«Po’lat va ferroqotishmalar elektrometallurgiyasi» fanidan Tajriba ishlarini bajarish bo’yicha
uslubiy ko’rsatma
Navoiy – 2021y.
1–Tajriba ishi.
Mavzu: Elektr yoyli po’lat eritish pechlarida shixta eritilish dinamikasi.
Ishni bajarishdan maqsad: Talabalarga elektr yoyli po’lat eritish pechlarida shixta eritilish dinamikasi o’rgatish.
Nazariy qism
Qotishma deganda ikki va undan ortiq elementlarni birga entib, hosil qilingan moddaga aytiladi.
Qotishmani tashkilqiluvchi elementlar komponentlar deyiladi. Komponentlaming o'zaro msbati turlicha bo'lganida, har xil tempraturada, qotishmalarning holati turlicha bo'lishi mumkin.(suyuq, qattiq, qattiq zarrachalari bo'lgan suyuqlik ).
Komponentlaming o'zaro nisbati va temperaturasiga qarab, qotishmamng holatim holat diagrammasi shaklida ifodalash mumkin. .
Metall va qotishmalarning har qanday holatini o'zgarishini turli o'zgarishlar natijasida issiqlik effekti sodir bo'ladi- issiklik yutiladi yoki ajralib chiqadi. Qotishmalarni qizish va sovish egri chizig'ining grafigini ko'rib chiqadigan bo'lsak, grafikda shunday nuqtalarni ko'rish mumkin, u issiqlik effektini paydo bo'lishi va yakunlanishiga to'g'ri keladi. Bunday nuqtalar kritik nuqtalar deyiladi. Ular qotishmalarda bo'ladigan o'zgarishlarning boshlanishi va yakunlamshi qaysi
temperaturaga to'g'ri kelishini ko'rsatadi.
Toza metallarni suyuq holatdan qattiq holatga o'tishi mutassil temperaturada ro’у beradi.
Toza metallardan farqli o'laroq, qotishmalardagi o'zgarishlar temperatura oralig'ida ro'y heradi. (1.1. rasm).
Qotishmalarning holat diagrammalarini tuzish provardida, kritik nuqtalami qotishmalarning sovish grafigidan aniqlab, (temperatura vaqt koordinatalaridagi) so'ngra diagrammaga ko'chiriladi (komponentlarning miqdori-temperaturasi koordinatasiga).
Ish uchun komponentlarning (qalay va rux) o'zaro nisbati turlicha 5 ta qotishma tayyorlangan.
1.1. jadval
Qotishmalar
1
2
3
4
5
%
0
4
8
60
100
%
100
96
92
40
0
Talabalar 2-3 tadan bo'lib, 5 gruppaga ajratiladi, so'ngra har bir qotishmani suyuq holatga kelguncha (eriguncha) qizdiriladi.
Qizdirish pech ichida joylangan maxsus tigellarda olib boriladi:
1.-qotishma T=250-260 °C gacha
2.- qotishma T=250-260 °C gacha
3.-qotishma T=240-250 °C gacha
4.-qotishma T=400-410°C gacha
5.-qotishma T=450-460 °C gacha
Temperaturaning ortib borishi potensiometr orqali nazorat qilinadi. So'ngra,qotishmalarni erib bo'lishiga qarab, tigellardagi erigan qotishmani sovitish uchun maxsus chuqurchaga joylanadi va potensiometrni ko'rsatishini har 10 sekundda 1°C gacha bo'lgan aniqlikda yozib boriladi. (Potensiometrni barcha ma'lumotlarini yozib borish quyidagilarga ahamiyat bermagan holda temperatura tez pasayadimi? yoki pasayishi vaqtincha to'xtab qoladimi? ).
Potensiometrni ko'rstishi 160°C ga tushguncha yozish davom ettiriladi. Olingan ma'lumotlarga asoslanib, qotishmani sovish grafigi temperatura vaqt koordinatalarida chiziladi (barpo qilinadi).
Tavsiya qilamiz: ordinata o'qiga (y) temperatura shkalasini joylashni, absissiya o'qiga (x) vaqt shkalasini joylashni (o'lchangan temperatura hisobotlarining nomerini yoki vaqtni sekundlarda). Masshtab: temperatura o'qiga 1 mm-2 °C vaqt o'qiga 1mm bitta hisob yoki 10 sek.
Grafikga barcha ma'lumotlar joylashtiriladi (temperatura vaqt koordinatalariga) va undan keyingi grafikdagi barcha nuqtalar ohista birlashtiriladi. (sovish egri chizig'i). Masalan:
kristallanishining sovish egri chizig'i kristallanadigan qotishmaning egri chizig'i.
Barpo qilingan grafikda kritik nuqtalar aniqlanadi:
1 .Gorizantal maydonchaning temperaturasi (agar u bo'lsa)-T, 4.3 rasm.
2.Grafikni o'qlarga nisbatan keskin burilgan qismi ya'ni sovish tezligi o'zgargandagi temperatura- T va T, 2.4. rasm .
Quyidagi grafikda belgilanib, so'ngra ko'rsatiladi-qaysi tempe- raturada sovish egri chizig'ida bukilish ro'y beradi, qaysi temperaturada qotishma temperaturasining pasayishini to'xtashi kuzatiladi.
Aniqlangan kristallanish jarayonining boshlanishi va yakunlanishi kritik nuqlalarini jamlovchi jadvalga yoziladi:
Kristallanishni boshlanishi va yakunlanishini bildiruvchi kritik nuqtalar (temperaturalar) jamlangan jadvalga ega bo'lgan holda, tadqiq qilinayotgan qotishmalarning holat diagrammnsini barpo etishga kirishish lozim.
Buning uchun abtsissa o'qiga komponentlarning foiz miqdori oridinata o'qiga esa kristallanishning boshlanishi va yakunlanishi temperaturasi (nuqtasi) joylashtiriladi. (4-rasm)
4-rasm. Qotishmalar sistemasining holat diagrammasi.
Qotishmaning kristallanish boshlanishini anglatuvchi barcha nuqtalar ravon chiziqlar bilan tutashtiriladi (likvidus chizig'i) , so'ngra kristallanish yakunlanganini bildiruvchi barcha nuqtalar tutashtiriladi. (solidus chizig'i).
Siz barpo qilgan diagrammada qotishmaning suyuq holatini, qattiq holatini va bir vaqtda ham suyuq , ham qattiq fazalarning mavjudlik viloyatini ko'rsating.
Hisobotni yozish tartibi:
Ishni bajarishdan maqsad.
1.qotishmalar tarkibi.
2.Siz tekshirgan qotishma sovigandagi temperatura o'lchangan pratakol.
3.Siz tekshirgan qotishmaning sovish grafigi.
Barcha qotishmalarning kritik nuqtalari yozilgan jadval.