Alohida e'tibor qaratiladi: boshqa bolalarning fikrini tinglash, o'z fikrini aniq va ravon ifodalash.
Sanat
Mavzu: Yozgi olimpiada o'yinlari. Jamoa ishi
Maqsad: bolalar olimpiada ramzini va olimpiada xalqalarining ranglari uyg'unligini qog'ozga tushiradilar.
Kerakli jihozlar: rangli qog'oz, oq karton qog'oz, tuxum po'chog'i, yelim, qaychi, guashb, mo' yqalam.
Faoliyatning borishi:
Xalqalar chetiga mo'yqalam bilan yelim surtish.
Xalqa chetiga surilgan yelimga mustahkam qilib tuxum qobig'idan mozaika joylashtirish.
Tuxum qobig'iga olimpiada xalqalarining ranglari uyg'unligiga muvofiq rang berish.
Bolalar ishini muhokama qilish va rag'batlantirish.
Qo'shimcha: bolalarga olimpiada ramzi, mayog'i, bayrog'i, va xalqalari haqida hikoya qilib berish. Olimpiada bayrog'ini rangli qog'ozlardan tayyorlash va qog'oz teshish moslamasi yordamida rangli doirachalar yog'dusini yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |