Hosil qiluvchi to‘qima turlari
. Meristema hujayralar ining shakli,
tuzilishi, joylashishi va bajaradigan vazifasi ham bir-biriga o‗xshash. Ularning
shakli izodiametrik, tomonlari bir-biriga teng, hujayra oraliqlari yo‗q,
hujayralar yupqa po‗st bilan o‗ralgan, hujayra ichida quyuq protoplazma
va o‗rtada bitta katta yadro joylashagan, xloroplasti rangsiz. Meristema
hujayralari doimiy bo‗linib turadi. Hosil bo‗lgan hujayralarning hammasi
yoki ko‗pchiligi asta-sekin doimiy to‗qimalarga aylanib, hosil qilish -
meristematik xususiyatini saqlaydi. O‗sish konusida joylashgan apikal
meristemadan hosil bo‗lgan barcha to‗qimalar birlamchi to‗qimalar deb
ataladi.
Elodeya uchki kurtagining bo‗yiga kesigidan preparat tayyorlab
mikroskopda ko‗riladi. Kurtakning markazida, o‗sish konusi joylashgan,
uning pastrog‘ida, joylashgan bo‗rtmalar barg boshlang‗ichlari bo‗lib, ular
o‗sish konusini o‗rab turadi.
Qoplovchi to‗qima o‗simliklar organini tashqi tomondan o‗rab turadi
va ichki qismini tashqi sharoit, temperatura va suv ko‗p bug‘lanishidan va
turli mikroorganizmlar ta‘siridan saqlaydi. Qoplovchi to‗qima zich
joylashgan parenxima hujayralardan tuzilgan. Hujayra po‗sti tsellyulozadan
iborat bo‗lib, kutinlashadi yoki po‗kaklashdi. Qoplovchi to‗qima kelib
chiqishiga ko‗ra uch xil: birinchi qoplovchi to‗qima epiderma, ikkinchi
qoplovchi to‗qima periderma va uchlamchi qoplovchi to‗qima - po‗stloq
bo‗ladi.
Epiderma birlamchi meristemaning ustki qavatidagi hujayralarning
differensiyalanishidan hosil bo‗ladi. Yashil barglar, yosh poya va ildizlar
tashqi tomondan epiderma bilan o‗ralgan bo‗ladi. Epiderma bir qator zich
joylashgan parenxima hujayralardan tuzilgan. Hujayra po‗sti notekis bo‗lib,
sitoplazma va yadro hujayra po‗sti bo‗ylab joylashgan. Hujayra markazida
vakuola bo‗ladi. Epidermadagi ustitsalar (og‘izchalar) havo almashtirish
vazifasini bajaradi. Ular loviyasi ikkita hujayralarning birikishidan hosil
bo‗ladi. Ustitsa hujayralari tsitoplazma va yadrodan tashqari, yashil plastidaga
ham ega.
Epiderma tashqi tomondan kutikula qavati yoki tukchalar bilan
qoplangan bo‗ladi. Tukchalar epiderma tashqi devorining cho‗zilishidan hosil
bo‗ladi. Ular bir hujayrali, ko‗p hujayrali, o‗lik, tirik oddiy bezli va boshqa
shakllarda. Epiderma suvni kam
bug‘latish, gazlar
almashinish
va
o‗simliklarning ichki qismini turli mexanik ta‘siridan himoya qilish
vazifasini bajaradi.
Epidermaning tuzilishi o‗rganish uchun geran bargining orqa tomoni
yuzasidan epidermisdan igna yoki pintset yordamida shilib olinadi. Buyum
25
oynasidagi suvga solib, qayrilgan joylari igna bilan tekislanadi, so‗ng
qoplagich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik va katta obektlarida
qaralganda,
n o t e k i s
p o ‗ s t l i
z i c h
j o y l a s h g a n
e p i d e r m a
hujayralarining tuzilishi aniq ko‗rinadi.
Periderma ikkilamchi qoplovchi to‗qima bo‗lib, ikkilamchi meristema -
fellogen (po‗kak kambiy) hujayralarining bo‗linishidan hosil bo‗ladi. Fellogen
hujayralari bo‗linib, ustki va ostki tomonga hujayralar ajratadi. Ustki tomonga
periferiyaga ajratgan hujayralarning po‗sti suberin moddasi bilan to‗yinib,
po‗kaklashadi va po‗kak to‗qimasiga aylanadi. Ostki tomonga ajratgan hujayralar
tirik bo‗lib, felloderma hosil qiladi. Po‗kak, fellogen, felloderma to‗qimalari
birgalikda qoplovchi to‗qima - peridermani hosil qiladi.
Po‗stloq (korka) uchlamchi qoplovchi to‗qima bo‗lib, o‗lik to‗qima
qatlamlari yig‘indisidir. Qarigan daraxtlar tanasi, ildizlari tashqi tomondan po‗stloq
bilan o‗ralgan bo‗ladi. Po‗stloq hosil bo‗lishi o‗simliklar turiga va fellogenning
faoliyatiga bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |