O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1.
Changlanish nima?
2. Qaysi o‗simliklar shamol yordamida chaglanadi?
3. Qachon o‗simliklarda о‗z-o‗zidan changlanish bo‗ladi?
4. Sun‘iy changlash deb nimaga aytiladi?
22-laboratoriya mashg’uloti
To‘pgullarning tuzilishini o‘rganish
Dars maqsadi:
To‗pgullarning tuzilishi va xillarini o‗rganish.
Kerakli jihozlar:
Turli tipdagi to‗pgullarning gerbariylari, rasmlar va tabiiy
to‗pgullar.
Nazariy tushuncha.
Tо‗pgullar klassifikasiyasini о‗rganish maqsadida
xilma-xil tо‗pgullardan namuna olib, lupa bilan sinchiklab kо‗riladi va ular qaysi
tur xiliga mansub ekanligi aniqlanadi.
Bitta gul bandida bir nechta gul joylashib, hammasi uchun umumiy bо‗lgan
о‗rama gulyonbargchali gullar
tо‘pgul
deb ataladi. Tо‗pgul о‗simliklarga nisbatan
yakka gullilar juda oz miqdorda uchraydi. Masalan, lola, kо‗knori, piyon,
magnoliyaning guli yakka gul. Tо‗pgullarning kelib chiqishi biologik jihatdan
katta afzallikka ega. Masalan, gulning changlanishi uchun birmuncha qulayligi,
hashoratlarni jalb etadigan bо‗lishi, о‗tkir hidliligi, tо‗pgul ichidagi gullarning
birin-ketin ochilishi va boshqalar.
Tо‗pgullar ikki xil: monopodial shoxlanuvchi va simoz, ya‘ni simpodial
shoxlanuvchi bо‗ladi (29-rasm).
Botrik tо‗pgullar monopodial shoxlanuvchi, asosiy о‗q qismi gul bilan
tugamaydigan noaniq gullarni о‗z ichiga oladi. Bu gruppaga kirgan gullarning
rivojlanishi akropetal bо‗lib, pastdan yuqoriga tomon asta-sekin ochilib borishi
bilan xarakterlanadi. Bu gruppaga quyidagi tо‗pgullar misol bо‗ladi
1. Shingil - tо‗pgulning markaziy о‗q qismida kо‗plab gullar kichik boshlari
bilan joylashgan bо‗ladi (shirach, akatsiya, sholg‘om va boshqalar).
2. Boshoq - markaziy о‗q qismiga bir necha gul birin-ketin bandsiz holatda
joylashgan bо‗ladi (zubturum).
3. Sо‗ta - tuzilishiga kо‗ra markaziy о‗q qismi yо‗g‘onlashib, etli bо‗lishi
bilan boshoqdan farq qiladi (makkajо‗hori).
4. Qalqoncha - gul bandining ikkinchi tartiblari bir xil tartiblilari bir xil
uzunlikda bо‗lmaganligi sababli barcha tо‗p gullari bir tekis joylashadi. Natijada
qavariq tuzilgan bо‗ladi (oqbosh va sariqboshda).
59
5. Oddiy soyabon - markaziy о‗q qismi qisqarib, barcha gul bandlari deyarli
bir xil uzunlikda bо‗ladi. Shu sababli hamma gullar bir tekisda joylashadi (piyoz,
olma, olchada).
6. Boshcha - markaziy о‗q qismi qisqargan, ikkinchi tartiblarni ham qisqa,
gullari bandsiz, zich, bir-biriga taqalib joylashgan (sebarga, bedada).
7. Savatcha - markaziy о‗q qismi kengaygan, shakli likopchasimon, cheti
о‗rama barglar bilan qoplangan, ichkari qismida kо‗plab bandsiz gullar joylashgan
bо‗ladi (kungaboqar, sachratqi, bо‗takо‗z).
Do'stlaringiz bilan baham: |