Gs
Ta’sir chuqurligi,
mm
Zagotovkani diametirini optimal
diapazoni,
mm
50
500
1000
2500
4000
8000
10000
76
25
17
11
9
6
5
266-608
89-200
60-136
39-88
32-72
21-48
18-40
Optimal tok chastotasida zagotovkani chuqurlikda bir tekisda qizdirish uchun
doim ham etarli bo‘lavermaydi. Shuning uchun zagotovkani butun tanasi bo‘ylab
haroratni moslashtirish uchun qizdiruvchidan pressni oldiga olib kelunguncha
qanchadir vaqt ushalab turiladi. Bunday holda, diametri 120
mm
gacha bo‘lgan
ishchi qismlarini qizdirish orqali ruxsat etilgan minimal muddatini 6.7-rasmdagi
grafikga muvofiq aniqlanishi mumkin.
6.7-rasm. Zagotovkalarni 1-10000; 2-2500; 3-8000
Gs
chastotada diametriga qarab
qizdirish muddatini aniqlash grafigi
Induksion qizdirishni ba’zi bir turlari ta’kidlash lozim, ya’ni, masalan,
qizdirish tezligini 2-3 martaga oshirish uchun ketma-ket ikkita induktor yordamida
va o‘zgaruvchan qadamli ikkita ketma-ket induktorlar yordamida butun o‘rnatish
bilan erishiladi.
Birinchi induktorda qizdirish bolg‘alashni zarb haroratigacha maksimal
tezlikda bajariladi.
Ikkinchidan, harorat yuzada doimiy saqlanadi va zagotovka
elektr toki va issiqlik o‘tkazuvchanligining kirish chuqurligi tufayli qizdiradi.
Shunday qilib FIK to‘liq oshiriladi va ushbu chastotada qizdirladigan
zagotovkalarni oralig‘i kengayadi.
Bu qizdirish usulini kamchiliklari qurilmani ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish madaniyati uchun talablarni oshirish ba’zi qiyinchiliklar o‘z ichiga oladi.
Undan tashqari, qo‘llanilish masofasini kengaytirish uchun katta o‘lchamdagi
zagotovkalarni uchun yuqori ikki chastotali qizdirish qo‘lanilmoqda.
Bu sanoat
chastotasida zagotovkani strukturaviy o‘zgarishlar haroratigacha qizdirib berishi
ko‘zda tutilgan. Bu oraliqda tokni ta’sir chuqurligi yuqori chastotadigi tokga
nisabatan katta bo‘ladi va tebranishlar sodir bo‘lmaydi. Strukturaviy almashinish
haroratidan so‘ng yuqori chastotali tok qo‘llaniladi.
Ikki chastotali qizdirish maqsadli ravishda diametri 60
mm
katta bo‘lmagan
zagotovkalar uchun, ya’ni ko‘p induktorlar almashishi talab qilanadigan joylarda
qo‘laniladi. Bunday qizdirish ikkita ketma-ket induktorlarda amalga oshiriladi:
birinchi, ishlab chiqarish chastotasida ishlovchi, ikkinchisi yuqori chastotada
ishlovchi.
∼
300
mm
o‘lchamdagi zagotovkalarni qizdirish uchun ishlab chiqarishdagi
tok chastotasidan foydalaniladi. Elektr tokining kirib borish chuqurligining
oshishiga erishiladi va qimmat konvertorlarning yo‘qligi tufayli energiya sarfi
kamayadi.
Kamchilik sifatida qurilmani tan narxini qimatligi va o‘lchamni keltirish
mumkin.
Lekin asosiy kamchilik 800
o
C haroratdan yuqori qizdirish haroratlarida
tebranishlarni hosil bo‘lishi, qurilmani xizmat muddatini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |