Metrologiya bo‘yicha asosiy tushunchalar va ta’riflarni o‘rganish. Reja: «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish»



Download 28,05 Kb.
bet3/3
Sana14.04.2022
Hajmi28,05 Kb.
#551698
1   2   3
Bog'liq
Metrologiya bo‘yicha asosiy tushunchalar va ta’riflarni o‘rganis

O‘rta maxsus ta’lim. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi 5-sonli, 1998-yil 13-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 204-sonli qarorlarini bajarish va ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlash maqsadlarida O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi me’yoriy hujjatlari ishlab chiqilgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (O‘MKHT) sohasida O‘zbekiston davlat standarti O‘z DSt 983:2000 «O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim davlat standartlari. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’­limi» asos bo‘luvchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’limga asoslangan, o ‘qitish muddati 3 yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimida mustaqil ta’lim turidir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Standartda O‘zbekistonda o ‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limining asosiy maqsadlari va vazifalari, tushunchalar, ishlarni tashkillashtirish, me’yoriy hujjatlarning darajasi va ularni tuzish tartibi, ta’limni standartlashtirish tizimida o‘rnatilgan talablarni tekshirish va nazorat qilish belgilangan.
O‘zbekistonda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlarining me’yoriy-huquqiy asosi ta’lim bo‘yicha qonunlar va O‘z DSt dan iborat. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tarmoq standarti ta’lim sifati, o ‘quv yuklamasi hajmi, maqsadlar va malakaviy talablarga mos keluvchi, kasbiy tasniflagich asosida tayyorlash yo‘nalishi va kasbiy tayyorlashning eng kam majburiy mazmunini ta’minlovchi
me’yoriy hujjat sifatida belgilangan. O‘MKHT standartlarini joriy etish asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
O‘MKHT sifatining mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va demokratik o‘zgarishlarga muvofiqligini ta’minlash;
jamiyatning ehtiyojlari va fan-texnika yutuqlarini hisobga oluvchi kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
kadrlar tayyorlash tartibi va jarayonini baholash asoslarini aniqlash;
O‘MKHT tizimida kadrlar tayyorlash uzluksizligi va navbatini ta’minlash;
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
O‘MKHT standartlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘MKHT tizimida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim xizmatlariga va ularning sifatiga qo‘yiladigan talablarni aniqlash;
O‘MKHT tizimida bilimlar va malaka darajasini baholashga talablarni o ‘z ichiga olgan me’yoriy asosni yaratish;
o‘quvchilarni xalq an’analari va insoniy fazilatlar asosida odob-axloqli tarbiyalash shakllari va usullarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali ravishda birga olib borilishi (integratsiyasi)ni ta’minlash.
O‘MKHTda standartlashtirishning eng muhim tomonlari quyidagilar:
ta’limning uzluksizligi va navbati;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari, jamiyat talablarini hisobga olish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning birliligi;
matnlarni ifodalash birliligi va aniqligi;
zamonaviy fan, texnika va texnologiya sohasidagi tajriba va yutuqlarga muvofiqligi;
O‘MKHT maqsadlari va vazifalariga erishish.
O‘MKHT tizimida standartlashtirishni tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, metodik rahbarlik qilish ta’lim boshqaruvi davlat idoralariga yuklatilgan. O‘MKHT tizimidagi ta’lim standartlari uch yil davomida olib borilgan pedagogik tajriba natijalari bo‘yicha tasdiqlanishi lozim.
Download 28,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish