Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 5 paragrif, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
4
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
BOB. ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY IZLANISH DAVRI 1.1 Abu Rayhon Beruniyning m`rifiy qarashlari
O`rta asrning buyuk qomusiy olimi, beqiyos aql-zakovat sohibi Beruniy fanlarning va ijtimoiy hayotning juda ko`p jiddiy muammolarini to`g`ri hal qilib, shular asosida ko`plab ilmiy asarlar yaratgan ulkan donishmanddir. U falsafa, ijtimoiyot, tarix va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo`shgan.
Abu Rayhon ibn Ahmad Beruniy 973-yilda O`rta Osiyoning yirik madaniyat markazi ― Xorazmning Kot (hozirgi Beruniy shahri) atrofida tug`ildi. U o`z yurtida tahsil ko`rgan. Bir necha tillarni va falsafa, falakiyot ilmi, matematika fanlarini mukammal o`rgangan, botanika, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlarga ham qiziqqan. Beruniy Markaziy osiyolik buyuk matematik va falakiyotshunos olim Abu Nasr Ibn Iroqni ustoz deb bilgan. U yoshlik chog`idanoq fanda, ayniqsa, falakiyot ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, 16 yoshida mustaqil holda falakiyotshunoslikka oid kuzatishlar olib brogan va ma`lum natijaga erishgan. 21 yoshida esa o`zi yasagan asbob yordamida ekliztikaning ekvatorga og`ish burchagini aniqlagan. Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, sug’d, fors, suryoniy, yunon ibroniy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
Beruniy yirik olim Abu Nasr ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta`limotlaridan dars olgan.
Bundan tashqari, o’zidan oldin o’tgan Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Farg’oniy, Marvaziy, Javhariy, Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy, seyistonlik Abu Said as-Sijiy, Abu Muhammad Hamid Xo’jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o’rganadi.
995-yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo`lib globus yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar).
Beruniy hali yosh olim bo’lishiga qaramay, Kotda 994-995-yillari astronomik asboblar ixtiro qilib kuzatishlar o’tkazgan.
5
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
Do'stlaringiz bilan baham: |