1- masala. Terimchi 8 soatda 96 kg paxta terdi. U 5 soatda necha kg paxta teradi? Yechish. usul. 96 : 8 = 12 (kg) va 12-5 = 60 (kg). usul. 8 : 5 = 1,6 (marta) va 96 : 1,6 = 60 (kg). usul. 8 soat = 480 min, 480: 96 = 5 (min), 5 soat = 300 min, 300 : 5 = 60 (kg).
Matematikada masalalarni yechishning asosiy usullari sifatida arifmetik va algebraik usullar farq qilinadi. Arifmetik usulda masalani savoliga javob sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish natijasida topiladi.
Ayni bir masalani yechishning turlicha arifmetik usullari berilganlar orasidagi, berilganlar bilan noma'lumlar orasidagi arifmetik amallarni tanlashda bu munosabatlarni bajarishdagi ketma-ketliklar bilan farq qiladi.
Algebraik usulda masala savoliga javob tenglama tuzish va yechish natijasida topiladi. Harf bilan belgilash uchun noma'lum tanlashga, mulohazalar yuritish yo'llariga bog'liq ravishda ayni bir masala bo'yicha turlicha tenglamalar tuzish mumkin.
2- masala. Kosa va ikkita chinni piyolaga 740 g suv ketadi. Kosaga piyolaga qaraganda 380 g ko'p suv ketadi. Kosaga necha gramm suv ketadi?
Yechish. 1- usul. Kosaga x g suv ketsin, u holda masala shartiga ko'ra bitta piyolaga (x - 380) g, ikkita piyolaga esa (x - 380)-2 g suv ketadi, kosa va ikkita piyolaga (x + (x -380)) x x 2 g suv ketadi. Kosa va ikkita piyolaga 740 g suv ketgani uchun x + (x - 380) -2 = 740 tenglama tuzish mumkin. Uni yechib x = 500, ya'ni kosaga 500 g suv ketishi topiladi.
2. usul. Piyolaga x g suv ketsin, u holda kosaga (x + 380) g suv ketadi, ikkita piyolaga 2 x g suv ketadi. Kosa va ikkita piyolaga ((x + 380) + 2x) g suv ketadi. Kosa va ikkita piyolaga 740 g suv ketganligi uchun (x + 380) + 2 x = 740 tenglama tuzish mumkin. Uni yechib, x = 120 topiladi. Kosaga qancha suv ketishini topish uchun x ning topilgan qiymatini x + 380 ifodaga qo'yiladi. U holda 120 + 380 = 500. Demak, kosaga 500 g suv ketadi. 3. usul. Kosaga x g suv, bitta piyolaga y g suv ketsin, u holda ikkita piyolaga 2y g suv ketadi, kosa va ikkita piyolaga (x + 2y) g suv ketadi, bitta piyolaga (x - 380) g suv ketsa, x - 380 ifoda kosa va ikkita piyolaga 740 g suv ketgani uchun tenglamalar sistemasiga ega bo'lamiz. Bu sistemani yechib, x = 500, y = 120 olinadi. Masalada kosaga qancha suv ketishini topish talab etilayotgani uchun topilgan ma'lumotlardan talab etilayotgani tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |