16-laboratoriya mashg’uloti
Poyaning anatomik tuzilishini o‘rganish
Darsning maqsadi:
Bir va ikki pallali o‗simliklar poyasining anatomik
tuzilishini o‗rganish.
Kerakli jihozlar va obyektlar
: Mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynachalar,
suv, metilen ko‗ki, cho‗tka, lezviya, tut, olcha daraxtlar poyasi, jo‗xori poyasidan
yupqa kesmasi.
Poya — novda o‗qi bo‗lib, bo‗g‘im va bo‗g‘im oralig‘idan iborat. Unda
o‗simlikning barg va shoxchalari hamda gullari joylashadi. Poya bir yillik va ko‗p
yillik o‗tlarda, tana esa daraxt va butalarda bo‗ladi. Poya orqali barg, ildiz bilan
bog‗lanadi.
Poyaning asosiy vazifasi tanani tik yoki yotiq holda
ushlab turish va ildiz orqali shimib olingan suv hamda unda erigan mineral
moddalarni bundan tashqari, bargda assimilyatsiya jarayonida hosil bo‗lgan
organik moddalarni o‗tkazishdan iborat. Poya oziq moddalar to‗planadigan joy va
vegetativ ko‗payish organi bo‗lib xizmat qiladi. Poyada barglar ma‘lum bir
tartibda joylashib, quyosh nuridan unumli foydalanishiga imkon yaratiladi.
Sukkulent (lot. sukkus — shira, shirali) o‗simliklar (kam suv bug‗latadi, chunki
quruq sharoitda o‗sadi) etli poyasi xlorofillga boy bo‗lib, assimilyatsiya etuvchi
organdir (masalan, kaktus, Meksika agavalari). Poyada gul va mevalar hosil
bo‗ladi (masalan, shokolad daraxti —
Theobroma cacao
, qovun daraxti —
Carica
papaya
). Poyalarning shakli o‗simliklarning turiga va o‗sish sharoitiga qarab har
xil bo‗ladi. Ko‗pincha ular silindrik, ba‘zan uch qirali (qiyoq o‗glarda), to‗rt qirrali
(labguldoshlarda), ko‗p qirrali (kaktuslarda), tropik o‗rmonlarda o‗suvchi
braxixiton, bom baksalari degan daraxtlarda bochkaga o‗xshashdir. Poyalar o‗sish
yo‗nalishiga qarab
ortotrop
o‗simliklar (pechakgul), lianalar deb ataladigan
daraxtsimon rotang palmasini ko‗rsatish mumkin.
Plagiotrop
poyalarning ba‘zilari
yerda yoyilib qo‗shimcha ildizlari bilan yerga o‗rnashib o‗sadi, bu xilda o‗suvchi
o‗simliklarga sudralib yoki yoyilib o‗suvchi poyalar deyiladi (g‘ozpanja,
temirtikan, toshyorar, maymunjon va boshqalar). Yer bag‘irlab o‗suvchi poyalarga
madaniy o‗simliklarning palaklarini ko‗rsatish mumkin (qovun, tarvuz, bodring,
qovoq). Ayrim o‗simliklarning poyasida bo‗g‘im oralig‘i juda ham qisqa bo‗lib,
barglari yer bag‘irlab o‗sadi, o‗sha barglarining o‗rtasidagi poya o‗sib gul hosil
qiladi. Bunday poyalarga
gulpoya
deb ataladi (masalan, primula, qoqio‗t,
zupturum, kovrak va boshqalar). O‗simliklar poyasining tuzilishiga qarab o‗t va
yog‘och poyaga bo‗linadi. Poyaning anatomik tuzilishi: po‗stloq, floema, kambiy,
yog‘ochlik kabi qismlardan tuzilgan.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |