2-SAVOL. SIRTLARNING BERILISH USULLARI. Chizma geometriyada sirtlar asosan analitik, kinematik va karkas usullarda beriladi. 1. Sirtlarning analitik usulda berilishi. Analitik geometriyada sirtni bitta xususiyatga ega bo‘lgan nuqtalar to‘plami sifatida talqin qilinadi. Sirtdagi biror ixtiyoriy A nuqtaning x, u, z koordinatalari orasidagi bog‘lanish orqali undagi hamma nuqtalarga tegishli xususiyatni ifodalovchi tenglama sirtning tenglamasi deyiladi. Uch o‘lchamli fazoda sirt analitik usulda berilishi mumkin. Sirt umumiy ko‘rinishdagi oshkormas funksiya tenglamasi orqali quyidagicha beriladi: F(x, u, z)=0. (1) Quyidagi rasmdagi sfera sirtida yotgan A nuqtaning x, u, z koordinatalari orasidagi bog‘lanishni aniqlaydigan tenglama sferaning tenglamasini ifodalaydi. Markazi koordinata boshida joylashgan sferaning tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi: x² + u ² + z²-R²=0. (2) Sirtni funksiyaning grafigi sifatida aniqlaydigan oshkor ko‘rinishda berish mumkin z=f (x, u). (3) Sferaning tenglamasini z applikataga nisbatan quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin. z= (4)
Do'stlaringiz bilan baham: |