Metodologiyasi


Ikkinchi jahon urushidan s o ‘ng, harbiy tarix fani soh asi tarki-



Download 6,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/386
Sana01.02.2022
Hajmi6,88 Mb.
#420875
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   386
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi

Ikkinchi jahon urushidan s o ‘ng, harbiy tarix fani soh asi tarki-
biga urushayotgan m am lakatlar va davlatlarning ijtim oiy-iq tisod iy
tarixini o ‘rganish sohalari ham q o ‘shildi. H ozirgi vaqtda harbiy
tarix predm eti birm uncha kengroq tusda, ya’ni «urush va ja m i­
yat* tushunchasiga ega boMib, ayrim vaqtlarda harbiy m utaxas-
sislar harbiy harakatlarni o ‘rganish uchun ham jalb etilad i.
Harbiy tarix fani — tarix faning tarkibiy qismi boMib, urush- 
lar, harbiy jang san’ati, qurolli kuchlar, harbiy texnika va harbiy 
bilim berish, harbiy qo'm ondonlar, qo'shinlar, davlatlarning har­
biy faoliyati tajribalarini o'rganadi.
Harbiy tarix fanining tarm oqlariga urushlar tarixi, harbiy jang 
san’ati tarixi, qurolli kuchlarning shakllanishi va tuzilishi tarixi, 
harbiy o‘q o tar qurollar va harbiy texnikaning paydo boMishi va 
rivojlanishi tarixi, harbiy qism lar tarixi va harbiy tafakkur tarixi 
kiradi. Shuningdek, harbiy tarixshunoslik, harbiy arxeologiya, 
harbiy arxivografiya, harbiy statistika sohalari harbiy tarix fani­
ning maxsus tarm oqlari sanaladi.
Harbiy soha va uning taraqqiy etib borish jarayoni haqida 
asosiy tushunchalarni berish imkoniyatiga ega boMgan urushlar 
tarixi hamda harbiy jang san’ati tarixi harbiy tarix fanining ye- 
takchi tarm oqlari hisoblanadi.
Harbiy tarix fani ham boshqa fanlar kabi m a’lum bilim lar so- 
hasiga tayanadi va o'ziga xos a n ’anaviylikka ega. Siyosiy qarash- 
•ar, metodologik va nazariy yondashuvlar ta’sirida urushlarning 
xususiyatlari, mohiyati va o‘rniga baho berishda turlicha yoritilish 
hollari ham mavjud. Shundan kelib chiqqan holda XXI asr ta- 
nxchilari oldidagi asosiy vazifalardan biri urushlar tarixiga, har-
63


biy harakatlar tarixiga q a t’iy obyektivlik, sof ilmiylik va tarixiylik 
nuqtayi nazaridan yondashish sanaladi.
Siyosiy tarix - tarix fanining eng dastlabki yuzaga kelgan tar- 
m oqlaridan biri bo'lib, bu tarix o‘z tarkibiga fuqarolik jam iya- 
ti tarix in i, siyosiy voqealar tarixini, siyosiy tizim larni boshqarish 
va ijro etuvchi hokim iyat tarix in i kiritgan holda tarix fanining 
o'rgan ilish in i m a’lum darajada o'zgarib borishiga ta’sir ko'rsat- 
di. Ingliz tarixchisi D .Eltoning fikricha, siyosiy tarix jam iyat- 
ning tarkibi boMgan inson faoliyatini o'rganadi. Bunda asosiy e’ti­
bor inson faoliyatini faqatgina tavsiflab berishga emas, balki uni 
tushunish va idrok etishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. M azkur 
tarixchi o 'z fikrini davom ettirib, siyosiy tarix statistikaga but- 
kul bog'liq bo'lib qolm asdan, abstraksiyadan qochish va faqatgi­
na ijtimoiy tarixni yozm asdan, inson faoliyati va insonlar bilan 
m unosabatga kirishish kerak, deb ko'rsatadi. Biroq tarixni yo- 
zishda sotsiologiyaga ko'proq e’tibor qaratuvchi bir qator tarixchi­
lar D .E ltoning bu fikrlarini m a’qullam aydilar va asosiy qim m at- 
li m a’lum otlarni ijtimoiy tarixdan olish kerak deb hisoblaydilar.
K o'p hollarda siyosiy tarixchilar o'z diqqat-e’tiborlarini in­
sonlar taqdiriga ko'proq ta ’sir etuvchi siyosiy hokimiyat faoliyati­
ni o'rganishga qaratadilar. Shunga ko'ra tadqiqotlar ko'lami ham 
kengayib boradi, ya’ni aholining harakatlari, alohida m uam m o- 
lar, hattoki om m aviy m adaniyat ham siyosiy tarixchilar diqqat 
e ’tiboridan chetda qolmaydi. Tarix fanining bu tarm og'ini rivoj- 
lantirishda tarixchi E.Xobsboum katta o 'rin tutadi. U tarixni 
faqatgina «oliy siyosat* sohasida emas, balki nizolar va kelish- 
m ovchiliklar, iqtisod, ijtimoiy psixologiya va boshqa bir qancha 
guruhlarga bo'lib o'rg an ish n i ta k lif etadi.
Iqtisodiy tarix statistikaning paydo bo'lishi bilan faol rivojla- 
na boshladi. Bugungi kunda m atem atik m odellashtirishdan keng 
foydalaniladi. Tarixchi m onetarizm , lasseferizm, D. Keyns naza­
riyasi va boshqa bilim larni bilm asdan turib o'z tadqiqotlarini olib 
borishi sam ara bermaydi. Tarixchi bu soha tadqiqida odam larning 
yashash tarzi haqida to'liq m a’lum ot bera olishi m um kin bo'lm a-
64


nan jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iqtisodiy ishlab chiqarish haqida­
gi m a’lumotlar kabi faqatgina iqtisodiy tahlil bilangina cheklanib 
qolmasdan, demografiya, sotsiologiya kabilarni ham iqtisodiy so- 
ha tarixini o ‘rganishga jalb eta olishi kerak.
Ijtimoiy tarix. XIX asrdan boshlab tarixchilar tom onidan ta ­
rixiy tadqiqotlarda oddiy odam lar va xalqning ahvolini o‘rga- 
nishga e’tibor qaratish boshlandi. M arksizm ta ’lim otida ishchilar 
tabaqalarini o‘rganishga asosiy e ’tibor qaratildi. XX asrga ke- 
lib, «annallar maktabi* ijtimoiy tizim va jarayonlarni o ‘rganish- 
ga kirishdi. XX asrning 60-yillarida E. Tomson tom onidan ish­
chilar tabaqasining kelib chiqish tarixining o'rganilishi tarixiy 
tadqiqotlarda fanlararo yondashuvning im koniyatlarini ko‘rsatib 
berdi. Oila tarixi, ayollar tarixi o‘rganila boshlandi, odam larning 
kundalik faoliyati va shaxsiy hayotini o'rganishga e’tibor kuchay- 
di. Biroq XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmi oxirlariga ja m i­
yat hayoti tarixini o‘rganish jarayonida ko‘pgina sohalar e’tibor- 
dan chetda qoldirilib, asosan sinfiy kurash masalalariga asosiy 
urg‘u berilib, tarixning bir tom onlam a o'rganilishiga yo‘l qo‘yildi. 
Shuningdek, bu jarayonlardagi bir tizim lilik ham jam iyat hayotini 
har tom onlam a va atroflicha tadqiq qilishga imkon berm adi. XX 
asrning 90-yillaridan boshlab jam iyat hayotini o ‘rganishdagi ta ­
rixiy tadqiqotlarda bunday yondashuvlar inkor qilinib, uni har to ­
monlama tadqiq etishga kirishildi.
Diniy tarix. Tarix fani sohalari va tarm oqlari orasida eng dast­
labki yuzaga kelgan tarm oqlardan biri diniy tarix sanaladi. D iniy 
soha va jamiyat hayotining bu soha bilan bogMiq jihatlariga yetar- 
li baho berilmasligi um um iy holatning noto‘g‘ri talqiniga sabab 
bo ladi. Ayni vaqtda bu sohaning ikki m uhim jihati borki, buni 
tarixchilar teologiya yoMidan borish (yoki voqelikka diniy nuqtayi 
nazardan yondashuv) yoki aksincha diniy g'oyalarni butkul inkor 
qilish, deb ko'rsatadilar. Hattoki Yevropa tarixchilarida biror-bir 
dinga e ’tiqod qiluvchi tarixchi tarixiy jarayonlarni yaxshi tushu- 
nadi, degan tushuncha ham shakllangan edi. Biroq bu tushun- 
cha o ‘zini oqlamadi va bugungi kunda diniy tarixga (din tarixiga)
65


intellektual tarix va ijtimoiy tarixning ajralmas bir qismi sifatida 
yondashila boshlandi va ayni vaqtda tarixchi avvalgi davrlar tari­
xini o'rganish jarayonida bu sohaga oid m a’lum otlarni ham e ’ti- 
borga olishi kerak bo‘ladi.
Fan tarix:. 
Tarix 
fani ilm -fanga kashfiyotlar ro'yxati sifatida 
em as, balki inson faoliyatining mahsuli va ayni vaqtda jamiyat 
va m adaniy hayotning ajralm as bir boMagi sifatida qaraydi. Ilm - 
fan — ijtimoiy va m afkuraviy xususiyatga ega. Ayni vaqtda tarix- 
chilardan ilm -fanning ilmiy bo‘lm agan tafakkur m ahsuli boMgan 
(astrologiya, alkim yo va boshq.) fanlarni ilmiy fanlar bilan ara- 
lashtirib yuborm aslik talab etiladi. Bu sohaning tarixiy tadqiqot- 
lari jarayonida ilm -fan va jam iyat o‘rtasidagi aloqalar va bogMiq- 
likka alohida e ’tibor qaratilishi kerak.

Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish