Metallurgiya



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/84
Sana04.04.2022
Hajmi1,98 Mb.
#527481
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
Bog'liq
1.UmumiyMetallurgiyagamajmua

Nazorat savollari 
1.
Po‘lat olish usullari to‘g’risida gapirib bering. 
2.
Po‘latning tarkibi va sifati, tarkibidagi boshqa metallarning tarkibini aytib 
bering.
3.
Qanday turdagi pechlardan po‘lat olinadi?
 
 
18-Ma’ruza.IKKILAMCHI METALLURGIYA TO‘G’RISIDA UMUMIY 
TUSHUNCHALAR
Reja: 
1. O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda ikkilamchi metallurgiyaning 
rivojlanishi. 
2. O‘zbekistonda ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlovchi korxonalar. 
3. Xalq xo‘jaligida temir–tersaklarni hosil bo‘lish manbalari. 
4. Metalni temir-tersaklarini ishlatish. 
Hozirgi dunyoda hech qaysi mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston 
Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Bu mamlakatlar jahon 
xo‘jalik aloqalarining muayyan jo‘g‘rofiy va siyosiy tizimlari tarkibiga kiradi. 
O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi – bu yerda 
mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topiladi. 
Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon 
bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral – xom ashyo 
turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 
900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 
milliard AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganligini ham aytib o‘tish kerak. 
Qidirib topilgan foydali qazilmalarning hozirgi darajasi va u bilan bog‘liq 
holda, qimmatbaho, rangli va nodir metallarning g‘oyat boy konlarini o‘zlashtirish 
respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradi. 


72 
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda 
foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0 – 7,0 milliard dollarlik yangi 
zahiralar qo‘shilmoqda.
Shu bilan birgalikda xalq xo‘jaligining turli sohalarida, har qanday 
tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalarida qora va rangli metallarni ishlab 
chiqarilishi, iste’mol qilinishi natijasida qirindi, qirqim, skrap, kuyindi va boshqa 
ko‘rinishlarda metallarni temir-tersaklari, chiqindilari hosil bo‘ladi. 
Metallar mashina, uskuna, moslama, asbob va boshqa shakllarida fizik va 
ma’naviy eskirish natijasida o‘z ishlash muddatini tugatadi va amartizatsion temir-
tersak, chiqindilarga (eski mashinalarga, eskirgan asbob-uskunalarga, yaroqsiz uy 
jihozlariga, predmetlarga) aylanadi (18.1-rasm). 
Bu 
temir-tersak 
va 
ularni 
chiqindilarini yaroqli holga keltirish 
ikkilamchi 
metallurgiyani 
vazifasi 
hisoblanadi. Metall chiqitlari va temir-
tersaklarini qayta eritish va qayta ishlab 
metall 
olish 
jarayonlari 
majmuasi 
ikkilamchi metallurgiya deyiladi. 
Tabiiy xom-ashyoning kamayib 
borishi sababli, ikkilamchi metallurgiya-
ning ahamiyati tobora oshib bormoqda. 
XX asrda olinadigan metallarning yarmi 
ikkilamchi metallurgiyaning mahsuloti 
bo‘ldi. 
18.1-rasm. Metal chiqindilari va 
temir-tersaklar 
Hozirgi kunda ikkilamchi metallurgiya keng qamrovli ishlab chiqarish 
sohalaridan hisoblanib, jami ishlab chiqarilayotgan rangli metallarni 30 % qora 
metallarni 70-80 % tashkil qilmoqda.
Xom ashyoni ishlab chiqarish, boyitish va metallurgik qayta ishlash bilan 
metall temir – tersaklari va chiqindilaridan metall olish solishtirishganda bir 
qancha afzallik ko‘zga tashlanadi. Bu afzalliklarni asosiylari quyidagilarini tashkil 
qiladi: 
1. Nisbatan kam kapital quyilmalar talab qiladi. 
2. Qayta ishlash texnologiyasini yuqoriligi. 
3. Energiyani sezilarni darajada kam sarf bo‘lishi. 
4. Qayta tiklanmaydigan mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish 
kamayadi. 
5. Atrof muhitga zarari kamayadi. 
Ikkilamchi metallar ishlab chiqarishda materiallarga, elektr energiyaga, 
yoqilg‘iga ketgan sarf-xarajatlar birlamchi metall ishlab chiqarishga qaraganda 
ancha kam sarf bo‘ladi. Masalan, elektr energiyani sarfi birlamchi mis ishlab 
chiqarishda 6,2; ruh ishlab chiqarishda 3,6; alyuminiy ishlab chiqarishda 19,5; 
nikel ishlab chiqarishda 9,3; qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishda 2,3 marta ikkilamchi 
metall ishlab chiqarganga qaraganda ko‘p bo‘ladi. 


73 
Hozirgi kunda muddatini o‘tagan mashina, mexanizmlar, uskunalar, metall 
konstruksiyalar juda ko‘p yig‘ilib qolganki bularni yo‘qotishni birdan-bir yo‘li 
ikkilamchi metallurgiyadir. Metall ajratib olish iqtisodiy jihatdan o‘zini 
oqlamayotganligi, 
transport 
xarajatlarining 
qimmatligi 
ikkilamchi 
metallurgiyaning rivojlanishiga turtki berdi. 
Hozirgi konlardagi metall miqdorini kamayib ketganligi uchun ko‘pgina 
konlar yaroqsiz deb topilib, ishlab chiqarishdan olib tashlandi. Bunday konlarga 
Uchkuloch, Kauldi, Qo‘rg‘oshinkon va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Bundan ko‘rinib turibdiki kelajakda ikkilamchi metallurgiyani rivojlantirish, 
muddatini o‘tagan mashina-mexanizmlarni qaytadan metall holiga keltirish, buning 
uchun metall chiqitlari va temir-tersaklarini isrof qilmaslik kerak. Metall 
konstruksiyalar, mashina-mexanizmlarni ishlash muddati 25 yil, mana shu 25 yil 
ichida bu konstruksiya, mashina-mexanizmlarni 25 foizi ishdan chiqadi. Bu 
korroziya, chang, nam ta’sirida emirilishi natijasida yuz beradi. Bu chiqitlar va 
temir-tersaklar ochiq joyda qolib ketishi natijasida yaroqsiz holga kelishi mumkin.

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish