Nazorat uchun savollar
1.
Mineral deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.
2.
Xalkopirit mineralining kimyoviy tarkibi va qaysi elementlardan iborat?
3.
Metallurgiyada minerallarning ahamiyati?
80
2
-
Amaliy mashg‘ulot
XALKOPIRIT-PIRITLI MIS BOYITMALARINING RATSIONAL
TARKIBINI HISOBLASH
Ratsional tarkibni hisoblash xuddi boshqa metallurgiyadagi hisoblashlar kabi
100kg quruq modda uchun olib boriladi. Hisoblashni olib borish uchun, albatta,
boyitmaning mineralogik tarkibini hamda kimyoviy tarkibini bilish talab qilinadi.
Bu hisoblashlarda bo‘sh jinslar sifatida qoidaga binoan oddiy birikmalar
ko‘rinishida qabul qilingan, ya’ni (SiO
2
, A1
2
O
3
, MgO va boshqalar). Kalsiy va
magniy oksidlari ayrim hollarda karbonat va sulfat holatigacha qayta hisoblanadi.
Hisoblashni 100kg shixta bo‘yicha olib boramiz. Boyitmaning kimyoviy
tarkibi: 18% Cu, 33% Fe, 37% S, 6% Zn, 4% SiO
2
,l% A1
2
O
3
, 1% boshqa
elementlar. Asosiy minerallar: xalkopirit, pirit, pirrotin, sfalerit, silikatlar. Mineral
tarkibi juda kattaaniqlikdaanaliz qilingan, deb hisoblaymiz. Qolgan elementlar
miqdori jami 1% ni tashkil etadi. Bular tarkibiga silikat hosil qiluvchilar, ya’ni
natriy, kaliy yoki kalsiylar ham kiradi.
Sfalerit tarkibidagi oltingugurt miqdorini aniqlaymiz:
X
1
= 32,6 : 65 = 2,95 kg.
Bunga mos ravishda jami sfaleritning miqdori 6 + 2,95 = 8,95 kg. Xalkopirit
tarkibidagi temir va oltingugurt miqdorini topamiz: oltingugurt miqdori misga
teng, deb olamiz. Ya’ni,18 kg temirning miqdori quyidagichaX
2
= 56∙18 : 64 =
15,75 kg.Xalkopirit miqdori quyidagicha:
18 + 15,75 + 18 = 51,75 kg.
Oltingugurt va temirning qoldiq miqdorlarini topamiz:
37 - 18 - 2,95 = 16,05 kg,
33 - 15,75= 17,25 kg.
Pirit tarkibidagi temirning miqdorini
X
3
kg qilib olib, pirrotindagi temirni esa
chiqqan sonlar farqi bo‘yichatopiladi, ya’ni 17,25 –
X
3
kg. Pirit bilan bog‘langan
oltingugurt miqdori quyidagiga teng X
3
· 64 : 56, pirrotinda esa
(17,25 — X
3
) ∙ (32 · 8) : (56 · 7) kg
(bu yerdapirrotin monoklin shaklda bo‘ladi va u Fe
7
S
8
formulaga to‘g‘ri
keladi). Qolgan oltingugurtning miqdori:
X
3
· 64 : 56 + (17,25 —
X
3
)(32 · 8) : (56 · 7) = 16,05 kg.
Bu tenglamani yechgan holdaquyidagisonni topamiz
X
3
–
9,77 kg. Bu yerda pirit
miqdori 20,93 kg ga teng, pirrotinniki esa12,37 kg. Hisoblashlar natijasida olingan
ma’lumotlarni 2.1-jadvalga kiritamiz.
81
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |