O'z ustida ishlash
Bu - maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining o'z ustida tinimsiz ishlashi, kasb mahorati va malakasini, g'oyaviy- siyosiy saviyasini oshirib borish borasidagi faoliyatining keng tarqalgan shakllaridan biri. Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari ish rejasida maktabgacha ta'lim bo'yicha nazariy-amaliy masalalarni chuqur o'zlashtirish, maktab ta'lim dasturini, uslubiy adabiyotlarni o'rganish o'z ifodasini topadi. Yillik rejada ish jarayonida qiyinchilik keltirib chiqargan bir yoki bir necha mavzu aks ettirilib, bunda nafaqat tegishli mavzularni, balki tegishli ilmiy-uslubiy adabiyotlarga tayangan holda qiyinchilik tug'dirgan masalalarni o'rganishga ham alohida e’tibor beriladi. Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o'z ustida ishlashni qanday tashkil etish, bu tadbirlarni tizimli, aniq reja asosida olib borish yo'1-yo'riqlarini belgilashi lozim. Bunda tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda zarur shart-sharoit, o'quv-uslubiy adabiyotlar, bajaruvchi - javobgar shaxslar aniq belgilanishi va ularning bajarilishi mudira tomonidan nazorat etib borilishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g'oyat ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |