Muhandis Nikolay Gavrilovich Slavyanov (1854-1897) jahonda birinchi bo‘lib o‘zgarmas tok bilan ishlaydigan payvandlash generatori loyihasini ishlab chiqdi. Payvandlash jarayoni uch sinfga (DS 19521-74) termik, termomexanik hamda mexanik payvandlashga ajratiladi. Payvandlashning termik sinfi metallni suyuqlantirib payvandlash turlarini o‘z ichiga oladi. Termomexanik sinfga issiqlik energiyasidan foydalangan holda bosim ostida payvandlash turlari kiradi. Payvandlashning mexanik sinfiga qo‘shimcha mexanik energiya bilan bosim ostida payvandlashning turlari kiradi. - Muhandis Nikolay Gavrilovich Slavyanov (1854-1897) jahonda birinchi bo‘lib o‘zgarmas tok bilan ishlaydigan payvandlash generatori loyihasini ishlab chiqdi. Payvandlash jarayoni uch sinfga (DS 19521-74) termik, termomexanik hamda mexanik payvandlashga ajratiladi. Payvandlashning termik sinfi metallni suyuqlantirib payvandlash turlarini o‘z ichiga oladi. Termomexanik sinfga issiqlik energiyasidan foydalangan holda bosim ostida payvandlash turlari kiradi. Payvandlashning mexanik sinfiga qo‘shimcha mexanik energiya bilan bosim ostida payvandlashning turlari kiradi.
- Ishlatiladigan energiya turlariga ko‘ra, payvandlash quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
- yaxlit qizdirib bosim ostida payvandlash; temirchilik usulida prokatlab, siqib payvandlash; -muayyan joyni qizdirib bosim ostida payvandlash, kontakt usulida, induksion presslab, yoy-presslab, duffiizion payvandlash;
- metallni tashqi issiqlik manbayi bilan qizdirmay, bosim ostida payvandlash, ultratovush vositasida, sovuq holatda, ishqalab, portlatib, magnit-impuls usulida payvandlash; - suyuqlantirib payvandlash, elektr yoyi, gaz alangasida, termik usulda, elektr-shlak usulida, elektron nur, lazer nuri, plazma bilan payvandlash.
Payvand birikma va chok turlari - Ikki yoki undan ko‘p detallarni payvandlab hosil qilingan, ajralmaydigan birikmalarga payvand birikmalar deb ataladi. Suyuqlantirib payvandlashda uchma-uch, ustma-ust, burchakli va tavrsimon birikmalar hosil qilinadi (1-rasm). Shuningdek teshikli, toretsli, ustqo‘ymali hamda elektr tokida parchinlangan birikmalar Uchma-uch payvandlanadigan birikmalarda ularni tashkil etuvchi elementlar bir tekislik yoki bir yuzada joylashadi Bunday birikmaning qator afzalliklari mavjud:
- 1. Payvandlanadigan elementlar (detallar) ning qalinligi cheklanmaydi.
- 2. Yuklanishlami bir elementdan ikkinchisiga o‘tkazishda zo‘riqish ancha tekis taqsimlanadi.
- 3. Birikma hosil qilish jarayonida metall ju da kam sarflanadi. ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |