50- rasm. Egovlarning tuzilishi: 1—ish qismi, 2—uchi, 3—qirrasi, 4—yon yoq, 5—quyrug‘ri.
51-rasm. Egovlarni tozalash: a—sim cho‘tka bilan, b— yumshoq metall qirrasi bilan.
3. Qattiq metallarni yoki toblangan detellarni egovlamaslik kerak, chunki egov o‘tmaslanadi.
4. Egovga va egovlanadigan sirtga moy yoki boshqa moyli moddalar tegmasligi kerak. Moylangan egov egovlamaydi, balki sirpanib ketadi. SHuning uchun egovlarni qo‘l bilan artmaslik kerak, chunki qo‘lda moy pardasi bo‘ladi. Moyli qirindi egov tishlari orasiga kirib uni o‘tmaslab qo‘yadi.
5. Egov zanglab qolmasligi uchun uni nam ta’siridan saqlash kerak.
6. Egovlarning tezda ishdan chiqmasligining oldini olish uchun zanglagan sirtlarni egovlashdan oldin tozalash kerak. Sirtlar zangdan sim cho‘tka bilan tozalanadi.
7. YUmshoq va qovushoq metallarni egovlashda egov tishlari orasiga qirindi to‘lib qolmasligining oldini olish uchun ishdan oldin egovlarga bo‘r surtib olinadi (alyuminiyni egovlashda stearin surtiladi).
8. Egovlarni doimo tozalab turish kerak. Egovlash vaqtida qirindi tiqilib qolmasligi uchun egovni uchi bilan dastgohga tez-tez urib turiladi.
Egovlar sim cho‘tka yoki alyuminiy, jez va boshqa yumploq metalldan tayyorlangan qirg‘ich bilan qirib tozalanadi (51-rasm).
NADFILLAR. Kichik yuzalarni egovlashda kichik o‘lchamli egovlardan — nadfillardan foydalaniladi. Ular U12, U12A va U13, U13A markali uglerodli asbobsozlik po‘lat-laridan 80, 120 va 160 mm uzunlikda tayyorlanadi.
52- rasm. Nadfillar:
a-yassi to‘mtoq uchli, b-yassi o‘tkir uchli, v-kvadrat, g-uchburchaklik, 6-bir tomonli uchburchaklik, e-yumaloq, j-yarim yumaloq, z-oval shaklidagi, i-romb shaklidagi, k-arrasmon, l-paz ochuvchi.
Qattiq qotishma, keramik materiallar, shishalarni ishlashda olmos nadfillar ishlatiladi.
SHABERLAR. Sirtlar mayin egovlar bilan egovlanib silliqlanishidan qat’iy nazar, unda ma’lum g‘adir-budirliklar qoladi. Sirtlarni yuqori darajada silliqlashda shaberlash (qirish) usulidan foydalaniladi.
SHaberlash o‘tkir qirg‘ichshaber bilan detal sirtidan yupqa qirindi olishdan iborat. Bunda detal sirtidagi notekisliklar, egov yoki boshqa turdagi keskich izlari yo’qotiladi. Bu usul bilan bir-biriga biriktiriladigan detallarning jipsligi va germetikligi ta’minlanadi.
Detal sirtining shaberlanishi lozim bo‘lgan joylarini aniqlash uchun uni yupqa qilib bo‘yoq surtilgan tekshirish plitasi yoki lineyka ustiga qo‘yiladi va ohista bosib uyoqbuyoqqa suriladi. Bo‘yoq tekkan do‘ngliklar shaberlanadi.
Detal sirtiga bo‘yoq bir tekis tegadigan bo‘lgunga qadar shaberlash davom ettirilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |