Metodologiya tushunchasi. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlar metodologiyasi



Download 17,68 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi17,68 Kb.
#330200
Bog'liq
Metodologiya tushunchasi. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlar metodo


Reja:

Metodologiya tushunchasi.

Ijtimoiy psixologik tadqiqotlar metodologiyasi.

Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolarining tashkil etuvchi jabhalari.

Kuzatish metodi.

Xujjatlarni o’rganish metodi.

So’roq va anketa.

Ijtimoiy psixologik test metodi.

Eksperiment metod.

Proyektiv metod.

Xozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o’ziga xoski, ularda metodologik muammolar ancha yuqoridir.

Buning sababi juda ko’p bo’lib, fan texnika taraqqiyoti bilan fan maqsadlarining uyg’unlashuvi, amaliyotining fanlar oldiga qo’yayotgan talablari darajasining ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va boshqa bir qancha omillardan yaqqol namoyon bo’layotganligidir.

Ijtimoiy psixologiya to’g’risida gapiradigan bo’lsak, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo’yayotgan talablari o’ziga xos bo’lib, bu talablarga javob berish uchun uni tekshirish usullari u darajada mukammal emasligidir. Shu davrgacha ijtimoiy psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo’ldiki, bu yerda nazariy ishlar tarkibiy ishlardan ancha ko’p. Shuning uchun ijtimoiy psixologiyada metodologik muammolarni xal qilish xozirgi kundagi asosiy vazifamiz hisoblanadi.

«Metologiya» tushunchasining ilmiy mohiyati nimadan?

Bu tushuncha turlicha talqin etilardi: Masalan, Amerikalik psixologlar metodologiya deganda tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarni tushunadilar.

Lekin «Metodologiya» tushunchasi asli uslublar yig’indisidan kengroq tushunchadir. Xozirgi zamon yevropa olimlari xususan rus psixologlari fandagi metodologiya deganda: ushbu fanning falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. YA’ni «Metodologiya» tushunchasi «Konkret metodlar» yoki texnik usullar tushunchasidan kengroq.

Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi.

Birinchidan; emperik ma’lumotlar muommosi, ya’ni qay turdagi ma’lumotlarni ijtimoiy psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki Bxiaviarstlar ko’z bilan ko’rib qayd qilinadigan xulq atvor ishlarini, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo’lgan belgilarni tushunadilar. Demak, tadqiqotchilar ish boshlamay turib, nimani emperik birlik qilib olishni aniq tasavvur qilish lozim.

Ikkinchidan u yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy tahminlar qilish muammosi, lekin shu tahminlarning anq chiqishi o’sha muammo bo’yicha pishiq puxta nazariyaning bor yo’qligiga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham ko’pgina fan sohasiga endigina qadam qo’ygan yosh olim yoki tadqiqotchi gipotezalar-tahminlar bayon etishga qiynaladi.

Uchinchi muammo – bu ijtimoiy psixologik ma’lumotlarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir.

Kuzatish metodi, u ijtimoiy psixologiyadan o’ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvolo nimani kuzataman, qay yo’l bilan kuzatuv birligi deb nimani olaman kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan savolga javob topib keyin tadqiqotni boshlaydi.

Kuzatuvchi tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko’ra kuzatish turli xil bo’ladi, misol: ba’zi xollarda kuzatuvchi kuzatish ob’ekti bo’lmish odamlar guruxi bilan birga yashab, ularga qo’shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot to’playdi. Bu kuzatish turi «Birgalikdagi kuzatuv» deb ataladi. Boshqa xollarda esa kuzatuvchi o’z ob’ektini chetdan kuzatadi. Shuning uchun ham bunday kuzatuv turi «chetdan kuzatuv» yoki «ob’ektiv kuzatish» deb ataladi.

Ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida xar bir shaxsning xulq atvori kuzatish muhim ma’lumotlar to’plashga yordam beradi, chunki bunday kuzatish metodiga xos bo’lgan eng qimmatli narsa sharoitlarning tabiiyliligi saqlab qolinadi.

Xujjatlarni o’rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning maxsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarni ishonchliligiga, matematik qayta ishlash imkoniyatini borligi bilan ajralib turadi.

Xujjat deganda og’zaki (so’zlagan nutq matnlari, suxbatlarning yozib olingan qismlari, bevosita muloqat) yoki yozma (rasmiy xujatlar, gazetalar, jurnallar) xolda tavsiya etilgan ma’lumot nazarda tutiladi. Ana shu materialni ma’naviy jixatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilish usuli ijtimoiy psixologiyada kontent analiz deyiladi.

Kontent – analizni qo’llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruvchi birliklari-kotegoriyalarini aniqlashdir.

Xujjatlarni o’rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning maxsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarni ishonchliligiga, matematik qayta ishlash imkoniyatini borligi bilan ajralib turadi.

Xujjat deganda og’zaki (so’zlagan nutq matnlari, suxbatlarning yozib olingan qismlari, bevosita muloqat) yoki yozma (rasmiy xujatlar, gazetalar, jurnallar) xolda tavsiya etilgan ma’lumot nazarda tutiladi. Ana shu materialni ma’naviy jixatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilish usuli ijtimoiy psixologiyada kontent analiz deyiladi.

Kontent – analizni qo’llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruvchi birliklari-kotegoriyalarini aniqlashdir.

So’roq metodi. So’roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. Ayniqsa, anketa so’rovi va intervpyu metodlari.

Shunday qilib, so’rov metodlari tadqiqotchi bilan tekshiruvchining bevosita (suxbat, intervpyu) yoki bevosita (anketa muloqati tufayli ma’lumotlar to’plash) usulidir.

So’roqni o’tkazuvchi odamdan talab qilinadigan asosiy narsa bu muloqat madaniyatidir, chunki tekshiruvchilar turli yosh kasb demografik muhitga mansub ishlar bo’lishi mumkin.

Intervpyu oluvchi suxbatdoshga nisbatan neytral mavqeda bo’lib fikrlashga xalaqit bermasligi, ayniqsa unga tazyq o’tkazmasligi lozim. Bevosita muloqat boshlangandan keyin intervpyu aniq va kerakli ma’lumotni olish uchun quyidagi vositalardan foydalanadi: hamjihatlik bildirish (diqqat e’tibor bilan boqish, samimiy kulish, fikrlarni ma’qullash);

qisqa so’z iboralarini qo’llash («juda yaxshi», «fikringizga qo’shilaman» va hakazola); asosiy masalani eslatib turish: ba’zi masalalarda qisman qo’shilmaslik belgisini bildirish:

repondentning ohirgi so’zlarini vaqti vaqti bilan qaytarib turish: turli yo’llar bilan bildirilgan so’zlarni tushuntirib berishga erishish:

Anketa metodi hammaga tanish bo’lgan usullardan. Lekin ko’pincha anketani o’tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollarga ko’ra anketa ochiq yoki aniq turlarga bo’linadi.

Ijtimoiy psixologik testlar.

Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir. Bu qisqa sinov usuli bo’lib ular yordamida u yoki bu ijtimoiy psixologik xodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. Testlarni qo’llashning qulay tomoni bir test yordamida bir ob’ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta takror sinab ko’rish mumkin. Lekin ularni universal deb bo’lmaydi. Testni tuzish, uni ob’ektlarda sinovdan o’tkazish xattoki tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni malakani talab qiladigan faoliyatdir.

Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o’z «kaliti» bo’ladi. Bu kalitning egasi maxsus litsenziyalar, ya’ni kelishuvga ko’ra ishonchli shaxslargina sotish yoki berish xuquqi bo’ladi. «Kalitsiz» esa maxsus testlarni xech kim ishlata olmaydi.

Ijtimoiy psixologik eksperiment. Eksperiment – bu ijtimoiy xodisalarni o’rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o’rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqatdir. Bunday muloqatning bo’lishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to’playdi. Bu eksperiment ham tabiiy va laborotoriya eksperimentiga bo’linadi. Tabiiy eksperiment tabiiy sharoitda o’tkaziladi.

Laborotoriya eksperimenti odatdan maxsus sharoitlarda maxsus xonalarda, kerakli asbob uskunalar yordamida o’tkaziladi. Birinchi marta laborotoriya sharoitida ijtimoiy psixologik tadqiqotni rus olimi Bexterov o’tkazgan edi.

Proyektiv metodlar. Bu usullar test usullarining bir ko’rinishi bo’lib,unda tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi. Va ularni sharxlash topshirig’i beriladi. YA’ni tekshiriluvchi turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugatilmagan hikoyalar, biror aniq ko’rinishga ega bo’lmagan buyumlar, yog’ochlar berilishi mumkin. Tekshiriluvchi ularga o’zining xususiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baho berishi mumkin. Shularga qarab shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.
Download 17,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish