Sifat menejment tizimlari sertifikatlashtirish idoralari va ularni tashkillashtirish.
4. Sifat menejmenti tizimi 4.1 Umumiy talablar Tashkilot sifat menejmenti tizimini ishlab chiqishi, hujjatlashtirishi, joriy qilishi va ishchi holatda saqlab turishi, ushbu standart talablariga muvofiq holda uning natijaliligini doimo yaxshilashi kerak. Tashkilot:
a) sifat menejmenti tizimi uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni aniqlashi va ularni butun
tashkilotda qo‘llashi (1.2 b. q.);
b) ushbu jarayonlarning ketma-ketligi va o‘zaro bog‘lanishini aniqlashi;
s) ushbu jarayonlarni ham amalga oshirishda, ham boshqarishda natijaliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan mezonlar va usullarni aniqlashi;
d) ushbu jarayonlarni ishlab turishini saqlash va ularni monitoring qilish uchun zarur bo‘lgan resurslar hamda axborot bilan ta’minlashi;
e) ushbu jarayonlarni monitoring qilish, o‘lchash (qo‘llanilganda) va tahlil qilishni amalga oshirishi; hamda
f) ushbu jarayonlarni rejalashtirilgan natijalarga erishishi va doimiy yaxshilanishi uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Tashkilot mazkur standart talablariga muvofiq ushbu jarayonlar menejmentini amalga oshirishi kerak.
Agar tashkilot mahsulotga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligiga ta’sir etuvchi qandaydir jarayonni amalga oshirishni chet tashkilotlarga topshirishga qaror qilsa, tashkilot bunday jarayonlarni boshqarilishini o‘zi tomonidan ta’minlashi kerak. Boshqarish turi va hajmi sifat menejmenti tizimi doirasida aniqlanishi lozim.
Izohlar
1 YUqorida ko‘rsatilgan sifat menejmenti tizimi uchun zarur jarayonlar menejment, resurslar ajratish, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini va o‘lchash, tahlil qilish hamda yaxshilash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
2 «Autsorsing jarayoni», ushbu tashkilotning sifat menejmenti tizimi uchun zarur bo‘lgan va tashkilotning xohishiga ko‘ra chet tashkilot (tashqi tomon) tomonidan bajariladigan jarayonni ifoda etadi.
3 Autsorsing jarayonlari boshqarilishini ta’minlash tashkilotni iste’molchilarning barcha talablarga, normativ va tartibga soluvchi talablarga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Autsorsing jarayonlariga nisbatan qo‘llaniladigan boshqaruv turi va darajasiga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin:
a) tashkilotning talablarga muvofiq mahsulotni etkazib berishga qodirligiga autsorsing jarayonining mumkin bo‘lgan ta’siri;
b) jarayonni boshqarish darajasi;
c) 7.4 qo‘llash doirasida zarur boshqaruvga erishish qobiliyati.