Nazariy ma’lumot Yanchish jarayonlari deganda biz, qattiq materialga fizikaviy kuchlar ta’sir qilish natijasida maydalangan ruda bo’laklarini ma’lum kattalikdagi mm li o’lchamlardan mikron darajadagi o’lchamlarga aylantirishni tushunamiz va bu jarayonni yanchish deb ataymiz. Yanchish jarayonlarining maydalash jarayonlardan farqi shundaki, bunda yanchilgan mahsulot 5mm dan katta bo’lmagan o’lchamlarda chiqadi. Foydali qazilmalarni yanchish jarayonlari boyitish fabrikalarida bir yoki bir necha bosqichdan iborat bo’ladi. Shuningdek yanchish sxemalari ochiq va yopiq stikllarda amalga oshiriladi. Yopiq stiklda ishlagan tegirmonlarning samaradorligi yuqori bo’ladi va yanchilgan mahsulotning bir xil o’lchamda chiqishiga yordam beradi. Yanchish jarayonlari mahsulot turiga qarab turli xil tegirmonlar yordamida amalga oshirilgan holda asosan boyitish fabrikalarida, gidrometallurgiya zavodlarida, stement ishlab chiqarish zavodlarida, fosforit zavodlarida, gips va gips mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Foydali qazilmalarni boyitish usullariga qarab suvli va quruq muhitlarda tegirmon turlari tanlanadi va ishlatiladi.
Tegirmon turlari. Ishlash prinstiplari va konstrukstiyalari.
Tegirmonlar 2 xil bo’ladi: mexanik va aerodinamik. Tegirmon ichida materialni ezadigan jismlari bo’lsa, mexanik tegirmonlar va aksincha materialni ezadigan jismlari bo’lmasa aerodinamik tegirmonlar deyiladi. Metallni ezadigan jismlarga metall sterjenlar, po’lat sharlar va yanchiladigan ruda bo’laklarining o’zi kiradi. Tegirmon xar xil ashyolarning kattaligini 5mm gacha o’lchamda maydalovchi mashina. Ularni shakliga va yanchish usuliga qarab quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1. Barabanli (soqqali, sterjenli, o’zi yanchar va boshqalar);
2. Korpusi qo’zgalmas inerstion titrama;
Barabanli tegirmonlar. Barabanning shakliga kura tegirmonlar stilindrik va konussismon bo’ladi. Stilindrik tegirmonlar 3 xil bo’ladi: a) qisqa – barabanning uzunligi uning diametriga teng yoki kichik; b) uzun – barabanning uzunligi uning diametriga teng yoki katta; v) uzun – barabanning uzunligi uning diametridan 3 marta katta.
Qisqa va uzun stilindrli tegirmonlar boyitish fabrikalarida ko’proq qo’llaniladi. Quvurli tegirmonlar esa stement va alyuminiy zavodlarida keng qo’llaniladi va qo’llanilib kelinmokda. Barabanli tegirmonlarni o’zi ham sharli yoki sharsiz ishlashi bilan birgalikda bir nechta quyidagi turlarga bo’lishimiz mumkin:
a) markazdan bo’shatuvchi sharli tegirmon MShS;
b) panjara orqali bo’shatuvchi sharli tegirmon MShR;
v) o’zi yanchar va yarim o’zi yanchar tegirmon MMS.
Barabanli tegirmonlar barabani yon tomonlaridagi qopqoqlar yordamida 2 va 44 – 45% hajmi yanchuvchi sharlar bilan to’ldiriladi. Yon qopqoqlar markazida ichi bo’sh stapfalar borki, birinchisidan dastlabki material beriladi, ikkinchisidan maydalangan mahsulot chiqadi. Stapfalar podshipniklarga biriktirilgan. Tegirmon gorizontal o’q bo’yicha aylanma harakat qiladi.