Metodologik tamoyillari



Download 337,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana30.12.2021
Hajmi337,66 Kb.
#89998
1   2   3   4
Bog'liq
1-Maruzalar matni (2)

Tayanch so‘z va iboralar: eng yangi tarix, metodologiya, fan predmeti, fanning 

maqsad va vazifasi, fanlararo yondashuv.  

 

Mustaqillik  yillarida  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarning  tezkorligi,  voqea  va 



hodisalarning  shiddatliligi,  olam-u  odam  taqdiriga  daxldor  bo‘lgan  dunyoviy 

muammolar-u  serqirra  hayotning  barcha  jabhalarini  qamrab  olgan  umumiy 

qarashlarimizdan  tortib,  eng  kichik,  eng  shaxsiy  yumushlarimizgacha  bo‘lgan 

barcha  hodisalarni  o‘zida  mujassam  etadi.  Tabiiyki,  bunday  yalpi  yangilanishlar 

jarayoni  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  qatorida  tarix  fani  oldiga  ham  yangi  vazifalar 

qo‘yadi.  Tadqiqotchilar  birinchi  navbatda  xalqimizning  mustaqillikka  erishish 

yo‘lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo‘lga kiritish yo‘llari va 

vositalarini,  milliy  davlatchilik  qurilishiga  doir  tajribani,  mustaqillikni 

mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va 

milliy  g‘oyani  yaratish  kabi  bir  qator  muhim  muammolarni  har  tomonlama 

mushohada qilmoqlari lozim. Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli 

tasir o‘tkazadi, milliy g‘oyaning shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Milliy  ong,  milliy  tafakkur  xalq  tarixi,  uning  rivojlanish  bosqichlarini  nechog‘li 

o‘rganish, undan saboq chiqarish bilan bog‘liq. Ulug‘ allomalar aytganidek, tarix 

insonni  istiqbolga  davat  etadi,  ulkan  yaratuvchilikni  rag‘batlantiradi. 

“O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi”  fanining  vazifasi  –  O‘zbekiston  milliy 

davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq 

etish  va  o‘qitish,  ilmiy,  ilmiy-ommabop,  o‘quv-metodik,  marifiy  adabiyotlarni 

tayyorlash  va  chop  etish,  ilm-fanning  ta’lim  va  boshqa  ijtimoiy  sohalar  bilan 

integratsiyasi  mexanizmlarini  mustahkamlash  va  rivojlantirish  borasida  ilmiy, 

madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini  muvofiqlashtirish 

ishlarining  samaradorligini  oshirish,  Yoshlarda,  avvalambor,  umumta’lim 

maktablari,  kasb-hunar  kollejlari,  akademik  litseylar  o‘quvchilarida,  oliy  ta’lim 



muassasalari 

talabalarida 

mamlakat 

tarixi 


haqidagi 

chuqur 


bilimlarni 

shakllantirishdir. 

 

Zotan, uning ulug‘ murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati ham 



xuddi ana shunda. Insoniyat tarixida XX asrning so‘nggi choragi va – XXI asr boshi 

ijtimoiy-siyosiy  o‘zgarishlarning  yangi  pallasini  boshlab  berib,  O‘zbekistonning 

milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi aynan shu davrga to‘g‘ri keldi. Bu holat 

tarix fanida ham tub o‘zgarishlarni, nazariy va metodologik yangilanishni, bir so‘z 

bilan  aytganda  mustaqil  O‘zbekiston  nufuziga  munosib  bo‘lishni  taqozo  qildi. 

Mustaqillik yillarida tarix fani arsenali yangilanib, o‘zgardi. Tarix fanida kechgan 

chuqur  ichki  transformatsiya  jarayoni  fanning  nazariy-metodologik,  konseptual, 

mazmuniy, strukturaviy o‘zgarishlarida aks etdi. Yangi ijtimoiy impulslar tasirida 

ko‘pgina  mavzular  yangicha  mushohada  qilina  boshladi.  Haqqoniy  talqini  va 

tahliliga muhtoj bo‘lgan mavzular tarixchilar diqqat markazidan joy oldi va bugungi 

kunga qadar bazi konseptual jihatlari haqida qatiy bir xulosaga kelishda bu jarayon 

davom etmoqda.  

 

Sovet davrida o‘rganish taqiqlangan, noto‘g‘ri talqin etilgan mavzular ilmiy 



xolislik  asosida  -  milliy  mustaqillik nuqtai  nazaridan qaytadan  o‘rganildi. Tarixiy 

tadqiqotlar  diapazoni  kengayib,  yangi  ilmiy  yo‘nalishlar  vujudga  keldi. 

O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi  tarix  fanida  ana  shunday  yangi  ilmiy 

yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Bu bevosita milliy  mustaqil davlatning tashkil topishi 

bilan  vujudga  kelib,  zamonaviy  tarixiy  jarayonlarning  rivojini  o‘rganish,  tahlil 

qilish,  tarixiy  tajribani  umumlashtirish  va  bu  orqali  milliy  o‘zlikni  anglashga 

yo‘naltirilgandir.  ―O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi  hozircha  institutsional 

xarakter kasb etgan emas, yoinki o‘z metodologiyasi, tadqiqotchilik ishlari va o‘quv-

uslubiy  taminotiga  ega  bo‘lgan  mustaqil  fan  sohasigaajratilmagan.  So‘nggi  yillar 

davomida  mamlakatimiz  hayotida  ro‘y  bergan  voqealar  ko‘lami  va  rivoji  fan  va 

ta’lim  oldiga  ularni  tizimli  mushohada  qilish  masalasini  ilgari  surmoqda. 

 

O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixini  o‘rganishning  nihoyatda  dolzarblashuvi 



munosabati  bilan  2012  yil  yanvarida  O‘zbekiston  Respublikasi  birinchi  Birinchi 

Prezidentining  ―O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi 

huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil 

etish  to‘g‘risida‖gi  qarori  qabul  qilindi.  Kengashning  asosiy  vazifalari  qatoridan 

―demokratik  huquqiy  davlatni,  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini, 

fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishda «o‘zbek modeli»ning mohiyati va 

mazmunini,  inson  huquqlari  hamda  erkinliklarini  taminlash,  jamiyatda 

barqarorlikni,  millatlararo  va  dinlararo  totuvlikni  saqlash  bo‘yicha  keng  ko‘lamli 

ishlarni, hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol 

ko‘rsatib berish‖ ham muhim o‘rin oldi.  




 

Mustaqillik  yillarida  tarix  fani  dolzarb  muammolarini  aniqlash,  ilmiy 

jamoatchilikning bu muammolar yechimini izlashdagi yondoshuvlari va faoliyatini 

aks ettirishda ilmiy anjumanlar muhim o‘rin tutdi. Tarix fani nazariy-metodologik 

asoslarini,  tarix  tadqiqotlariga  yondoshuvlarni  yangi  davr  talablari  va  mezonlari 

asosida  ishlab  chiqish,  uning  oldida  turgan  vazifalarni  aniqlashda  bu  muammolar 

muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ―O‘zbekistonning yangi tarixi: konseptual 

metodologik  muammolar‖  (1999  y.);  ―Novaya  istoriya  Sentralnoy  Azii. 

Pereotsenka  istorii,  sovremennqe  problemq  i  podxodq‖  (2004  y.)  mavzuidagi 

respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘ldi. 2013 yil may 

oyida Respublika Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan ―O‘zbekistonning 

eng  yangi  tarixini  o‘rganishning  dolzarb  masalalari‖ga  bag‘ishlangan  matbuot 

anjumanida bajarilgan ishlar sarhisobi ilmiy jamoatchilikka taqdim qilindi, jamiyat 

rivojining  yangi  bosqichi  ehtiyojlari  tarixchilar  oldiga  jahon  tajribasidan  kelib 

chiqib,  tarix  fanini  yangi  nazariy-metodologik  darajaga  ko‘tarish  va  yangi  ilmiy 

yo‘nalishlarni  o‘zlashtirish  zarurligi  kabi  vazifalar  qo‘yildi.  Tarix  tadqiqotlarini 

amalga  oshirishning  zamonaviy  vositalaridan  bo‘lgan  turli  fondlar  bilan  ilmiy 

hamkorlik yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini bermoqda.  

 

Chunonchi,  Tarix  instituti  va  Konrad  Adenaur  fondi  bilan  o‘zaro  ilmiy 



hamkorlikda bajarilayotgan ―Eng yangi tarix umumjahon jarayonlarining tarkibiy 

qismi sifatida‖ loyihasi doirasida o‘tkazilgan ―O‘zbekistonning eng yangi tarixini 

fanlararo o‘rganish‖ mavzuiga oid davra stolidagi (2014 yil, 24 sentyabr) maruzalar 

va  muhokamalar  eng  yangi  tarixning  dolzarb  masalalarini,  tadqiqot  usullarini 

aniqlashda tarixchilar hamjamiyati uchun muhim ilmiy tadbir bo‘ldi. Ilmiy jarayonni 

tashkil  etishda  dissertatsion  tadqiqotlar  ilmiy  bilimlar  rivojining  ko‘rsatkichi 

ekanligini  nazarda  tutadigan  bo‘lsak,  mustaqillik  yillarida  O‘zbekistonning  eng 

tarixiga  oid  ilmiy  bilimlarning  to‘planishi  va  rivoji  1991-2012  yillar  mobaynida 

himoya qilingan dissertatsion tadqiqotlarda o‘z ifodasini topdi.  

Mustaqillik 

tarixining  turli  jihatlari  doktorlik  va  nomzodlik  dissertatsiyalarining  mavzulari 

bo‘ldi. Shuni takidlash lozimki, ko‘rsatilgan yillarda O‘zbekiston tarixi ixtisosligi 

bo‘yicha  himoya  qilingan  doktorlik  dissertatsiyalari  nisbatida  O‘zbekistonning 

mustaqillik davri tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘p emas. Dunyoda 

―O‘zbek  modeli‖  deb  etirof  etilgan  siyosiy,  ijtimoiyiqtisodiy  va  madaniy 

sohalardagi  tub  islohotlarning  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilishi,  tarixiy 

jarayonlar  tarixchilar  tomonidan  qadam-baqadam  o‘rganilib  borildi  va  ilmiy 

tadqiqot obektiga aylandi. O‘zbekiston jamiyati hayotida kechayotgan demokratik 

o‘zgarishlar,  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  vositalari,  ko‘ppartiyaviylik 

tizimining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  kabi  mavzular  tarixchilar  tomonidan 

o‘rganila  boshlandi.  Mustaqillik  yillarida  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  sohadagi 

o‘zgarishlar Respublika viloyatlari va shaharlari misolida tadqiq etildi. Mustaqillik 




yillarida  O‘zbekiston  aholisining  milliy  xususiyatlari  va  demografik  rivojlanishi 

jarayonlarini  o‘rganish  dolzarb  ahamiyat  kasb  etdi.  Tarixiy  o‘zgarishlarning 

demografik  jarayonlarga  tasiri  hamda  ularning  turli  jihatlarini  tahlil  etish 

mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  kuchli  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirishga, 

islohotlarning ijtimoiy samarasini oshirishga qaratildi.  

 

Tarixchilar  tadqiqot  obekti  bo‘lgan  malum  hududni  mustaqillik  yillaridagi 



rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish orqali iqtisodiy, agrar, madaniy 

sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini yoritdilar. Mazkur 

tadqiqotlarning davriy chegarasi, manbaviy asoslari turlicha bo‘lishiga qaramay, bu 

izlanishlarning umumlashmasi mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiy ijtimoiy va 

madaniy jarayonlarini yaxlit bir manzarasini shakllantirishda muhim material bo‘lib 

xizmat  qiladi  Mustaqillik  davri  ijtimoiy  jarayonlarini  turli  jihatlarini  malum 

xronologik doirada o‘rgangan tadqiqotlar vujudga keldi. O‘zbekistonning mustaqil 

taraqqiyot yo‘li ta’lim tizimini isloh qilishni taqozo qildi. Bu sohada O‘zbekiston 

o‘z  milliy  strategiyasini  ishlab  chiqib,  ta’lim  tizimini  isloh  qilishning  o‘ziga  xos 

yo‘lidan bordi. Ta’lim tizimidagi islohotlar jarayoni, Kadrlar tayyorlash Milliy ning 

ishlab  chiqilishi  va  amaliyotga  tadbiq  etilishi  natijasidata’limning  uzluksizligi, 

umumta’lim  va  professional  ta’limning  chuqurlashib  borishini  yorituvchi, 

shuningdek O‘zbekistonda ilm-fan rivojlanishi holati va taraqqiyot yo‘nalishlarini 

tahlil  qiluvchi  tadqiqotlar  amalga  oshirildi.  O‘zbekiston  mustaqilligi  sharoitida 

millliy manaviy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, madaniyat rivojining turli 

jihatlarini  yorituvchi  tadqiqotlar  vujudga  keldi.  Mustaqillik  yillarida  amalga 

oshirilayotgan demokratik islohotlar muvaffaqiyati jamiyatning katta qismini tashkil 

etgan  ayollar  faolligiga  bog‘liq  ekanligi  O‘zbekistonda  xotin-qizlar  masalasida 

yangicha yondoshuvlar, muammolar yechimini izlash zaruriyatini taqozo qilganligi 

G.G‘anieva tadqiqotida o‘rganildi.  

 

Mustaqil  O‘zbekistonda  Yoshlarga  oid  siyosatning  ahamiyati  va  ularning 



mamlakat  ijtimoiy-siyosiy  hayotidagi  o‘rni,  milliy  mustaqillik  sharoitida  talaba 

Yoshlarda  axloqiy  qadriyatlarining  shakllanishi  tadqiq  qilindi.  O‘zbekistonning 

xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni nomzodlik dissertatsiyalari mavzulari orasida 

eng faol o‘rganilgan muammolardan bo‘ldi. O‘zbekistonda diplomatiya xizmatining 

shakllanishi  va  rivojlanishi  o‘rganish  O‘zbekistonning  sovet  davri  va  mustaqillik 

yillaridagi tashqi aloqalari tarixini qiyosiy tahlil etish orqali bu soha rivojida muhim 

o‘rin tutgan omillarni aniqlash va tarixiy jarayonlarni umumlashtirib, ilmiy xulosalar 

chiqarish imkonini berdi.  

 

O‘zbekistonning  xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorligi  va  Markaziy  Osiyo 



mintaqasida  xavfsizlikni  taminlashda  O‘zbekistonning  o‘rni  muammosi  bir  qator 

nomzodlik dissertatsiyalarida tadqiq qilindi. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekistonning eng 

yangi  tarixini  yaratish  yo‘lida  Yosh  mustaqil  respublikaning  mintaqadagi 



barqarorlikni taminlashda jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik 

aloqalarini har tomonlama qamrab olinishiga va ilmiy jihatdanyoritilishiga yordam 

beradi.  

 

O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixini  o‘rganishda  tizimli  yondoshuvning 



shakllantirilishi,  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy  sohadagi  tub  o‘zgarishlarni 

tadqiq  qilishda  har  bir  jarayon  xususiyatidan  kelib  chiqib  malum  xronologik 

ramkalarni  belgilab  olish  maqsadga  muvofiq  bo‘lishini  ko‘rsatdi.  Mazkur 

tadqiqotlar,  ularda  mujassamlashgan  manbaviy  malumotlarni  tanqidiy  va  tahliliy 

o‘rganish O‘zbekistonning eng tarixini yaxlit manzarasini yaratishga xizmat qiladi. 

Mamlakatimiz  tarixchilarining  O‘zbekistonning  mustaqillik  davri  tarixiga  doir 

izlanishlari  natijalari  shuningdek  ko‘plab  maqolalar,  risolalar,  monografik 

tadqiqotlarda  o‘z  ifodasini  topdi.  O‘zbekistonning  mustaqillik  davri  masalalarini 

o‘rganishda 

faylasuflar, 

iqtisodchilar, 

huquqshunoslar, 

sotsiologlarning 

izlanishlarini  etirof  etgan  holda,  ularning  tadqiqotlarida  mujassamlashgan 

malumotlar  va  xulosalarni  tarixiy  tadqiqotlarga  jalb  qilish  asnosida,  fanlararo 

yondoshuvga  asoslangan  O‘zbekistonning  eng  tarixini  yaxlit  yorituvchi  asarning 

yaratilishi  fursati  yetdi.  Bu  asar  jamiyat  tarixiy  tafakkurida  mamlakatimizning 

dunyoda  munosib  o‘ringa  egaligi  va  O‘zbekiston  tarixi  umumjahon  tarixiy 

jarayonlarining ajralmas bir qismi ekanligi haqidagi tasavvurlarni shakllantirmog‘i 

lozim.  


 

Har  bir  tarixiy  jarayon  shu  jarayonlar  sodir  bo‘layotgan  davrning  mahsuli. 

Malum bir davrda xalq tafakkuri, intellektual salohiyati, buyuk maqsadlari va ulug‘ 

kelajakka  bo‘lgan  ishonchlari  shakllanadi.  Voqeahodisalar,  xususan,  jamiyat  bir 

holatdan ikkinchi bir holatga o‘tayotgan, odamlar dunyoqarashida keskin burilishlar 

sodir bo‘layotgan, natijada yaxlit jamiyat, butun xalq hayoti yangi mazmun kashf 

etayotgan bir  jarayonda  tarixiy  davrni  butun ko‘lami,  mahobati  va  mohiyati  bilan 

o‘rganish fan oldidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Ko‘p ming yillik 

taraqqiyot  yo‘lini  bosib  o‘tgan  va  o‘tmishida  katta  tarixiy  siljishlar  bilan  birga 

tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri 

va XXI asrning boshlari yangi sahifa ochdi. Mustaqillikning o‘tgan davri tarix bilan 

qiyoslaganda  kapalak  umridek  qisqa.  Biroq,  ana  shu  davrda  xalqimiz  yaratgan 

buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy  va  manaviy  sohadagi 

beqiyos  yutuqlar  O‘zbekistonning  bundan  keyingi  uzoq  kelajakka  mo‘ljallangan 

taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi 

tuzum,  yangicha  turmush  tarzi,  zamonaviy  jahon  sivilizatsiyasi  talablariga  javob 

bera  oladigan  aqliy  salohiyat,  intellektual  imkoniyat  bilan  bog‘liqligi  muhim 

ahamiyatga ega.  

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyevning  2017-yil  30-



iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning 


eng  yangi  tarixi  bo‘yicha  jamoatchilik  kengashi  faoliyatini  tashkil  etish 

to‘g‘risida”gi qarori elon qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq 

mustabid  tuzum  mafkurasidan  voz  kechish,  yangi  yondashuvlar  bilan  bog‘liq 

o‘zgarishlarga  yuz  tutdi.  Fan  taraqqiyoti  va  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 

O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix 

fanini  yanada  yuqori  ilmiy-nazariy  darajaga  olib  chiqish  hamda  yangi  ilmiy 

yo‘nalishlarni  o‘zlashtirish  kabi  vazifalarni  yuklamoqda.  Davlatimiz  rahbarining 

2017-yil  30-iyundagi  “O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  huzurida 

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil 

etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi 

pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan 

muhim hujjatlardan biri boldi.  

 

Qarorda  Jamoatchilik  kengashi  oldiga  O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixini 



tizimli,  haqqoniy  va  xolis  tarzda  o‘rganishni  tashkil  etish,  yangi  avlod  ilmiy  va 

o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va 

rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan 

vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi 

yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l  – mavjud 

bilimlarni Yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish. 

 

O‘zbekistonning eng yangi tarixi mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib 



o‘tgan  tarixiy  yo‘li  mohiyati  va  mazmunini  anglab  yetish  muhimdir.  Bu  jarayon 

qanday  borganligini,  mamlakatimiz  mustaqillik  arafasida  va  uning  dastlabki 

yillarida  qanday  muammolarga  duch  kelganini  tushunib  yetish  muhim.  O‘zbek 

jamiyatida  qadimgi  davrlardan  beri  ayrim  demokratiya  unsurlari:  o‘zini  o‘zi 

boshqarishning  jamoa  shakli,  mahalla  yig‘inlari,  oqsoqollar  kengashlari  va  xalq 

diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan ananaviy 

funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini 

hozirgi  davr  talablariga  mos  yangi  mazmun  bilan  to‘ldirishimiz  maqsadga 

muvofiqdir. 

 

Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining 



eng  muhim  institutlaridan  birini  tashkil  etadi.  Mamlakatimiz  Birinchi  Prezidenti 

Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini 

taminlovchi  siyosiy  institutlarning  xilma-xilligiga  asoslangan  yangi  demokratik 

tizim  negizlarini  shakllantirish  zarurligiga  alohida  etibor  qaratgan.  Sobiq  tuzum 

davrida  davlat  va  yakkapartiyaviylik  tizimi  shaxs  ustidan  yalpi  hukmronligini 

o‘rnatgan  edi.  Fuqaroning  huquqiy  himoyalanmagani,  boshqaruvning  mamuriy-

buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p 

odamlarda  chorasizlik  tuyg‘usini  uyg‘otib,  real  hayotdan  uzoqlashish  istagini 




oshirdi.  “Siyosiy  autsayderlar”  deb  ataluvchi  kishilar  sonining  o‘sishi,  jamiyatda 

ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. 

 

Afsuski,  bugungi  kunda  ham  jamiyatda  eski  davrga  xos  bo‘lgan  ijtimoiy 



ongning  retsidivlari muayyan  darajada  saqlanib  qolmoqda. Prezidentimiz  Shavkat 

Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni 

jiddiy  tanqid  ostiga  olib,  quyidagilarni  takidladi:  “Ochiq  aytish  kerak,  siyosiy 

partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati 

hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, 

tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning 

yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi 

tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p 

partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.  

 

O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi  vazifasi  va  ahamiyati  O'zbekistonning 



zamonaviy  tarixini  o'rganishning  ahamiyati  mamlakatning  zamonaviy  hayotiga 

bevosita  ta'sir  ko'rsatadigan  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  voqealarni  tushunishga 

qaratilganligi  bilan  belgilanadi.  Ushbu  voqealarning  tarixiy  ahamiyati  nimada  va 

ularning mohiyati nimada, ulardagi ayrim siyosiy arboblarning roli nimada, ushbu 

voqealarning  rivojlanishi  uchun  qanday  ssenariylar  mavjud  va  bu  voqealar 

zamonaviy jarayonlar bilan qanday bog'liq?  - zamonaviy tarix javob berishi kerak 

bo'lgan savollar. Bundan tashqari, yaqin tarix hozirgi zamon bilan bog'liq bo'lganligi 

sababli kelajak bilan bog'liq tendensiyalarni ko'rish uchun muhim ahamiyatga ega. 

 

O'zbekistonning  eng  yangi  tarixi  ilmiy  bilimlar  va  o'quv  sohasi  sifatida  bir 



qator  muhim  vazifalarni  bajaradi.Ta'lim  funksiyasi  ilmiy  va  tarixiy  bilimlarni 

o'zlashtirish, tarixiy  narsalarni ko'rish qobiliyatidan  iborat  zamonaviy  O'zbekiston 

hududida jamiyatning rivojlanishi turli xil ilmiy nazariy va uslubiy yondashuvlar va 

tushunchalar  prizmasi  orqali  amalga  oshiriladi.Kognitiv  va  tarbiyaviy  vazifa 

talabalarning  mustaqil  ish  ko'nikmalarini  shakllantirish,  ma'lumot  izlash,  turli 

manbalar  bilan  ishlash,  ularni  baholash,  attestatsiya,  sharhlash  va  tahlil  qilish 

tizimlari  Ta'lim  funksiyasi  fuqarolik  pozitsiyasini,  qadriyatlarga  yo'naltirilgan 

tarixiy  xotirani  va  vatanparvarlik  tuyg'usini  shakllantirish  bilan  bog'liq.  Biz  o'z 

tarixiga  ega  bo'lgan  va  ular  bilan  faxrlanadigan  ko'plab  o'zaro  ta'sir  ko'rsatuvchi 

davlatlar, xalqlar va madaniyatlardan tashkil topgan dunyoda yashayapmiz. Tarixiy 

ovozlarning ushbu polifoniyasi O'zbekiston ovozini o'z ichiga olishi kerak. Uning 

ahamiyati shundan iboratki, odamlar tomonidan tarixiy o'ziga xoslikni yo'qotishi va 

tarixiy  xotirani  beparvo  qilish,  boshqa  xalqlarning  ularga  nisbatan  munosabatiga 

ham  ta'sir  qiladi.  Shu  sababli,  O'zbekiston  tarixini  o'rganish  bilimlar  yig'indisini 

mexanik  assimilyatsiya  qilish  emas,  aksiologik  (qimmatli)  rangli  bo'lishi  kerak  - 

Vatanimizda  g'urur  tuyg'usi,  unga  bo'lgan  sevgi  hissini  shakllantirish.  Yozish  va 

evristik funktsiyalar tarixiy bilimlar asosida kelajakdagi rivojlanish stsenariylarini 



bashorat  qilishga  imkon  beradi.  Tarix  fanining  bashorat  funktsiyasi  prognozlarni 

amalga oshirish bilan bog'liq; loyihani rejalashtirish  - kelajak uchun stsenariylarni 

yaratish bilan, "mumkin bo'lgan dunyolar" dizayni; evristik - ilmiy kashfiyotlardagi 

tarixiy  bilimlarning  roli,  bashorat  orqali  ilmiy  bilimlarni  kengaytirishda.  Hozirgi 

kunni  tahlil  qilish  va  kelajakka  kirish  o'tmishni  bilmasdan  iloji  yo'q.  Shunga 

qaramay, bir qator ta'limotlar tarixiy tadqiqotlar asosida prognozlarga shubha bilan 

munosabatda  bo'lishadi  (masalan,  bu  ibora  britaniyalik  faylasuf  K.  Popper 

tomonidan  "Tarixni  qidirish"  asarida  tan  olingan)  20,  aksariyat  sotsiologlar  va 

siyosatshunoslar 

bilishadi. 

Ushbu 

turdagi 


prognozlarning 

samaradorligi 

shubhasizdir. 

 


Download 337,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish