Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


Mikroorganizmlar hujayra moddasining elementar tarkibi



Download 2,55 Mb.
bet74/217
Sana11.02.2023
Hajmi2,55 Mb.
#910050
TuriМетодические указания
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

Mikroorganizmlar hujayra moddasining elementar tarkibi
(quruq moddaga nisbatan % hisobida)

Elementlarning nomi

Bakteriyalar

Turushlar

Mogor Zamburug’lar
i (spora mitseliysi)

Uglerod

50,4

49,8

47,9

Azot

12,3

12,4

5,24

Vodorod

6,78

6,7

6,7

Р2О5

4,95

3,54

4,85

К2О

2,41

2,34

2,81

3

0,29

0,04

0,11

Na2O

0,07



1,12

MgO

0,82

0,42

0,38

CaO

0,89

0,38

0,29

Fe2O3

0,08

0,035

0,16

PbO2

0,03

0,09

0,04

Bu jadvalda mikroorganizmlar hujayrasida ko’p uchraydigan moddalar qayd qilingan, bulardan tashqari, hujayra tarkibida oz miqdorda, lekin fiziologik aktivlik uchun zarur bo’lgan bir qancha mikroelementlar: bor, marganets, molibden, rux, mis, ko­balt, brom, yod va boshqalar ham uchraydi.


Har xil moddalarning ximiyaviy tuzilishi bilan ularning mikrob hujayrasiga kira olishi o’rtasida mustahkam borliqliq bor. Ionlarga ajralmaydigan uglevodorodlar va boshqa birikmalar, odatda, hujayraga juda tez o’tadi, agar organik birikmaning molekulasida aminogruppa, oksigruppa yoki karboksil gruppa bo’lsa, bunda moddalarning hujayra ichiga kirish hususiyati keskin o’zgaradi.
Bunday gruppalar qancha ko’p bo’lsa, organik moddalarning hujayra ichiga kirishi sekinlashadi. Hujayra ichiga kiradigan mod­dalar nafas olishda hosil bo’ladigan Н+ va НСО- ionlariga almashinib o’tadi.
Oziqlanish tipiga ko’ra, bakteriyalar juda xilma-xil gruppalarga bo’linadi. Geterotrof va avtotrof usulda oziqlanish termini hayvonlar va o’simliklar uchun qo’llaniladi. Lekin mikroorganizmlar uchun yetarli emas, chunki mikroorganizmlar energiya manbaiga ko’ra, uglerod manbaiga ko’ra va donor elektronlarga ko’ra turli gruppalarga bo’linadi. Energiya manbai yorug’lik bo’lsa — fototroflar, agar energiya manbai oksidlanish-qaytarilish jarayonlari bo’lsa — xemotroflar, agarda anorganik moddalar (Н2, NH3, H2S, Fe2+, CO2) va boshqalar bo’lsa — litotroflardir. Tayyor organik moddalarni o’zlashtiruvchilar organotroflar deb ataladi.
Barcha yashil o’simliklar, ko’k-yashil suvo’tlar, qirmizi va yashil
rangli oltingugurt bakteriyalari — fotolitotroflar, nitrifiqatorlar — xemolitotroflar, hayvonlar va ko’pchilik mikroorga­nizmlar — xemoorganotroflardir. Oziqlanishning eng keng tarqalgan turi geterotrof, ya’ni tayyor organik moddalar bilan oziqlanishdir.
Geterotroflar orasida saprofitlar qoldiq organik moddalar bilan oziqlansa, parazitlar tirik organizmlar hisobiga oziqlanadi. Geterotroflardan tashqari, avtotrof mikroorganizmlar ham bor. Bular xemosintez, fotosintez, fotoreduktsiya hisobiga o’zi organik moddalar hosil qiladi. Xemosintez jarayonida CO2 va Н2O dan organik modda hosil bo’ladi, bunda NH3→HNO2→HNO3 gacha oksidlanadi (nitrifiqatorlarda) yoki FeCO3 → Fe(ON) ga aylanadi (temir bakteriyalarda). Bu jarayonlarda ajralgan energiya, hisobiga xemosintez jarayoni amalga oshadi.
Avtotroflar Н2 → Н2O gacha oksidlaydi, u tubandagi tenglama buyicha amalga oshadi: 2 + O2 → 2Н2O +575 kJ.
Tuproqda bulardan tashqari Bact.pantotropus va Bact.olygocarbophilus ham uchraydi. Bular uglerodni organik moddalardan yoki CO2 dan oladi.Vodorod bakteriyalari molekulyar holdagi Н2 ni oksidlaydi. Bular orasida anaeroblar, fakultativ anaeroblar va aeroblar bor. Bu bakteriyalarni 1906 yilda Lebedev va Kazererlar tekshirganlar.
Vodorod bakteriyalari avtotroflar bo’lib, rangsiz, spora hosil qilmaydi, oddiy sun’iy muhitda (tarkibida azot, aminokislotalar bo’lganda) bemalol o’sa oladi. Oziq muhitiga S, P, Mg, K, Sa va mikroelementlardan Fe, Ni qo’shiladi, muhit рН = 6,5 - 7,5 va temperatura 28—35° da yaxshi o’sadi.
Vodorod bakteriyalari tubandagi gazlar aralashmasida tez o’sadi: СO2 - 10%, O2 – 10 %- 30%, Н2 – 60 - 80%. Reaktsiya tubandagicha boradi: H2+1/2 O2 → H2O; ∆F= — 23,5 104 Ж ёки 6Н2+2О2+CO2 → [CH2O]+5H2O.
Fermentlardan gidrogenaza va ATF ishtirok etadi. Bu bakte­riyalar uchun zarur bo’lgan Н2 va O2 suvning elektrolizidan, С va Н chiqindi moddalardan olinadi.
Vodorod bakteriyalari sifatli oqsil sintezlash hususiyatiga ega bo’lganligi uchun kosmik kemalardagi muhit uchun muhim ahamiyatga ega. Fotoreduktsiyani oltingugurtni oksidlovchi yashil va qirmizi rang bakteriyalar amalga oshiradi. Bular H2S ni o’zlashtirib, uni yorug’lik energiyasi hisobiga oksidlaydi.
Haqiqiy fotosintez jarayonini, ya’ni Н2O va СO2 dan organik modda hosil qilish va yorug’lik energiyasidan foydalanib oz miqdorda kislorod ajratish jarayonini tuban o’simliklardan yashil suvo’tlar va sodda hayvonlardan yashil evglena amalga oshiradi.
Ba’zi bakteriyalar organizmdan tashqarida uchramaydi. Masalan, difteriya tayoqchasi, zaxm kasalligining spiroxetasi va boshqalar; keyingilari parazit va saprofit holda yashay oladi. Masalan, kuydirgi yarasini vujudga keltiruvchi Vas. anthracis sun’iy oziq muhitida saprofit kabi yaxshi o’sadi. Ba’zi vakillari masalan, sellyulozani parchalovchilar qaerda sellyuloza bo’lsa, usha yerda uchraydi. Bakteriyalarni o’stirish uchun mahsus oziq muhiti kerak. Saprofit mikroorganizmlar uchun gusht-pepton-jelatinli va gusht-pepton-agarli substratdan foydalaniladi.
Mikroorganizmlarning uglerod bilan oziqlanishi. Uglerod manbalariga ko’ra, mikroorganizmlar avtotrof, ya’ni uglerodni anorganik moddalardan o’zlashtiruvchilarga va geterotrof, ya’ni uglerodni organik holda o’zlashtiruvchilarga bo’linadi. Turli shakarlar, spirtlar, organik kislotalar, uglevodorodlar bular uchun asosiy oziq manbai bo’ladi. Eng yaxshi oziq tarkibida oksidlangai СН2OН-СНOН-СOОН gruppalari bo’lgan uglerod manbalaridir, shuning uchun bunday gruppalarga ega bo’lgan glitserin, mannit, shakarlar va bir qator organik kislotalar eng yaxshi oziq manbai hisoblanadi. Chumoli kislota (НСOOН) va shovul kislota (СOOН-СOOН) faqat ba’zi mikroorganizmlar tomonidan o’zlashtiriladi, xolos. Ayrim bakteriyalar, masalan, Aspergillus flavus parafin yoki yog kislotalarni o’zlashtira oladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish