Abdurahmon Xaziniy
1121 yilda yozilgan “Donishmandlik tarozilari haqida” nomli risolasida har
xil tarozilarning (hatto gidrostatik tarozilar ham tavsiflangan) konstruktsion
tuzilishi va o’lchash usullarini batafsil yoritilgan va ikki elementdan tarkib
topgan har xil metall qotishmalarining tarkibini aniqlash usullarini ko’rsatib
o’tilgan, bunda olim qotishmani suyuqlantirish va ajratishdan tashqari ularning
solishtirma og’irligini aniqlash orqali ham bu natijalarga erishish mumkinligini
batafsil izohlaydi.
•
Bu ma’lumotlar kimyo fanini o’quvchilarga tushuntirishda juda qo’l
keladi.
Abu Rayhon Beruniy Muhammad Ibn Ahmad
Oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-
Beruniy 973-yili Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tugʻildi .
Uning “Mineralogiya” asarida alkimyoda qo’llanilgan g’ayri ilmiy va asossiz
uslublarini tanqid qildi. Qimmatbaho toshlar va ba’zi minerallarning “mo’jizakor
xususiyatlarini” inkor qildi.
Olim mineralogiya fanida ham muhim tushunchalar kashfiyot va xulosalar
yaratdi. Beruniy minerallarni ta’riflashda zarur omillardan biri sifatida ularning
solishtirma og’irligini tartibli ravishda aniqlab mineralogiyaning amaliy ishlariga
joriy qildi, minerallarning tabiiy tasnifi asoslarini ishlab chiqishga urinib ko’rdi.
9
Uning “Mineralogiya” asari konlarini o’rganish, shu jumladan O’rta Osiyo yer osti
boyliklarini aniqlash uchun qimmatbaho manbaa hisoblanadi.
Beruniy geologiya va mineralogiya bilan ham shug’ullangan va unga oid asarlar ham
yozgan.
•
Beruniy 21 yoshida ilmiy faoliyat bo’sag’asida oddiy metallarni oltin va kumushga
kimyoviy yo’l bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va qadim kimyogarlarning
kitoblari ta’sirida “Risola as-san’atila-l-Baqariy” (“Baqariyga atab san’at (al-kimyo)
ga doir risola”) nomli kichik asar yozgan.
•
Lekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi
urinishlarining zoye ketishini tushunib yetdi. U “Risola al-iksir” (Iksir haqida risola)
asarini yozadi. Unda kimyoviy yo’l bilan sof oltin va kumush olinishiga shubha
bildiradi.
•
40 yoshlarda yozishga kirishgan “Kitob ash-shifo”da esa kimyogarlarning
transmutasiya sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan
isbotlashga urindi.
TAYANCH IBORALAR.
Hunar kimyosi, mis, qo’rg’oshin, qalay, temir, oltin, kumush, qotishma
ko’rinishida simob hamda mishyak, rux va vismut, alkimyogarlar davri.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Kimyo tarixi davrlarini izohlang.
2. Abu Mansur Muvaffaq Al-Haraviy kimyo fani rivojlanishiga qo`shgan
hissalari.
10
3. Muhammad ibn Ahmad al-Xorazmiyning kimyo fani rivojlanishiga
qo`shgan hissalari.
4. Abu Rayhon Beruniy Muhammad Ibn Ahmad kimyo fani rivojlanishiga
qo`shgan hissalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |