1-
Ma‘ruza Mavzu: Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash
fanining maqsadi va vazifalari.
1 – Modul ―Metrologiya asoslari‖.
6
2.Insoniyat rivojlanish tarixining barcha bosqichlarida insonning barcha ehtiyojlarini qondirishda
o‘lchashlar muhim rol o‘ynagan. Ayniqsa, savdo-sotiq; munosabatlarida o‘lchashlarining bo‘lishi
bu faoliyatga qulaylik va afzallik yaratgan. O‘lchashlar dastlab kichik doirada (qabila, shahar)
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik mamlakat, ma‘lum kelishuvlar natijasida, mamlakatlararo va xalqaro
darajaga chiqqan.
O‘lchashlar
qadim-qadimdan amalga oshirilib kelingan bo‘lib, turli davrlar va turli
mamlakatlarda turli xil o‘lchamlar qo‘llanilgan. Masalan, kadimdan qimmatbaxo tosh- larni karatda
o‘lchanilgan. Qadimda aksariyat davlatlarda o‘lchamlar inson tanasiga moslab olingan, masalan,
Angliyada fut — oyoq panjasi uzunligi sifatida.
Misr firavnlari davrida hukmronning tirsagidan o‘rta barmok, uchigacha bo‘lgan uzunlik standart
o‘lcham sifatida kabul qilingan va xar bir firavn davrida o‘zgarib turgan.
O‘zbekistonda og‘irlik bo‘yicha qadoq (400 g atrofida), chaqsa (6 kg), pud (16 kg), botmon (10
pud), daxsar (11 pud) o‘lchamlari, uzunlik bo‘yicha enlik (bir barmoq qalinligi — taxminan 2 sm),
qarich (panja ochilganda bosh va jimjiloq barmoq uchlari orasidagi masofa — taxminan 23 sm),
chaqirim (1 km dan kamroq) kabi o‘lchamlar ishlatilgan.
O‘zbekistonda metrologik sohada faoliyat ko‘rsatadigan tashkilotlar: 1923 yilda O‘lchovlar va
og‘irliklarni kiyoslash Markaziy byurosi, 1928 yilda O‘zbekiston o‘lchovlar va og‘irliklar Palatasi,
1939 yilda O‘zbekiston o‘lchovlar va o‘lchash vositalari qo‘mitasi, 1992 yilda «O‘zdavstandart»
markazi, 2002 yilda «O‘zstandart» agentligi sifatida tashkil etilgan.
Metrologiyaning maqsadi o‘lchashlar birliligining ilmiy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratish,
mamlakatda iqdisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘lchashlar birliligini ta‘minlash va bu orqali
mahsulotlar, xizmatlarning sifati, xavfsizligini ta‘minlash va rakobatbardoshligini oshirishga
erishish, mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘lchashlarga ishonchlilikni ta‘minlashdir.
Belgilangan maqsadlardan kelib chikqan holda metrologiya sohasida quyidagi asosiy vazifalar
o‘rnatilgan:
— mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta‘minlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning
qisqa va uzoq muddatli dasturlarini tuzish va amalga oshirish;
— o‘lchashlar birliligini ta‘minlashning xuquqiy, me‘yoriy va uslubiy asoslarini yaratish;
— mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta‘minlashga xizmat qiluvchi metrologik xizmatni tashkil
etish va uning samarali faoliyatini ta‘minlash;
— O‘zbekiston Respublikasi iqdisodiyotida samarali faoliyat ko‘rsatuvchi o‘lchashlar birliligini
ta‘minlash davlat tizimini yaratish, joriy qilish va doimiy takomil- lashtirib borish;
— O‘zbekistan o‘lchashlar birliligini ta‘minlash davlat tizimi qoidalarini metrologiya sohasidagi
xalqaro, regional va davlatlararo tashkilotlar talablari bilan uyg‘unlashtirish;
— milliy etalon bazasini rivojlantirish va takomillashtirish;
— samarali metrologik faoliyatni tashkil etish orqali bozor iqdisodiyoti sharoitida mahsulotlar,
xizmatlarning sifati, xavfsizligini ta‘minlash;
— metrologik faoliyatning texnik bazasini zamonaviy ilmiy va texnik yutuqlar asosida rivojlantirish
va takomillashtirish.
3. O‘zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning huquqiy asoslari sifatida qonunlar, hukumat
qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlarni ko‘rsatish mumkin. Metrologik faoliyatni mamlakatda
tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya tug‘risida»gi Qonuni asos bo‘lib xizmat
qiladi. Ushbu Qonun 1993 yilning dekabrida qabul qilingan bo‘lib, 1994 yilning 1 yanvaridan
kuchga kirgan. 2015 yil 1 sentyabr holatiga Qonunga 4 ta o‘zgarish va qo‘shimchatar kiritilgan.
Qonun beshta bo‘lim, 21 moddadan iborat.
7
Birinchi bo‘lim (Umumiy qoidalar)da asosiy tushunchalar, metrologiyaga oid faoliyatni davlat
tomonidan boshqarish tartibi, o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini
ta‘minlashga oid normativ hujjatlarni qo‘llash to‘g‘risida qoidalar belgilangan.
Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |