7. 7 ga qoldiqsiz bo‘linadigan sonlar ichidan 2 ga bo‘linganda 1 qoldiq, 3 ga bo‘linganda 2 qoldiq, 4 ga bo‘linganda 3 qoldiq qoladigan sonni toping.
A) 21 B) 35 D) 49
8.Ikkita ustun orasidagi masofa 100 m bo‘lsa, 1-ustun bilan 11-ustun orasidagi masofa necha metr?
A) 900 m B) 1000 m D) 1100 m
9. O‘quv yili oxirida 3-sinf o‘quvchilari foydalangan 120 ta darslikning qay ahvoldaligi tahlil qilinganida, ularning 20 dan 1 qismi “3” bahoga, 6dan 4 qismi “4” bahoga va qolganlari esa juda yaxshi saqlangani uchun “5” bahoga baholandi. Nechta darslik a’lo bahoga baholangan?
A) 6 B) 34 D) 80
10.Parranda fabrikasi do‘konlarga 6000 dona tuxum yetkazib berish kerak. Har birida 350 dona bo‘lgan 10 ta yashik va har birida 150 dona bo‘lgan 4 ta yashik tuxum jo‘natildi.Do‘konlarga yana qancha tuxum yetkazib berilishi kerak?
A) 600 B) 3500 D) 1900
11.To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi muz maydoninig bo‘yi 30 m va eni 60 m.Agar muz tayyorlash uchun haq 5 kv. m ga 7 chelak suv sarflansa, bu maydon uchun jami necha chelak suv kerak bo‘ladi?
A) 360 B) 1800 D) 2520
12.Asqar Samarqanddan Toshkentga tezligi 100 km/h bo‘lgan yengil avtomashinada 3 soatda yetib keldi.Toshkentdan Samarqandga tezligi 75 km/h bo‘lgan avtobusda qaytdi.Asqar necha soatda Toshkentdan Samarqandga yetib kelgan?
A) 4 B) 5 D) 6
13.Tomorqadan birinchi kuni 126 kg, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 36 kg kam qulupnay terib olindi. Uchinchi kun esa ikkinchi kundagidan 53 kg ko‘p qulupnay terib olindi.Uch kunda jami necha kg qulupnay terib olindi?
A) 90 B) 143 D) 359
14.Velosipedchi uyidan manzilga 6km/h tezlik bilan harakatlanib, 4 soatda yetib keldi.Agar u qaytishda tezligini 2km/h ga oshirsa, uyiga qancha vaqtda qaytib boradi?
A) 1 soat B) 2 soat D) 3 soat
15.Ikkita javonda 12 ta kitob bor. Birinchi javondan ikkinchi javonga, ikkinchi javonda nechta kitob bo‘lsa, shuncha kitob olib qo‘yilsa, javonlardagi kitoblar soni tenglashadi.Dastlab javonlarning har birida nechtadan kitob bo‘lgan?
A) 3, 9 B) 4, 8 D) 9, 3
16.Qo‘riqxonada jami 24 ta tuya bor.Ularning ba’zilari bir o‘rkachli, qolganlari ikki o‘rkachli.Agar barcha tuyalar o‘rkachlari soni 41 tani tashkil qilsa, bir o‘rkachli tuyalar sonini aniqlang.
A) 7 B) 11 D) 17
17.Sinfda 30 ta o‘quvchi bor. Agar sinfdagi qizlar 3 kg dan, o‘g‘il bolalar 5 kg dan makulatura yig‘ishsa, sinf bo‘yicha jami 122 kg makulatura yig‘ildi.Sinfda nechta o‘g‘il bola va nechta qiz bola o‘qiydi?
A) qizlar 14 ta, o‘g‘il bolalar 16 ta
B) qizlar 16 ta, o‘g‘il bolalar 14 ta
D) qizlar 15 ta, o‘g‘il bolalar 15 ta
18.Ali, Soli va Vali tarozida o‘z vaznlarini o‘lchashdi.Ma’lum bo‘lishicha, Ali bilan Solining vazni birgalikda 57 kg, Soli bilan Valining vazni 56 kg, Ali bilan Valining vazni 61 kg ekan.Har bir bolaning vazni qancha ekanligini toping.
A) Ali-31, Soli-26, Vali-30 B) Ali-27, Vali-28, Soli-32
D) Ali-30, Soli-31, Vali-26
Do'stlaringiz bilan baham: |