloq xo‗jaligini modernizatsiyalash va 
raqobatbardoshligini 
oshirish 
bo‗yicha 
kredit mablag‗lari hisobidan ―Qishloq xo‗jaligida 
standartlashtirish markazi‖ davlat unitar korxonasi qoshida Organic va Global G.A.P. xalqaro 
standartlari talablariga muvofiq kompleks sinov laboratoriyasi majmuasini tashkil etish choralarini 
ko‗rsin. 
5. O‗zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‗jaligi vazirligi 
bilan birgalikda ikki oy muddatda organik mahsulotlarni yetishtirish (ishlab chiqish), qayta ishlash, 
saqlash va qadoqlashga hamda organik urug‗chilikni rivojlantirishga yo‗naltirilgan besh yillik 
davlat ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqsin va loyihalarni tanlovlar asosida shakllantirsin. 
6. ―O‗zstandart‖ agentligi: 


90 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi, Sog‗liqni saqlash vazirligi, 
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‗mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
O‗simliklar karantini davlat inspeksiyasi, ―O‗zbekoziqovqatxolding‖ xolding kompaniyasi, Qishloq 
xo‗jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi 
ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kodeks Alimentarius Komissiyasi standartlari 
talablariga muvofiq Yevropa Ittifoqi bilan savdo faoliyatini jadallashtirish bo‗yicha 2020 — 2024-
yillarga mo‗ljallangan chora-tadbirlar dasturlari rejasini ishlab chiqsin; 
2020-yil 1-sentabrga qadar ISO 28000 Etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish 
tizimlari xalqaro standartlari seriyalarini qabul qilsin; 
uch oy muddatda qishloq xo‗jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‗shimcha qiymat 
zanjirini tashkil etishda ishtirok etuvchi barcha korxona va tashkilotlar faoliyatlarida bajariladigan 
jarayonlarni ISO 28000 ―Etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari‖ xalqaro 
standarti 
talablariga 
muvofiqligini 
baholashning 
belgilangan 
tartibda 
amalga 
oshirilishini 
ta‘minlasin. 
7. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‗simliklar karantini davlat 
inspeksiyasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik mahsulotlarni 
zararsizlantirish bo‗yicha xalqaro tajribada qo‗llanilayotgan usullar va vositalar ro‗yxatini 
shakllantirsin hamda eksportga yo‗naltirilayotgan organik mahsulotlarni zararsizlantirish ishlarining 
xalqaro talablarga muvofiq amalga oshirilishini ta‘minlasin. 
8. O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar 
bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan 
o‗zgartirish va qo‗shimchalar to‗g‗risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
9. O‗zbekiston Milliy axborot agentligi va O‗zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 
Qishloq xo‗jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon mazmun-mohiyati hamda maqsad va 
vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta‘minlasin. 
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
o‗rinbosari O‗.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin. 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish