Mercedes kompaniyasida hozirda 152 mingdan ortiq odam ishlaydi. Kompaniya erishgan yutuqlar barchasi xodimlar tufayli deb biladi va rahbariyat ular uchun barcha sharoitni yaratadi. Masalan, xodimlar uchun taqdim etilgan ijtimoiy paketda bepul tibbiy xizmat, sug‘urtalar, til o‘rganish va o‘qish uchun to‘lovlar, bepul ovqatlanish kiritilgan. 1997 yildan buyon Mercedes kompaniyasida yo‘lga qo‘yilgan tizimga ko‘ra, xodimlar har bir yaxshi ishi uchun mukofotlanadi. Misol uchun, bir yilda konsern faqatgina yuqori klassdagi avtomobillar sotuvidan 13 mlrd yevro daromad qilgan va rahbariyat shu daromadning bir qismini konsernda ishlaydigan 130 mingdan ortiq ishchilarning har biriga 5400 yevrodan mukofot sifatida ulashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |