Apple asoschisi Stiv Jobs har doim Mercedes haydagan va u kompaniya bilan tuzgan shartnomaga ko‘ra, har 6 oyda u yangi avtomobil olgan. Kaliforniya qonunlariga ko‘ra, 6 oy davomida raqamsiz harakatlanish mumkin bo‘lgan. Mercedes kompaniyasida hozirda 152 mingdan ortiq odam ishlaydi. Kompaniya erishgan yutuqlar barchasi xodimlar tufayli deb biladi va rahbariyat ular uchun barcha sharoitni yaratadi. Masalan, xodimlar uchun taqdim etilgan ijtimoiy paketda bepul tibbiy xizmat, sug‘urtalar, til o‘rganish va o‘qish uchun to‘lovlar, bepul ovqatlanish kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |