Metallarga ishlov berish usullari yuzasidan trening mashg‘uloti o‘tkazish Metall so‘zining ma’nosi



Download 287,5 Kb.
bet4/5
Sana01.01.2022
Hajmi287,5 Kb.
#295824
1   2   3   4   5
Bog'liq
Metallarga ishlov berish usullari

METALLARNI TARKIBIY TUZILISHI
Metallar strukturasi — metallar ichki tuzilishining oddiy ko‘z bilan yoki lupa va mikroskopda, shuningdek rentgen nurlari yordamida aniqlanadigan manzarasi. Metallar strukturasining oddiy ko‘z bilan yoki lupa orqali ko‘rinadigani makrostruktura, mikroskopda ko‘rinadigani mikrostruktura, rentgen nurlari yordamida aniqlanadigani rentgenostruktura deyiladi.

Metallar makrostrukturasini aniqlashda namuna qirqib olinadi, bir tomoni egovlanadi va yaxshilab jilvirlanadi, unga reaktiv eritma (kislotalarning kuchsiz eritmasi) ta’sir ettiriladi, ya’ni xurushlanadi, metallning ayrim struktura komponentlariga reaktiv turlicha ta’sir etadigandan namunada makrorelyef hosil bo‘ladi. Bunday namuna makroshlif deb ataladi. Makroshlif oddiy ko‘z bilan yoki lupa orqali kuzatilsa, uning makrostrukturasi yaqqol ko‘rinadi. Quyma metalining makrostrukturasi dendrit tuzilishida bo‘ladi. Quyma metall bosim bilan ishlansa, dendritlar cho‘zilib, tolalar hosil qiladi Bunday metall makrostrukturasiga qarab, deformatsiyalanganlik darajasini va tolalarning yo‘nalishini aniqlash mumkin. Maxsus xurushlash usullaridan foydalanib, metallning bir jinsliligini, ichki nuqsonlari (darz, toshqol aralashma, g‘ovak va boshqalar) ni bilish mumkin. Makrostrukturani tekshirish usuli sanoatda va ilmiy tadqiqot ishlarida qo‘llaniladi.

Metallarning mikrostrukturasi. Texnik metallarning hammasi nomuntazam shaklli mayda kristallar — donalardan. tuzilgan. Bularni optik yoki elektron mik­roskop yordamidagina ko`rish mumkin. Mikrostrukturani aniqlash uchun metalldan namuna qirqib olinib, bir tomoni ko‘zgudek yaltiratiladi; unga reaktiv eritma ta’sir ettiriladi. Bunda namuna sirtida mikrorelyef (mikroshlif) hosil bo‘ladi. Mikroshlif mikroskopda kuzatilsa, mikrostrukturasi yaqqol ko‘rinadi Mikrostrukturani o`rganish metallar sifatini baholashning asosiy usullaridan biridir. Metallarning rentgenostrukturasini aniqlash uchun rentgenografiya usulidan foydalaniladi. Bu usul metall kristall panjarasidagi bir qator atomlarning rentgen nurlarini difraksiyalashiga asoslangan.


Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish