Adabiyotning ikkinchi xususiyati — uning ma’lum shaxslar, talant egalari tomonidan
yaratilishidir.
Bu jihatdan yozma adabiyog xalqning og‘zaki ijodidan farqqiladi. Og‘zaki ijodga mansub
asarlarning yaratuvchisi noma’lum. Aslida ular xalqning kollektiv ravishdagi ijodiy mahsulidir.
Adabiyotda esa har bir asarnn ma’lum shaxslar yaratadi. Hatto adabiy ijodning eng ushoq shakli
aforizm (hikmatli so‘zlar)ni ham kim yaratgani aniq. (Masalan, Navoiy aforizmlarini bilamiz.)
Vaholanki, xalq ijodida bu ijodiy shakl «maqol», «matal» yoki bo‘lmasa «otalar so‘zi» nomi bilan
yuritiladn, uning yaratuvchisi noma’lum, to‘g‘rirog‘i butun xalqdir. Belinskiy ta’rnficha,
adabiyotni yaratuvchilar «xalq emas, balki ayrim shaxslar bo‘lib, ular o‘zlariiing aqliy faoliyatlari
bilan xalq ruhinipg turli tomonlarini aks ettiradilar».
Yaratuvchining a;amma xususiyatlari
adabiyot asarlarida o‘z izini qoldiradi. «Adabiyotda shaxso‘znning butun huquqiga ega bo‘ladi va
adabiy davrlar doimo shaxslarning nomlari orqali namoyon kilinadi». Haqiqatan ham, o‘zbek
klassik adabnyotining shakllanishi Lutfiy, Navoiy, Bobir, Ogahiy,
Muhimiy kabi ulkan
yozuvchilarning nomlari bilan bog‘liqdir. Qozoq adabiyoti deganimizda, dastavval Abay va
Avezov, ozarbayjon adabiyoti deganimizda — Fuzuliy, Vohif, Sobir, S. Vurg‘un, rus adabiyoti
deganimizda — Pushkin, Lermontov,
Dostoevskiy, L. Tolstoy va M. Gorkiy, tojik adabiyoti
deganimizda — Rudakiy, Firdavsiy, Jomiy, Sa’diy, S. Ayniy kabi konkret shaxslar ko‘z oldimizga
keladi va hokazo.
Adabiyotning uchinchi xususiyati – badiiylik
ya’ni hayotning unda obrazlar orqali in’ikos
etishidir. «Adabiyot to‘g‘risida gapirar ekanmiz,— deydi V. G. Belinskiy,— biz dastavval go‘zal
adabiyotni — poetik, badiiy asarlar doirasinp ko‘zda tutamiz». Bu xususiyati jihatidan adabiyot
fandan farqhiladi va san’atga (rassomlik, mo‘zika va shunga uxshashlarga) yaqinlashadi.
Shunday qilib, ommaviylik, yaratuvchi shaxsning
anikligi va badiiylik «adabiyot» termini bilan ataluvchi
madaniy hodisaning muhim xususiyatlaridandir.
Adabiyotning Belinskiy tomonidan belgilangan
ana shu juda muhim uch xususiyati
adabiyot haqidagi
fanning bo‘lishini zarur qilib quyadi va bu fanning
yunalishini
ham
tayin
etadn.
«1.9-rasm»
Adabiyotshunoslik va shu fanning bir qismi bo‘lgan
adabiyot nazariyasi, asosan uch problema doirasinp
urganadi: adabiyotning
ijtimoiy ahamiyati, adabiyotni
yaratishda ijodkor shaxsning roli (talant, Sadiiy
mahorat, adabiy ijod shakllarining xususiyatlariii
egallash va hokazo) va badiiylikshshg o‘zi nimadan iborat ekanshti (badiiy
adabiyotning
siesifikasini) aniqlaydi. Bular adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasiiing bosh vazifalaridpr.
12
Жирмунский, В. М. Алишер Навои и проблема Ренесанса в литературах Востока // Сравнительное
литературоведение. –Л. : Наука, 1979. – С. 182.
Bu problemalarni yoritishda adabiyotshunoslik, dastavval,
badiiy adabiyotda namuna
bo‘larlik asarlar yaratgan yozuvchplarshshg ijodiga suyaiadi. Bupday yozuvchilar «klassiklar» deb
ataladilar. «Klassika» so‘zi lotincha bo‘lib, namunaviy, urnak bo‘ladigan demakdir. Adabiyotning
klassik asarlarida adabiy ijodshshg konunlari alohida bir aniqlik va yorqinlik bilan namoyon
bo‘ladi. Adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasining vazifasi — anashu xususiyatlarini
aniqlashdir. Bunday qonunlarning mavjudligi va ularni o‘rganish zarurligi allaqachon fan
tomonidan aniqlangan va adabiyotni yaratuvchilar tomonidan tan olingan hodpsadpr. Masalan, A.
P. Chexov 1883 yilning 3 poyabrida yozuvchi A. S. Suvorovga yozgan xatida bunday degan edi:
«Xamma asrlarda san’atkorlar tomonidan yaratilgan eng yaxshi asarlarni bir yerga yig‘ish va ilmiy
metoddan foydalanib turib, bu asarlarni bir-birlariga o‘xshash qilgan va bu asarlarni qimmatga ega
qiladigan umumiylikni tutib olish mumkin. Umrboqiy hisoblanadigan
asarlarga umumiy
xususiyatlari juda ko‘p, agar ularnnng har biridan ana shu umumiylikni olib tashlansa, asar
qimmatini va jozibasini yo‘qotadi. Demak, bu umumiylik zaruriydir».
13
Adabiyot nazariyasp
klassik asarlardagn ana shu zaruriy umumiylikni, yaish ularning g‘oyaviy-badiiy qimmatini tayin
etuvchi alomatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi.
Asosiy adabiyotlar
1.
Jonattan Culler. Literature theory: A very short introductotsn.OUK 2011
2.
Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari.-T.: “O‘zbekiston” 2002.
3.
Umurov X. Adabiyotshunoslik nazariyasi.-T.: “O‘qituvchi”, 2004.
4.
Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslikka kirish . “Universitet”. 2005
13
Русская наука о литературе в конце XIX – начале XX в. / Отв. ред. Николаев П.А. – М.:Наука, 1982. -С.48.